Kirish L. Bob. Turkiy tillar haqida umumiy tushuncha
Download 233.75 Kb.
|
O\'zbek va qirg\'iz tilidagi kelishik shakllari talqini tahriri
Vosita kelishigi. Vosita kelishigi shakli -я; undoshdan keyin: -in/-in// -uni/tin affikslari bilan ifodalanadi. Vosita kelishigi turkiy tillar taraq- qiyotining qadimgi davrlariga xos bo'lgan. Bu kelishik qadimgi turkiy til yodgorliklari, “Qutadg'u bilig” va “Devonu lug'otit turk” asarlarida keng qo'llangan.Vosita kelishigi qurol, vositani bildirgan, ya’ni ish-harakatning amalga oshuvi vosita kelishigidagi so'z ifodalagan narsa orqali sodir bo'lgan ini anglatgan: Ol bicaqin sancdi - “U pichoq bilan sanchdi” (DLT); Vosita kelishigi birgalikni bildirgan, ya’ni ish-harakatning birgalikda bajarilishini anglatgan: Turub barsa avga xilin, qoldasin — “Ovga o‘z tengi va do‘sti bilan borsa...” (QB). Ish-harakatning bajarilish usuli, holatini bildirgan: Ezgulikin kel, esizlikin kelma - “Yaxshilik bilan kel, yomonlik bilan kelma” (DLT).
Ayrim turkiy tillarda kelishik qo‘shimchalari so‘zning unli yoki undosh bilan tugashiga ko'ra farqli ko‘rinish (fonetik variant)ga ega bo'ladi. Chunonchi, qirg'iz tilida tushum kelishigi unlidan so'ng -ni, undoshdan so'ng -di shaklida, jo'nalish kelishigi esa unlidan so'ng -ga, -ga, -go, undoshdan keyin -ka, -ко, -ke, -ki variantlarida qo'shiladi. Kelishik qo'shimchalarining funksional-semantik xususiyatlari tur- licha, bu holat turkiy tillarda o'ziga xosliklarga ega. Yoqut tili kelishik- larga boy til hisoblanadi. Xulosa Yer yuzida minglab tillar mavjud (ba’zi manbalarda 3000dan ortiq, ba’zilarida esa 7000dan ortiq deb beriladi). Bu tarkibga keng tarqalgan tillardan tashqari, hozirda muomaladan chiqib ketgan o‘lik tillar, kichik qabilalarning yozuvi yo‘q bo‘lgan tillari, yo‘qolib borayotgan tillar va ayni paytda sheva darajasidan mustaqil til darajasiga chiqayotgan tillar, sun’iy tillar va h.k. kiritiladi. Biroq ularning aniq sonini belgilashning iloji yo‘q, chunki til dinamik hodisa hisoblanib, doimiy o‘zgarishlarga uchrab turadi. Odatda yer yuzida qaysidir til yo‘qolib borayotgani qayd qilinsa, qaysidir til vujudga kelayotgani to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. Tillarning ko‘p soniga qaramasdan, biz “til” haqida – yagona inson tili haqida so‘z yuritamiz. Mavjud tillar orasidagi ulkan farqlarning qayd qilinishiga qaramay, ularning o‘rtasidagi ko‘plab umumiy jihatlarni kuzatish mumkin. Til kishilarning o’zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo’lgan ehtiyoj natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Til tafakkur bilan, kishining fikrlash faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Har qanday fikrni til materiallari asosida shakllantirsa bo’ladi. Til paydo bo’lgandan keyin jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo’lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog’liq. Til bo’lmasa, jamiyatning bo’lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo’lishi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shadi. Til to’xtovsiz ravishda o’zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq. Tilning taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug’at boyligida o`z aksini topadi. Kishilar hayotidagi o’zgarishlar, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan o’zgaradi. Buni til tarixini o’rganish orqaligina sezish mumkin. Turkiy xalqlarning ayrimlari hozirda o‘z milliy tiliga ega bo‘lsa, ba’zilari o‘lik tilga aylanib qolgan yoki boshqa xalqlar tarkibiga qo‘shilib ketgan. Bular haqida ma'lumotlar berish til tarixi, turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish uchun ahamiyatlidir. Turkiy tillar guruhiga, birinchi navbatda, qirg'iz tillari kiradi. Darhaqiqat, qirg'izlar Yevroosiyo hududida yashagan turklarning eng qadimgi vakillaridir. Qirg`iz tilini tadqiqodimizning asosiy obyektiga aylantirganimizning asl sababi ham bu tilning fonetik, leksik, sintaktik xususiyatlarini yoritish, turkiy tillarning morfologik, tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, turkiy tillarning umumtaraqqiyot va xususiy bosqichlarini o‘rganish, umumtaraqqiyot bosqichiga oid xususiyatlarning hozirgi turkiy tillardagi ifodalanish darajasini belgilashdan iborat. Bugungi tadqiqot ishimizda o`zbek va qirg`iz tilidagi kelishiklarning alohida xususiyatlari haqida atroflicha ma`lumot berdik. Download 233.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling