Kirish II bob. Tekislik va uning tenglamalari


Download 327 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi327 Kb.
#1551862
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FAZODA TO`G`RI CHIZIQ VA TEKISLIKLARGA OID ARALASH MASALALAR.


FAZODA TO`G`RI CHIZIQ VA TEKISLIKLARGA OID ARALASH MASALALAR.

  1. KIRISH

II BOB. TEKISLIK VA UNING TENGLAMALARI
1 – §. Tekislikning berilish usullari.
2 – § . Tekislikning turli tenglamalari.
III BOB. FAZODA TO’G’RI CHIZIQ TENGLAMALARI.
1 – §. To’g’ri chiziqning berilish usullari.
2 – §. To’g’ri chiziqning turli tenglamalari.
3 – §. Fazodagi to’g’ri chiziq va tekislikning o’zaro vaziyati.
IV. XULOSA
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH.
Kurs ishining dolzarbligi: Ushbu kurs ishimni ilm haqidagi ajoyib jumlalar bilan boshlamoqchiman.“Ilm olish insonning manaviy dunyosini boyitadi“. Darhaqiqat, ilmli insonning dunyoqarashi keng, manaviy boyligi behisob boladi. Shu orinda aytib otishim joizki, 2023-yil 1-mayda yangilangan Konstitutsiyamizda ham biz yoshlarning ilm olishi va uni kelajakda shu ilmni togri yonaltira olish haqida ham koplab satrlar mavjudligi quvonarli holat.
Ilgor millat va rivojlangan davlat bo’lishning zarur shartlaridan biri aqliy va jismoniy, madaniy va ma’naviy, axloqiy, g’oyaviy – siyosiy va huquqiy jihatdan, har tomonlama yetuk, barkamol insonlarga ega bo’lishdir.
Ma’naviy – ma’rifiy jihatdan inson, inson irodasi mustahkam, e’tiqodi yuksak, vijdon amri bilan yashaydigan shaxs, barkamol avlod har qanday davlat, xalq va millatning eng katta boyligi, qudrati salohiyati manbaidir. Mamlakatimiz prezidenti tomonidan ta’kidlab kelinayotganidek, “Har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yerosti va yerusti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir”.
Odamlari, fuqarolari bilimli – zakovatli, uddaburon, g’oyaviy siyosiy jiohatdan ziyrak va hushyor, tadbirkor, har tomonlama yetuk bo’lgan jamiyat har qanday islohotlarga qodir bo’ladi va har qanday muammo va qiyinchiliklarni yenga oladi. Davlatimiz rahbari bu haqida shunday dedi: “Lo’nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlartimizga erishishimizda jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri bularning barchasi avvalambor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz.
Shu bilan birga barchamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini aniqlash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, fidoiylik bilan kurashishi mumkin”. Mustaqil va erkin fikrlayotgan, ongli yashaydigan, o’z haq – huquqlarini yaxshi taniydigan, o’z kuchi va aqliga ishonadigan, ma’naviy – axloqiy yetuk barkamol bo’lgan avlodni, mustaqil fikrlashga qodir, jasoratli, fidoiy va tashabbuskor kishilarni tarbiyalab yetkazadigan xalq va millat kelajakka ochiq ko’z, katta ishonch, umid va ixlos bilan qaray oladi. Fuqarolarni ana shunday noyob xislat va fazilat sohiblari qilib shakllantirilgan davlatning istiqboli porloq bo’ladi.
Bugungi kunda osib borayotgan yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog’liqdir. Ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarini safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir. Matematika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o’quvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakllantirib boradi. Shu bilan bir qatorda mulohazalarning to’g’ri, go’zal tuzilganligi, o’quvchilarni didli, go’zallikka ehtiyojli qilib tarbiyalab boradi.
Insoniyat kamoloti hayotning rivoji texnika va texnologiyalarning takomillashib borish asosida fanlar o’qitilishiga bo’lgan talablarini hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish maktabda o’quvchilarga matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir.
Matematika fani o’quvchilarni iroda, diqqatni to’plab olishni; qobiliyat va faollikni, tasavvurining rivojlangan bo’lishini talab eta borib, mustaqil, ma’suliyatli, mehnatsevar, intizomli va mantiqiy fikrlash hamda o’zining qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya qila olish ko’nikmalarini rivojlantirishni talab qiladi. Hozirgi zamon darsiga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo’lishidir, ya’ni darsdan ko’zlangan maqsad hamda o’quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu xajmini belgilash uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o’rganilgan mavzu bilan bog’lash, o’quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo’ladigan jihozlarni belgilash va qo’shimcha ko’rgazmali qurollar bilan boyitish, qo’shimcha axborot texnologiyalardan foydalangan holda muammoli vaziyatni yaratishdir. Dars davomida o’qituvchi o’quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak.

Download 327 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling