Kirish I. Mehnat jarayonini tahlil qilish hamda didaktik tushunchalar


Download 37.35 Kb.
bet3/7
Sana23.09.2023
Hajmi37.35 Kb.
#1685761
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja Kirish I. Mehnat jarayonini tahlil qilish hamda didaktik t-hozir.org254

Mehnat operatsiyasi – mexnat joroenining bir kismi bulib, bu ishchining muayan texnologik operatsiyalarni bajarishga karatilgan akliy va jismoniy faoliyati yigindisidan iborot.
Mehnat uslubiyoti –mexnat operatsiyasi ichida oloxada utishlarni (perexod) bajarishga karatilgan mexnat bulaklari yigindisidan iborat.
Masalan egovni kulga olish gavdani ish vaziyatiga keltirish, egovlash vaxtida xarakatlar.
O’quvchilarni mexnatga taerlashda mexnat jarayonlarini mayda bulaklariga ajratib urgatish juda zarurdir.
Mehnat harakatlari – o`quvchining nerv-muskul faoliyatining biror bir ish amaliyotini bajarish uchun sarflanishidir.
Mantiqiy metodlar:
A) Ҳikoya qilib berish.
B) O`quv materialini oғzaki bayon qilib berish.
V) Suhbat.
Ҳikoya qilib berish - o`quv materialini jonli, obrazli qilib bayon qilib berishdir. Ҳikoya maksimal kontrol va o`quvchilarniig galdagi ishlariga xirs boғlangan bo`lishi shart. Ҳikoyani dars temasini qisqacha umumlashtirib tamomlash kerak.
Jonli so`zdan har qanday metodda ham foydalaniladi, jonli so`z yordamida mehnat priyomlari, ko`rgazma qo`llanmalar izohlab ko`rsatiladi. O`qituvchining so`zi o`qitishdagi aktivlikni ta’minlash uchun, xatolarning oldini olish uchun ayni shu texnologiyasini bajarishda o`quvchiga yordam berish uchun, jihozni boshqarish vositalarining tuzilishi, boshqarish priyomlarini o`zgartirish uchun zarurdir.
O`quv materialini oғzaki bayon etish - haqiqiy materialni izchillik bilan bayon qilib berishdir. Bunda faktlarni analiz qilish va isbotlash katta o`rin oladi. O`qituvchi o`zining basnida, o`z yozmalaridan, hisoblashlaridin foydalanadi, bunda galdagi shuning xarakteri oydinlashtiriladi.
Materialni bayon qilishda o`qituvchi o`quvchilarning nazariy bilimlari saviyasiga, ularning ishlab chiqarish ta’limi jarayonida qo`lga kiritilgan tajribalariga tayanishi lozim. Bu maqsadda u maxsus texnologiya kursi bilan ya’ni: materialshunoslik, chizmachilik programmasi bilan mukammal tanishib chiqishi, har zamonda bu darslarga qatnashishi kerak
Suhbat - bunda o`quvchilar o`qituvchining savoliga javob beradi, yoki savolning mazmuniga muvofik, so`zga chiqadilar. Suhbatdan o`rganiladigan material to`ғrisida o`quvchilarga malum hajmda bilim bo`lgan xollarda foydalaniladi. Suhbat oxirida o`qituvchi o`quvchilarning javoblarini umumlashtiradi.
Effektiv o`qitish metodlaridan biri suhbat ishlab chiqarish ta’limida o`quvchilarning aqliy faoliyatini va diqqatini rivojlantiradi. Suhbat oldindan tuzilib qo`yilgan reja asosida muayyan masalalarni muhokama qilish, o`qituvchi bergan savollarga o`quvchilarning javob berishlari tarzida borishi mumkin. O`quvchilarda ayni temaga doir birmuncha bilim va tasavvurlari bo`lgan taqdirdagina suhbat usuli samarali bo`lishi mumkin. Suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi ko`p xollarda o`qituvchining o`quvchilarga to`ғri savol qo`ya bilishiga boғliq. Suhbatni shunday olib borish kerakki u belgilangan ta’lim - tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam etadigan bo`lsin. Suhbat aniq belgilangan maqsadga qaratilgan bo`lsin.
Ko`rgazmali metod - shaxsan mehnat priyomlarini ko`rsatish, jihozlarni, ko`rgazma qurollarni, o`quv kino filmlarini, diafilm va hokazolarni namoyish qilish demakdir.
Ko`rgazmali metodlar: A) ishlab chiqarishga ekskursiya o`tkazish. B) mehnat priyomlarini ko`rsatib berish.
Ekskursiya-ko`rgazmali o`qitish bo`lib, bunda o`quvchilar buyumlarni texnologik hodisa va mehnat jarayonlarini, mehnatni tashkil etishni ishlab chiqarish sharoitida o`rganadilar. Mehnat talimi o`quvchisi ekskursiya o`tkazish planini oldindan tuzib qo`yishi, eng xarakterli ob’ektlarini belgilab ular bilan mukammal tanishib chiqishi kerak.
Korxonalarga zamonaviy jixoz, ya’ni texnologik prosesslar bilan tanishish maqsadida qilinadigan ekskursiyalarda jixozni boshqarish priyomlarini, ilғor ish metodlarini, shu o`rinda meh-natni tashkil etish kabilarni ko`rsatishning katta ahamiyati bor.
Ҳar xil ko`rgazmali qurollarni va mehnat priyomlarni ko`rsatish metodi mehnat ta’limida muhim o`rin tutadi. Bu masalada o`ylar ekanmiz, unga tayyorgarlik ko`rish bosqichlariga va namoyishga nnsbatan talablarga alohida e’tibor berishimiz kerak bo`ladi. Tajribaning ko`rsattshicha ko`rgazmalillk xaddan oshib ketsa bu xol o`quvchilarning o`rganilayotgan xodisa moxiyatini aniqlashdan chetlashishiga sabab bo`lar ekan. Shunga qaramay, bitta buyumga tegishli ko`rgazmali qurollar uning turli tomonlarini oydinlashtirishga xizmat qilgani taqdirida ular sonining ko`proq bo`lishidan xavfsiramasa ham bo`ladi.
Odatda ko`rgazmali qurollar dars boshlanmasdan ko`rsatib qo`yilmaydi. O`quvchilarning vaqtdan ilgari ko`rgazma qurollar bilan (chala) qiziqishi, bu qurollarga jiddiy qiziqish xavasini susaytirib qo`yishi mumkin. Ko`rgazma materialining mazmunini ochishga mumkin qadar o`quvchilarning o`zlarini ham jalb qilishlari zarur. Bu esa o`quvchilarda kuzatuvchanlik va bilib olish xislatlarini tarbiyalash choralaridan biridir.
Mehnat ta’limida mehnat priyomlarini ko`rsatish masalasi alohida o`rin tutadi. Bu o`qitishning asosiy ko`rgazma materiallaridan biridir. Bundan tashqari mehnat ta’limi o`qituvchisi mehnat priyomlarini va prosessni ko`rsata bilishi uchun, yuksak professional malakali bo`lishnigina emas, balki etarli darajada pedagogik tajribaga ega bo`lishini ham talab etadi.
Shuni ham ta’kidlab o`tish zarurki, namoyish qilinadigan mehnat priyomlari va prosesslari barcha o`quvchilarga ko`rinadigan bo`lishi shart. O`quvchilar ayni ish priyomlarini shakllantirish uchun qanday harakatlarni va qay tartibda ishlatish kerakligini yaxshi faxmlab olishlari zarur.

Amaliy metodlarga:
a) mashqlar.
b) laboratoriya-amaliy ishlari.
v) texnikaga oid ma’lumotnoma, adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlash kiradi.

Mashq-mehnat o`quvchilarni shakllantirish va sekin asta ularni malakaga aylantirish uchun ish harakatlarini ongli ravishda va ko`p marta takrorlashdan iborat. Mashqlar mehnat va ishlab chiqarish ta’limining asosiy metodidir. Mashqlar jarayonida mehnat va hunar usullarini bajarishning sifatli bo`lishiga, o`quvchilar faoliyatini sinchiklab nazorat qilishga e’tibor berish kerak.


Laboratoriyadagi amaliy ishlar-turli kasb va ixtisoslik bo`yicha malakali ishchilarni tayyorlashda tadbiq etilishi mumkin.
Quyidagi shartlar mavjud bo`lgandagina o`quvchilarning mustaqil ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishida ta’lim – tarbiya muvaffaqiyatlariga erishish mumkin:
O`quvchilar bajariladigan ishning mazmunini yaxshi tushunishlari va uni bajarish tartibini aniq tasavvur qilishlari lozim.
O`quvchilar topshiriqni qanday asbob-uskunalar bilan bajarish kerakligini, ularning tuzilishiga va ishlashiga oid xususiyatlarini, ularni shu rejimga moslash usullarini va
ishlash nuqsonlarning oldini olish choralarshsh bilishlari kerak.
3. Ish o`rnini to`ғri tashkil etish, buning uchun ish va o`lchov
asboblarini, zagatovkalarni, texnologiya hujjatlarini to`ғri joylashtirish kerak.
4. Xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitoriyasi va mehnat gigienasi qoidalariga rioya qilishlari zarur.
Mehnat va kasb ta’limini rejalashtirish o`quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo`lib, u didaktika prinsiplariga va o`quvchilarning mehnat, tayyorgarligi dasturi talabalarga to`la – to`kis mos keladigan bo`lishi kerak.



Download 37.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling