Tadqiqotning obʼekti sifatida noravshan mantiqiy tenglamalar bilan ifodalanuvchi sust shakllangan jarayonlari qaralgan.
Tadqiqotning predmeti noravshan axborotlar holatida sust shakllangan jarayonlarni matematik modellari, algoritmlari va dasturiy vositalaridan iborat.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Noravshan xulosalar tizimida Z-raqamlarni qo'llash metodologiyasini o'rganish va noravshan bilimlar bazasi hamda z sonlar yordamida mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash algoritm va dasturini ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
1. Z-raqamlar bilan ishlashning mavjud yondashuvlarini o'rganish.
2. Transformatsiya qilingan Z-sonlarni (Z-son ---> oddiy noravshan son) noravshan xulosalar tizimlarida qo'llash algoritmini ishlab chiqish.
3. Xulosa qilish tizimida Z-raqamlarni dastlabki modifikatsiyasiz (transformatsiyasiz) qo'llash imkoniyatlarini o'rganish.
4. Taklif etilgan usullarni amalga oshiradigan dasturni ishlab chiqish.
5. Eksperimentlar o'tkazish va natijalarni tahlil qilish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Transformatsiya qilingan Z-sonlarni (Z-son ---> oddiy noravshan son) noravshan xulosalar tizimlarida qo'llash algoritmi ishlab chiqildi.
qaror qabul qilish boʼyicha boshqa ishlardan farq qilgan holda Z-sonlarni noravshan sonlarga aylantirmasdan, bevosita Z-sonlar ustida hisoblashlar algoritmi ishlab chiqildi.
Tadqiqot asosiy masalalari va farazlari.
Tadqiqot asosiy vazifalari noravshan xulosalar tizimida o'zgartirilgan Z-sonlaridan (oddiy noaniq raqamlarga o'tish) foydalanishga asoslangan yondashuvni ishlab chiqish. Ushbu yondashuvni o'rganish natijasida bunday transformatsiya yordamida xulosa chiqarish tizimining ishlashini tasvirlash imkonini beruvchi dastur ishlab chiqish hamda. Z sonlari bo'yicha ushbu arifmetik operatsiyalar tahlil qilish, ularni noravshan xulosalar tizimlarida qo'llash istiqbollari ko'rib chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |