Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 311.24 Kb.
bet17/22
Sana24.06.2023
Hajmi311.24 Kb.
#1652815
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
МАДИНА ДИССЕРТАЦИЯ

j - to‘qnashishlar bilan bog‘liq bo‘lgan so‘nish koeffitsiyenti
(11) dan ko‘rinadiki to‘qnashish konturida ham intensivlikning taqsimlanishi Lorentscha bo‘lar ekan. Odatda

Shunday qilib spektral chiziqlarning umumiy kengligi

Gazlarning kinetik nazariyasiga asosan bir xil molekulalarning to‘qnashishi

-to‘qnashishlar orasidagi o‘rtacha vaqt
N-birlik hajmdagi molekulalar soni
-zarraning ko‘ndalang kesim yuzasi
o‘rtacha tezlik

Eksperimentlar ko‘rsatadiki, gazlarda haqiqiy spektral polosaning konturi Doppler va to‘qnashish konturining yig‘indisidan ya’ni superpozitsiyadan iborat. Polosaning markaz qismi Doppler konturidan, qanot qismi esa to‘qnashuv tufayli kengayishi bilan bog‘lik bo‘ladi. Misol uchun past bosim, yuqori temperaturada yengil molekulalarning konturi Dopplercha bo‘ladi. Yuqori bosimlarda asosan kengayishni to‘qnashish bilan bog‘lab tushuntirish mumkin.

3.2-Spektral qurilmalarning apparat funksiyasi.
Elektromagnit to‘lqin nurlanishlarini muhit, atom yoki molekulalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasidagi fizik qonuniyatlarni optik usulda qayd qilish ikki usulda amalga oshiriladi:
1.Fotografik usul.
2.Fotoelektrik usul.
Fotografik usul bilan laboratoriya mashg‘ulotida batafsil tanishtirilishini e’tiborga olib, fotoelektrik usulga to‘xtalib o‘tamiz.
Oldingi mavzuimizdagi shakl-2 dagi spektral qurilmani chiqish tirqichininig fokal tekisligiga quyidagi ketma-ketlikda elektrik qurilmalar ulanadi:
1.Fotoko‘paytirgich – vazifasi spektral qurilmadan kelayotgan optik nurlanishni elektr energiyasiga aylantirib beradi.
2.Atom nurlanishining intensivligi juda kichik bo‘lganligi uchun fotoko‘paytirgichga uzatiladi.
3.EHM yoki potensiometrga ulanib, intensivlikning chastota bo‘yicha taqsimot grafigi olinadi.
Nazariyaga asosan spektral qurilma ideal bo‘lsa, tirqich kengligi qanday kattalikda bo‘lsa, spektrning kengligi ham shunday kattalikda bo‘lishi lozim. Ammo amalda bu nisbat saqlanmasdan spektrning kengligi tirqich kengligidan bir necha marta katta bo‘ladi.
1. Spektral qurilma tarkibiga kirgan optik qismlardagi kamchiliklar – aberatsiyalar hisobiga.
2.Tirqich kengligi kichik bo‘lganligi uchun difraksiya hodisasi hisobiga.
Bu ikkita sabab spektrning kengligiga ta’sir ko‘rsatadi va natijada spektr kengligi tirqich kengligidan katta bo‘ladi. Bu taqsimotni spektral qurilmaning apparat funksiyasi deyiladi.
Optik tadqiqotlarni tajribada olingan intensivlikning chastotaning kvadrati bilan bog‘liqlik grafigida apparat funksiya ta’sirini e’tiborga olishimiz lozim.
Savol tug‘iladi, qanday qilib eksperimental tadqiqot yordamida olingan bog‘lanishini aks ettiruvchi taqsimotda apparat funksiya ta’sirini e’tiborga olinadi. Birinchi navbatda tajribada olingan spektr kengligini tarkibida apparat funksiya kengligini ta’sirini e’tiborga olish lozim. Asosiy masala atom nurlanishining spektrini kengligini - topishdan iborat.
Intensivlikning chastota bo‘yicha taqsimoti spektral qurilmaning apparat funksiyasi xamda atom nurlanishining spektri uchun ham ikki xil qonuniyat bo‘yicha taqsimlanadi:1.Lorens taqsimoti. 2.Gauss taqsimoti. Lorens yoki Gauss taqsimotlari quyidagicha aniqlanadi (3.5-rasm), Lorens taqsimoti , (3.6-rasm), Gauss taqsimoti.

3.5-rasm. Lorens taqsimoti 3.6-rasm. Gauss taqsimoti


Atom nurlanishi spektrini kengligini haqiqiy qiymatini topish optik tadqiqotlarda juda katta ahamiyatga ega. YA’ni nurlanuvchi atom xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi.
Jumladan, Frenel nazariyasiga asosan ga teng. Ushbu formuladagi - relaksatsiya vaqtini xarakterlab, tashqi elektromagnit to‘lqin nurlanishi ta’sirida molekulaning atomi uyg‘ongan xolatga o‘tib, quyi energetik sathdan yuqori energetik sathga ko‘tarilib, yana o‘z xolatiga qaytguncha ketgan vaqtni ifodalaydi. -atomning tebranish davri. U – atomning quyi energetik sathdan yuqori energetik sathga ko‘tarilishi uchun zarur bo‘ladigan energiya.
Formulaga asosan quyidagi grafikni chizsak, ni topishimiz mumkin (3.7-rasm).




Download 311.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling