Kirish magistrlik dissertatsiyai mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Yosh voleybolchilarda to’p uzatish aniqligini maxsus o’yin
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Спорт магистр диссертация Восстановлен
3.3.
Yosh voleybolchilarda to’p uzatish aniqligini maxsus o’yin mashqlari yordamida shakllantirish Zamonaviy voleybol musobaqalarida foydali natijaga erishish ustivor jihatdan to’p uzatish aniqligi bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham ko’p yillik sport trenirovkasining barcha bosqichlarida, ayniqsa dastlabki o’rgatish jarayonida ushbu o’yin usuliga alohida ahamiyat qaratiladi. Mazkur muammo ilmiy ob’ekt sifatida ham ko’pchilik tadqiqotchi olimlar tomonidan o’rganilgan 90 (E.V.Fomin, 1980; N.N.Kondak, 1985; M.A.Naraliev, 1987; M.I.Popichev, 1990; A.V.Belyaev, L.V.Bulkin, 2004 ). Lekin, turli zonalardan vaziyatli vazifalar asosida to’p uzatish aniqligini shakllantirish maxsus moslashtirilgan maxsus o’yinlar yordamida amalga oshirilishi dastlabki tayyorgarlik bosqichida yetarli ustunlikka ega emas. Ushbu masala nazorat va tajriba guruhlarida turli mazmunli mashg’ulotlardan iborat 6 oylik pedagogik tajriba ostida o’rganildi (mashg’ulotlar mazmuni 2 bobda berilgan). 0’tkazilgan pedagogik tajriba natijalari 6-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan shu narsa kuzatiladiki, tajribadan avval ikki guruhda ham to’pni aniq uzatish deyarli bir hil ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi. Jumladan, nazorat guruhida to’p uzatish aniqligi 5 imkoniyatdan o’rtacha 1,4 ±0,08 marta, tajriba guruhida 1,2 ± 0,06 martani tashkil etdi. Albatta, to’p uzatish aniqligi qanday vaziyat yoki qaysi holat (past holat, yon tomonga, orqaga) dan ijro etilishidan qat’iy nazar ustivor jihatdan uning texnikasiga bog’liqdir. To’p uzatish qanchalik aniq bo’lsa, shunchalik xujum yoki qayta xujum samaradorligi ochko bilan ifodalanishi mumkin. Boshlang’ich tayyorgarlik bosqichlarida (1,2,3-nchi o’quv-mashg’ulot yillari) to’p uzatish asosiy o’yin usuli sifatida 1,2-1,4 ballga muvofiq bo’lishi ijobiy holatmi yoki qoniqarsiz deb baholanishi lozimmi?- degan savol tug’iladi. Ehtimol tayyorgarlikning 5-6 oyigacha olingan dastlabki ko’rsatkichlar 1,2-2,0 ballgacha ifodalansa-bu ijobiy deb baholanishi mumkin. Lekin, 2 va 3 o’quv yillarida shunday ballar qaytarilsa-bu qoniqarsiz holat deb baholanishi darkor. Ma’lumki, aslida sport to’garagiga tanlov o’tkazishda o’qituvchi- murabbiylar bolalarning barcha jismoniy imkoniyatlari qatori, ularning nasliy koordinatsion qobiliyatlariga ham alohida e’tibor qaratishlari darkor. Agar ushbu qobiliyat nisbatan yaxshi bo’lsa, to’g’ri tashkil qilingan o’rgatish jarayoni natijasida harakatlar texnikasi ham samarali o’zlashtirilishi kerak. Demak, texnika 2-3-nchi o’quv yillari davomida 3-6 ballgacha shakllanishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling