Kirish II. Asosiy qism Madaniy-ma’rifiy faoliyat vazifasi, faoliyat ta’sirchanligi, boshqa sohalar bilan aloqadorligi
Download 51.99 Kb.
|
Tursunaliyeva Anora 1111111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Aktyorlik mahorati elementlari, Madaniy tadbirlarni tashkil etishning o‘ziga xosligi 4. Madaniy tadbirlarda mizanssenalar ustida ishlashning o‘ziga xosligi III. Xulosa
TADBIRLARNI TASHKIL ETISHDA TASHKILOTCHILIK FAOLIYATI Kirish II. Asosiy qism 1. Madaniy-ma’rifiy faoliyat vazifasi, faoliyat ta’sirchanligi, boshqa sohalar bilan aloqadorligi. 2. Madaniy tadbirlarni tashkil etishda rejissyorlik san'ati va mahorati 3. Aktyorlik mahorati elementlari, Madaniy tadbirlarni tashkil etishning o‘ziga xosligi 4. Madaniy tadbirlarda mizanssenalar ustida ishlashning o‘ziga xosligi III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar I. Kirish Madaniy-ma’rifiy faoliyat bilan yuqorida tilga olingan barcha davlat muassasalari, kasaba soyuzlari, komsomol tashkilotlari, ko‘ngilli jamiyatlar, ommaviy axborot vositalari, san’at muassasalari, o‘quv yurtlari, sanoat korxonalari va boshqa ko‘plab tashkilotlar o‘z ishining bir bo‘lagi sifatida shug‘ullanadilar. Demak, madaniy-ma’rifiy ishlar barcha kollektivlar hayotida madaniy-tarbiyaviy ish sifatida muhim o‘rin egallaydi. Madaniy-ma’rifiy faoliyat ko‘p qirrali ijtimoiy-madaniy jarayon bo‘lganligi sababli, u hayotning deyarli barcha sohalari bilan bog‘liq. Avvalo, u kishilarnnng mehnat faoliyati va bo‘sh vaqti bilan aloqadordir. Madaniy-ma’rifiy ishlar kishilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, mazmunli dam olishini ta’minlash va ishlab chiqarishda yaxshi natijalarga erishishlari uchun yordam beradi. Mehnatda qo‘lga kiritilgan g‘alabalarini nishonlaydi, ilg‘or ish tajribalarini omma orasida targ‘ib qiladi. Badiiy-ommaviy tadbirlarning eng afzallik tomoni shundaki, ular o‘zida madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini ko‘proq mujassamlashtiradi. Jumladan, ularda agitatsiya va propaganda ishi, havaskorlik ijodi, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil qilish kabi faoliyatlar birlashib ketadi. Badiiy-ommaviy tadbirlarning har bir shakli ommaviy bayramlar, an’anaviy marosimlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, har xil kechalar, namoyishlar)ga murojaat etsak, ularda agitatsiya-propaganda xarakteridagi mazmunni, havaskorlik ijodining natijalarini, badiiy-estetik zavqlanish va hordiq chiqarish uchun yaratilgan qulayliklarni yaqqol sezish mumkin. Shu sababli, badiiy-ommaviy tadbir madaniy-ma’rifiy muassasalardagi barcha faoliyatning umumlashtirilgan ko‘zgusidir. Badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish shu sohaga oid bilimlarni konkretlashtiradi, ularni egallashga aniqlik kiritadi, tadbirlar mohiyati va xarakterini to‘laroq yoritib berishga yordam beradi. O‘ziga xos xususiyatlar haqida so‘z borganda, hodisalarni bir-biridan ajratib turadigan, faqat bir hodisaning yolg‘iz o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiy belgilari va tomonlari tushuniladi. Lekin o‘ziga xos xususiyatlar bir hodisaning yakka o‘zini o‘rganish bilangina aniqlanmaydi. Balki bir necha hodisalarni bir-birlari bilan solishtirib ko‘rilganda, ularning avval umumiy, keyin esa xususiy tomonlarini topish mumkin bo‘ladi. Badiiy-ommaviy tadbirlarning xususiyatlarini aniqlash uchun ularni san’at, ommaviy axborot turlari bilan taqqoslab ko‘riladi. CHunki badiiy-ommaviy tadbirlarning teatr spektakllari, kontsert programmalari, kinofilm va radioeshittirishlar, teleko‘rsatuvlar bilan umumiy bo‘lgan hamda ulardan ajralib turadigan o‘ziga xos tomonlari bor. Download 51.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling