Kirish. “Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi” fanining bakalavrlarni tayyorlashdagi o’rni, ahamiyati va maqsadi


Avtotraktor dvigatellarining klassifikatsiyasi va tasniflanishi


Download 306.1 Kb.
bet7/8
Sana08.01.2022
Hajmi306.1 Kb.
#243450
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-modul 1 chi

Avtotraktor dvigatellarining klassifikatsiyasi va tasniflanishi. Avtotraktor transport vositalarida asosan porshenli dvigatellar o’rnatiladi va ular quyidagi klassifikatsiyaga ega: ishchi sikllarning takti bo’yicha to’rt taktli va ikki taktli dvigatellar; ishchi aralashmaning alangalanish turiga qarab siqilish hisobiga alangalanuvchi va majburiy yo’l bilan alangalanuvchi dvigatellar. Siqish hisobiga alahgalanuvchi dvigatellarga dizellar kirsa, majburiy yo’l bilan alanga hosil qilinuvchi dvigatellarga karbyuratorli va injektorli dvigatellar kiradi.

Ishchi aralasma hosil qilish bo’yicha tashqarida va ichkarida yonuvchi aralashma hosil qilish usullari mavjud. Tashqarida ishchi aralashma hosil qiluvchi dvigatellarga karbyuratorli dvigatellar kirsa, ichkarida yonuvchi aralashma tayyorlanadigan dvigatellarga dizel va ba’zi injektorli dvigatellar kiradi.

Ishlatilayotgan yonilg’I turiga qarab yengil yonilg’ilarda ishlovchi va og’ir yonilg’ilarda ishlovchi dvigatellar mavjud. Yengil yonilg’ilarga turli gaz yonilg’ilar, benzin, kerosin kirsa, og’ir yonilg’ilarga dizel yonilg’isi va mazut kiradi.

Porshenli ichki yonuv dvigatellari silindrlarning joylashish tartibiga qarab (2-rasm) tik (a), qiya(б), gorizontal (в) tarzda joylashgan bir qatorli yoki ikki qatorli (d) va silindrlari V-simon (г) qilib joylashtirilgan dvigatellar mavjud.



2-rasm. Porshenli ichki yonuv dvigatellari silindrlarining joylashish tartibi bo’yicha turlari.



Vazifasiga qarab quyidagi dvigatellar mavjyd:

  • statsionar sharoitda ishlaydigan;

  • traktor, avtomobil va boshqa transport vositlarida ishlatiladigan;

  • qo’llaniladigan yonilg’I turiga qarab;

  • engil suyuq yonilg’ida (benzin, benzol’ kerosin, ligroin va spirtda);

  • og’ir suyuq yoqilg’ida (mazut, solyar moyi, dizel yoqilg’isi va gazoylda);

  • gaz yonilg’isida (generator gaz, tabiiy gaz, siqilganyoki suyultirilgan gazda);

  • aralash yonilg’ida (asosiy yonilg’I gaz bo’lib, dvigatelni yurgizishda suyuq yonilg’ida)

  • Xar xil yonilg’ida (benzin, kerosin, dizel yonilg’isi va boshqalarda).

Yonuvchi aralashma hosil bo’lishiga qarab:

  • yonilgi aralashmasi silindrdan tashqarida tayyorlanadigan benzinli va gaz dvigatellari;

  • yonilg’i aralashmasi silindr ichida tayyorlanadigan dizel dvigatellari.


Download 306.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling