Kirish I bo’lim. Volfram rudasining qisqacha tasnifi
Chorux-Dayron fabrikasi(MDH)
Download 2.74 Mb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3 Ingichka boyitish fabrikasi
3.2 Chorux-Dayron fabrikasi(MDH).
Bu fabrikada tarkibida sheyelit, barit, molibdenit, hamda mis sulfidi va karbonatlardan iborat bо‘lgan ruda qayta ishlanadi. Noruda minerallar- kvars, peroksen, kalsit. Fabrikada sheyelitni baritdan ajratadigan original sxema qо‘llaniladi. Ruda 60% 0,074 mmgacha yanchilgach, kollektiv mis - molibden flotatsiyasiga kelib tushadi va bu jarayonga butil ksantogenati, kerosin va terpineol qо‘shiladi. Sulfidli boyitma tozalash jarayoni va selektiv flotatsiyaga aloxida mis va molibden boyitmasini olish uchun jо‘natiladi. Sulfidli flotatsiya chiqindisidan puch tog‘ jinslarini suyuq shisha bilan chо‘ktirib, 5%li olein kislotasi yordamida sheyelit boyitmasi olinadi. Sheyelit boyitmasidan barit, kalsit, appatit va boshqa minerallar ajratib olinadi. Sheyelit – barit kollektiv boyitmalarini ajratishda MDH boyitish fabrikalarida quyidagi natijalarga erishiladi: masalan, tarkibida 0,77%li volfram oksidi va 2,6% bariy sulfat bо‘lgan rudadan olingan kollektiv boyitma tarkibida 20,9% volfram oksidi, 64,6% bariy sulfat olinadi. Molibden – volfram boyitish fabrikalarida sheyelit - povellit boyitmasi olinib, gidrometallurgiya yо‘li bilan kislotali muhitda ajratib olinadi. Povellitni sulfidli molibden chiqindisidan ajratib olib boyitiladi. Tirnauz boyitish fabrikasida oxirgi paytda quyidagi reagentlarni aralashmasi qо‘llanilmoqda: masalan, natriy oleat (120g/t) va natriy alkil sulfat(10g/t). Yig‘uvchi reagent berishdan avval soda (300g/t) va kerosin (200g/t) qо‘shiladi. Molibden va sheyelitni ajratib olish foizini yana bir yо‘li suv, soda, olein kislota, kerosindan iborat emulsiyani qо‘llash. Kollektiv sheyelit-povellit boyitmasi gidrometallurgik usuli bilan qayta ishlanadi. 3.3 Ingichka boyitish fabrikasi Bugungi kunda sanoat korxonalari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri bu yillar davomida to‘planib qolgan texnogen chiqindilarni qayta ishlash hisoblanadi. Aynan shu yo‘nalishda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari tomonidan bir necha yillardan buyon samarali ishlar olib borilgan holda yangi texnologiyalar yaratilib, ishlab chiqarishga tatbiq etilmoqda. Bu haqda kombinat axborot xizmati xabar bermoqda. OKMK tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan «Ingichka» volfram konining texnogen chiqindilarini qayta ishlab, mahsulot olinayotganligi ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini anglatadi. Volfram — nodir metallar sirasiga kiradi va qattiq qotishmalar uchun asos hisoblanadi. Volframdan po‘latlarni legirlashda, yeyilishga chidamli va issiqbardosh qattiq qotishmalar olishda foydalaniladi. Shuningdek, aviatsiya, kosmonavtika va elektrotexnikada keng qo‘llaniladi. Zichligi yuqori bo‘lganligi uchun undan zirhlar ham tayyorlanadi. Hozirgi kunda jahon bozorida 1 kg volframning narxi — 40 dollar. Ma’lumot uchun, «Ingichka» Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahridan janubiy sharqsa Zirabuloq tog‘larida joylashgan kon. «Ingichka» joriy yilda «Olmaliq KMK» AJ tasarrufiga o‘tkazilgan. Kombinat mutaxassislari tomonidan mazkur ob’yektda Respublikada ilk marotaba volfram tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi sanoat miqiyosida yo‘lga qo‘yildi. Mazkur texnologiyaning sanoatga tatbiq etilishi natijasida joriy yilning avgust oyida ushbu konda ilk mahsulot olinishiga erishildi Joriy yilning 3 dekabr kuni «Ingichka» volfram koni texnogen chiqindilarini qayta ishlash» loyihasini amalga oshirish doirasida barpo etilgan boyitish fabrikasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.hamda ushbu mahsulotga xalqaro sertifikat berildi. Ma’lumot uchun, Ingichka konida volfram tarkibli chiqindilar – 19 771 tonnani tashkil etadi. Ularni qayta ishlash hisobiga oyiga 9-10 tonnagacha 27%li volfram oraliq mahsuloti olinadi. Chiqindilarni qayta ishlash, volfram konsentratini ajratib olish hisobiga yangi turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga erishiladi. Bu yiliga kombinatga 2,0 mln dollar foyda keltiradi. Muhimi mazkur fabrikada yillar davomida to‘plangan texnogen chiqindilar qayta ishlanib, qimmatbaho mahsulot olinadi va bu mamlakatimiz iqtisodiy qudratiga salmoqli hissa qo‘shishi aniq. Foydali qazilmalarni boyitish katta miqdordagi chiqindilarni xosil qilish bilan birga keladi, ularning katta qismi hali ham foydalanilmayapti, chiqindixonalarda, omborlarda va cho'ktirgichlarda saqlanadi. Bunday chiqindi turlariga flotatsion boyitish chiqindilari kiradi. Rangli va nodir metallarni boyitish mahsulotlarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash natijasida yuzaga keladigan texnogen chiqindilar tarkibida hozirgi kunda foydali komponentlarning katta zaxiralari mavjud. "Olmaliq KMK" AJ oldida turgan dolzarb vazifa bu boyitish fabrikalarining kо‘p yillik chiqindilarini va ulardan foydali komponentlarni ajratib, keyinchalik ularni ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatish uchun qayta ishlash muammosidir. Ushbu muammoni hal qilish, birinchi navbatda, chiqindi kekidan volframni ajratib olish rudadan ajratib olishga qaraganda, bir nechta texnologik jarayonlarning kamayishi hisobiga ancha arzonroqqa tushadi. Ikkinchidan, kekdan metallarni ajratib olingandan so‘ng qolgan chiqindilarni utilizatsiya qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Nodir metallar metallurgiyasida chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqishda, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni chuqur o‘rganish, ularni nazariy tahlil qilish, shuningdek, sanoat chiqindilarini qayta ishlash, ilg‘or korxonalarning tajribasini umumlashtirish, sanoat chiqindilaridan volfram olishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirilgan ishlab chiqarishni yaratish uchun zarurat tug‘dirmoqda. Pirovardida, texnogen chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha joriy etilgan texnologiya chiqindilar va texnogen chiqindilar bilan band boʻlgan hududni boʻshatish, korxonalar faoliyat yuritayotgan hudud va uning atrofidagi ekologik vaziyatni yaxshilash imkonini beradi. Ingichkadagi kо‘p yillik volfram tarkibli chiqindilar 1949-50 yillardan 1996- yilgacha Ingichka koni rudalarini qayta ishlashga mо‘ljallangan boyitish fabrikasi chiqindilari hisobiga tо‘planib qolgan. Boyitish fabrikasi 1973-yilning 6-yanvarida ishga tushirilgan. Uning ish unumdorligi VNIIPRO oltin instituti loyihasi ma’lumotlari bo'yicha kuniga 1765 tonnani tashkil etadi. Boyitish flotatsiya usulida amalga oshiriladi. Chiqindi chiqish joyiga konsentratsion stollar о‘rnatilgan. Natriy geksametofosfat (polifosfat) asosiy flotatsiya boshidagi apatitni depressiya qilish uchun ishlatiladi. Ingichka konidagi volfram rudalarining asosiy minerallari sheyelit hisoblanadi. Asosan volfram konlarida volframning yо‘ldosh minerallariga kassiterit, yaltiroq vismut, mahalliy vismut, xalkopirit, arsenopirit, galenit va boshqalar kiradi. Zararli aralashmalarga marganets oksidi, kremniy kislotasi, fosfor, oltingugurt, mishyak, qalay, mis, molibden va boshqalar kiradi. Turli xil tarqalgan sheelit rudalari flotatsiya usuli bilan boyitiladi: - volfram uchoksidi miqdori nisbatan kam mayda tarqalgan sheelit rudalari; - volfram uchoksidi miqdori yirik tarqalgan volfram rudalari kombinatsiyalashgan usulda, chо‘ktirish mashinasida, konsentratsion stollarida va mexanik flotatsiya mashinalari yordamida boyitiladi. Boyitish fabrikasining tayyor mahsuloti qattiq qotishmalar ishlab chiqarish uchun KSh-4 markali sheelit kontsentratidir. Dastlabki bosqichda rudani boyitish flotatsion usulda yiliga 100-150 ming tonnagacha rudani qayta ishlash quvvatiga ega tajriba (opitnoy) fabrikasida amalga oshirildi. Uning faoliyati natijasida umumiy hajmi 3,6 million tonna bо‘lgan 1-sonli chiqindixona paydo bо‘lgan. 1976-yildan 1996-yilgacha faoliyatini yuritgan, xom ashyo boʻyicha 500 ming tonnagacha rudani qayta ishlash quvvatiga ega asosiy boyitish fabrikasi ishga tushirildi. Uning faoliyati natijasida 2-sonli chiqindilarni saqlash ombori tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu chiqindixonada 12 million tonnaga yaqin kо‘p yillik chiqindilar saqlanib turibdi. 1-sonli chiqindixona maydoni 96 ming m2. 2-sonli chiqindixonaning maydoni 450 ming m2 ni tashkil qiladi. Texnogen konlarning maksimal umumiy qalinligi 1-sonli chiqindixonada 26,2 m, 2-sonli chiqindixonada 31,5 m. Boyitish fabrikasi hisobi bo'yicha kо‘p yillik chiqindilarning umumiy zaxiralari quyidagicha hisoblanadi: - umumiy miqdori 14662 ming tonnani tashkil etadi, shu jumladan kichik chiqindilarni saqlash joyi - 3614 ming tonna, yirik chiqindilarni saqlash - 11048 ming tonna. Kо‘p yillik chiqindilardagi WO3 ning o'rtacha miqdori 0,06% tashkil qiladi. Ingichka boyitish fabrikasida volfram asosan flotatsiya usulida boyitilgan bо‘lib, О‘sha yillarda rudadan volframni ajratib olish 84% gacha bo'lgan. Rudalar tarkibida 16 dan 30% gacha karbonatli minerallar mavjud. Boyitish texnologiyasida katta miqdorda soda (1500 g/t), suyuq shisha (asosiy 900 g/t va qо‘shimcha sikllarida 1100 g/t) ishlatilgan. Karbonatli minerallar bilan kimyoviy jihatdan bog'langan ushbu reagentlarning muhim qismi kо‘p yillik chiqindilarda qolib ketgan, bu esa chiqindilarni qayta flotatsiya bilan boyitish uchun yaroqsiz holga kelganidan darak beradi. Chiqindilarga volfram asosan flotatsiyalanmaydigan volframit va gyubnerit minerallari, sheyelitning yirik bо‘laklari va sheyelitning kichik о‘sishi bilan kvarslangan kalsitlar orqali chiqib ketgan. Download 2.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling