Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING QIYOSIY
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
III BOB.
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING QIYOSIY TAHLILI 3.1. Voleybolga hos tezkorlik va aniq to’p uzatish qobiliyatini shakllantirish tajribasini o’rganish 0’quv-mashg’ulotlarini rejalashtirish va mashg’ulot vazifalarini belgilash hamda mashqlarni qo’llashdan avval shug’ullanuvchi bolalarning imkoniyatlari haqida ularning shaxsiy fikrlarini o’rganish muhim amaliy ahamiyatga egadir. Ushbu muammoni amalga oshirish biror bir ilmiy tadqiqot o’tkazish uchun dolzarb omil bo’lib hisoblanadi. Ana shu nazariy mulohazaga asoslangan holda biz tezkorlikni rivojlantirish va to’p uzatish aniqligini shakllantirish tajribasini maxsus test va so’rovnoma yordamida o’rgandik. Tayyorgarlik davrining umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida umumiy tezkorlikni rivojlantirishga urg’u beriladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik bosqichida sekin-asta ixtisoslashtirilgan tezkorlikka ustunlik qaratiladi. Musobaqa oldi bosqichi va musobaqa davrida ixtisoslashtirilgan tezkorlikka maksimal e’tibor beriladi. 0’tish davrida esa umumiy tezkorlikka ham, maxsus tezkorlikni ham shiddat keskin tushiriladi. Bugungi voleybol o’yinining mohiyati, jumladan texnik-taktik harakatlarining ijro etilishi aksariyat “havoda”, ya’ni tayanchsiz holatda amalga oshirilishi bilan farqlanadi. Sakrab zarba berish, to’siq qo’yish, to’p uzatish, yiqilib to’p qabul qilish, to’p kiritish bunga yaqqol misol bo’la oladi. So’nggi yillarda o’yin qoidalarining keskin o’zgarishi (tanani barcha qismi bilan to’p qabul qilish, hisobni tay-breyk tizimida olib borilishi, “libero” o’yinchisining joriy etilishi, o’yinchi almashinuvining to’g’ridan to’g’ri amalga oshirilishi, to’pning pastki qismiga tegishga ruhsat berilishi va h.k) o’yin sur’atini yanada jadallashishiga olib keldi. Mutaxasislar tomonidan aniqlanganki, har bir musobaqa o’yinida voleybolchilar 300-600 marta, hatto undan ko’p sakrab ijro etiladigan texnik-taktik malakalarni bajarar ekanlar. Agar o’yindan oldingi “razminka” davomidagi sakrashlar, o’yin 83 vaziyatlarida to’psiz ijro etiladigan chalg’ituvchi sakrashlar e’tiborga olinsa, qayd etilgan sakrashlar hajmi yanada ortadi. Bordi-yu bu sakrashlarning yillik hajmi nazarda tutilsa, zamonaviy voleybolda yuksak natijaga erishish qanchalik jismoniy imkoniyatlarga bog’liq ekanligi ayon bo’ladi. 3.1.1-jadval. Yosh voleybolchilarda tezkorlikni shakllantirish tajribasini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan ekspress-test natijalari (testda 15 ta trener va 12 voleybolchi ishtirok etdi). T \r Savollar va javoblar Javoblar harflari Trener Voleybolchi a b V g a b V g 1 Mashg’ulotlar da tezkorlikka ustivor ahamiyat beriladimi? a) Tezkorlikni ng ahamiyati, tayyorgarlik davri va bosqichlariga bog’liq. b) Ustivor ahamiyat beriladi. v) a va b javoblari to’g’ri. g) faqat b javobi to’g’ri. 5 2 3 6 2 3 5 1 2 Tezkorlik sifati o’yin usulini ijro etish bilan bog’lab shakllantirilad i-mi? a) ha. b) alohida shakllantirilad i. v)b javobi to’g’ri. g)barcha j avoblari to’g’ri. 7 4 0 3 3 0 5 5 3 Musobaqa davrida tezkorlikni og’irliklar bilan rivojlantirish 3 5 84 mumkinmi? a) ha. b) yo’q. v) a javobi to’g’ri g) b javobi to’g’ri. 8 2 2 3 2 2 Bu savolga shug’ullanuvchi voleybolchilar quyidagicha javob berishdi: 12 nafar respondent voleybolchilardan 2 tasi ”a ” javobini, 6 tasi ” b ” javobini, 3 tasi ” V ” va 1 nafar voleybolchi ”g ” javobini berishdi. ”V” javobini bergan 6 nafar respondent voleybolchilarni javoblari bir qarashda to’g’ridek tuyuladi. Javobning mazmuni tezlikka ustivor ahamiyat berilishini anglatadi. Darhaqiqat, o’yin usullarini ijro etishda yakka, guruhli va jamoa texnik-taktik harakatlari hamda kombinatsiyalari maksimal tezlikda ijro etilsa, vaziyatni samarali hal qilinishi ta’minlanadi. Lekin, bu holat tayyorgarlikning barcha davrlari va bosqichlarida tezkorlikni rivojlantirishga bir hilda ustivor qaratish mantiqiy jihatdan ham, ‘‘sport formasi”ni shakllantirish qonuniyatlari jihatidan ham maqsadga muvofiq emas. 2 savolga berilgan javoblar variantlari quyidagicha taqsimlandi: Trenerlar - ”a ” - 7 ta; ” b ” - 0 ; ” v ” - 3; ” g ” - 5. Voleybolchilar - ” a ” - 4ta; ” b ” - 3; ” v ” - 0; ” g ” - 5. Ma’lumki, barcha harakat ko’nikmalari (yurish, yugurish, sakrash, o’tirish, turish va hokazo) jismoniy sifatlar (kuch, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) va texnik-taktik malakalar o’z vaqtida (davr va bosqichlarga qarab) o’yin usullari bilan birgalikda ham, alohida ham shakllantiriladi. Demak, mazkur savolning to’g’ri javobi 2 variant bilan ifodalanadi. Lekin, trenerlaming 7 (ha) va 3 (b javobi to’g’ri) nafari noto’g’ri javob berishi, voleybolchilarning 4 (ha) va 3 (alohida shakllantiriladi) nafari noto’g’ri javoblari ko’proq ”haqiqat” sifatida respondent voleybolchilar foydasiga hal bo‘lmoqda. Bunday javoblarning qayd etilishi kasbiy-pedagogik bilim-nazariy tushuncha-larga kam ahamiyat qaratilishidan dalolat beradi. 3 savol javoblari: 85 Trenerlar - javoblar tartibi bo’yicha: 3; 8; 2; 2. Voleybolchilar - 5; 2; 3; 2. Musobaqa davrida tezkorlikni og’irliklar bilan rivojlantirish mantiqan noto’g’ri ekanligi ma’lum bo’lsada, kuzatuvlarga binoan ayrim amaliyotchi - trenerlar yosh o’quvchilar mashg’ulotlarida ham jismoniy sifatlarni shakllantirish masalasini og’irliklar yordamida hal etishni odat qilishgan. Bunday fikr yuqorida qayd etilgan ekspress-test natijalari bilan tasdiqlanmoqda. Bundan tashqari shuni ham ta’kidlash joizki, tezkorlikni tayyorgarlikning qaysi bosqichlarida qanday rivojlantirish kerakligi bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu masalani tezkorlik sifati misolida o’rganish maqsadida biz shug’ullanuvchi voleybolchilar o’rtasida so’rovnoma o’tkazdik. So’rovnoma natijalari 5-jadvalda aks ettirilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, shug’ullanuvchi respondent o’quvchilarning fikriga qaraganda tezkorlik sifatini rivojlantirishda tayyorgarlik davrlari va bosqichlari deyarli e’tiborga olinmas ekan (1 savol). Buni quyidagi javoblardan anglash mumkin: 3 ta respondent ‘‘ha”, ya’ni e’tiborga olinishi, 9 tasi ”yo’q” yoki ‘‘bilmayman” javobini berishdi. Demak, faraz qilish mumkinki, aksariyat respondentlar tezkorlik sifati yil davomida bir xildek shakllantira borilishi kerak ekan. Ammo, ma’lumki, jismoniy sifatlarni shakllantirish dinamikasi, albatta tayyorgarlik siklining bosqichlarida hal qilanidigan masalalarga hamohang bo’lmog’i lozim. № Savollar “ha” “yo’q” “bilmay man” 1 Tezkorlik sifatini rivojlantirishda tayyorgarlik davrlari va bosqichlari e’tiborga olinadimi? 3 6 3 2 Umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida maxsus tezkorlikka ustunlik beriladimi? 4 4 4 3 Maxsus jismoniy tayyorgarlik bosqichida umumiy tezkorlikka 5 3 4 86 ustovorlik beriladimi? 4 Musobaqa oldi bosqichida tezkorlikni og’irliklar bilan shakllantirish mumkinmi? 3 7 2 5 Musobaqa davrida o’yin mashqlarini tezkor ijro etishga urg’u beriladimi? 8 2 2 6 To’p bilan ijro etiladigan maxsus tezkorlikni baholovchi test mashqlarini bilasizmi? 2 7 3 Musobaqa oldi bosqichining asosiy vazifasi barcha sifatlar va texnik-taktik mahorat darajasini musobaqa davrida o’tkaziladigan rasmiy musobaqalarga mos yoki undanda yuqori shiddatga yetkazish lozim. Istisno tariqasida shuni ta’kidlash joizki, “musobaqa davrida o’yin mashqlarini tezkor ijro etishga urg’u beriladimi?“ deb nomlangan savolga 80% respondentlar ijobiy, ya’ni to’g’ri fikr bildirishdi. Demak, shug’ullanuvchi bolalar bu savolning mohiyatini to’g’ri tasavvur qilishadi. So’rovnomada taqdim etilgan yana bir muhim savollardan biri-bu to’p bilan ijro etiladigan maxsus tezkorlik sifatlarini baholashga mo’ljallangan testlarni bilish yoki bilmaslik to’g’risidagi savoldir. Afsuski, bu savolga faqatgina 2 nafar respondent ijobiy fikr bildirishdi. Toajubki, 12 ta respondentdan 10 tasi ushbu savolda aniqlashtirishga qaratilgan testlarni bilmas ekanlar. Bunday javoblar haqiqatan ham jismoniy sifatlar va texnik-taktik malakalaming shakllanish dinamikasi testlar asosida muntazam baholanib borilmasligidan dalolat beradi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling