Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Inson yoki hayvonlarning tana a'zolari nomi asosida yuzaga kelgan kosmonimlar


Download 244.17 Kb.
bet20/30
Sana22.06.2023
Hajmi244.17 Kb.
#1650105
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
SHOIRA DISSERTATION FINAL

Inson yoki hayvonlarning tana a'zolari nomi asosida yuzaga kelgan kosmonimlar: Deneb («quyruq» ma’nosida), Fam-al Hut («baliqning og‘zi» ma’nosida). Bu xildagi nomlar predmetning tashqi tuzilishi, qismlariga qarab nomlanadi.
Umuman, osmon jismlarini konfiguratsiyalari mos keladigan predmetlar asosida nomlash muhim motivlovchi belgilardan hisoblanadi. Bu tarzda hosil qilingan nomlar insonlarning kasbi, lavozimi, biologik tasnifi, turmush tarzi, ishlatadigan narsa-buyumlari, qurol-aslahalari, hayvonlar, atrof-muhit kabi omillarga tayanadi.
1.Rasmiy motivli kosmonimlar. Insoniyat sivilizatsiyasining keyingi davrlarida osmon jismlarini kuzatish uchun mahsus optik qurilmalar – teleskoplarning yaratilishi bilan qurollanmagan koʻz orqali koʻrish mumkin boʻlmagan obyektlarning kashf qilina boshlashi nomlanishning rasmiy motivini yuzaga kelishiga sabab boldi. Bu nomlash an’anasida kosmik obyektning shakli, yorug‘ligi, joylashgan oʻrni, samodagi harakati kabi unga xos belgilariga emas, balki biror g‘oya, qonun, bitim va kelishuvlar asosida nomlash sodir boʻla boshlagan. Demak, insoniyatning bilim va tafakkuri, dunyoqarashi rivojlangani sayin, kosmik kashfiyotlarning soni koʻpaya boradi, bu esa osmon jismlarini nomlashning murakkab usullarini keltirib chiqaradi. Soʻnggi taxminan toʻrt yuz yil davomida vujudga kelgan osmon jismlari nomlari buning yaqqol dalilidir. Yangi kosmik jismlarning ochilishi va oʻrganilishi ularni avvalgilaridan farqlash zaruratini keltirib chiqardi. Bu esa, oʻz navbatida, ijtimoiy muhit, insonlarning dunyoqarashi, ruhiy holati, madaniyati va ma'naviyati kabi omillar asosida shakllanadi, takomillashadi. Rasmiy motivli kosmonimlarda til omili asosiy oʻrin tutmaydi, ya’ni samoviy obyektning nomlanishida uni kashf qilgan va nom qoʻyish imtiyoziga ega boʻlgan shaxsning qaysi millat vakili ekanligi rol oʻynamaydi. Malumki, gap neokosmonimlar haqida ketmoqda. Neokosmonimlarning nomlanishini rasmiy motivli deb belgilashga qaror qildik. Negaki, neokosmonimlar odatda Xalqaro Astronomiya jamiyati tomonidan muvofiqlashtirilgan holda, rasmiy hujjatlar va qarorlar asosida hosil boʻladi.
Rasmiy motivli kosmonimlarni ham oʻz xususiyatlariga koʻra quyidagi mavzu guruhlari asosida tahlil qilish mumkin.
Teokosmonimlar. Neokosmonimlarning nomlanish motivlari ham xalq kosmonimlarida shakllangan ayrim an’analarni davom ettirgan holda to xudolar nomi ularni nomlashga yetmay qolgunga qadar davom ettirilgan. Serera, Pallada, Yunona kabi asteroidlar nomi bularga misol boʻla oladi. Yangi kashf qilingan osmon jismiga nom qoʻyishda antik mifologiyadagi ayol ma'budalar nomlaridan foydalanilgan. Masalan, asteroidlarning birinchi yuzligi nomlanishida Mnemosina (57-asteroid) – xotira ma'budasi, nereidalar Fetida (17), Panopeya (70) va ularning onasi Doris (48), okeanidalar Klitiya (73), Evrinoma (79), Teseyning sevgilisi Ariadna (43) va uning xotini Egle (96) kabi rim va yunon mifologiyasining barcha ma'budalari, muza va nereidalari nomlari asosiy oʻrin tutadi. Erkak ma'bud nomlarini jenskiy rodda qoʻllash orqali hosil qilingan Guberta, Okeana kabi neokosmonimlar ham mavjud.
Antropokosmonimlar. Neokosmonimlar orasida insonlar ismi orqali nomlanganlarining paydo boʻlishi mifologik nomlardan chekinilganligini koʻrsatadi. Osmon jismiga kishi ismini berganda, shu ismga ega muayyan bir shaxs nomi nomlash uchun asos boʻlgan. Ba'zan mavhum nomlar ham uchraydiki, unda nomlashga asos boʻlgan shaxsning kimligi noma’lum boʻlib qoladi. Masalan, Angelina, Beatrisa, Silviya, Yuliya asteroidlarining nomlanishiga asos boʻlgan ism «ega»lari tarixiy shaxslar ham emas, mavhum ham emas. Bu insonlar osmon jismini kashf qilgan shaxsning qarindosh- urug‘i, doʻsti, turmush oʻrtog‘i boʻlishi mumkin. Bu xususiyat odamlarning shaxsiy ismlaridan paydo boʻlgan deyarli barcha rasmiy motivli kosmonimlarga xosdir.
Antroponimlar asosida yuzaga kelgan neokosmonimlar ichida dastlab ayol nomlariga qoʻyilganlari koʻp uchrashi kuzatiladi. Ayollarning ismlari turli omillar bilan bog‘liq ravishda osmon jismlari nomlariga oʻtgan.
Erkak ismlaridan paydo boʻlgan kosmonimlar taniqli siyosiy va ijtimoiy arboblar, yozuvchi va kompozitorlar, koʻproq olimlar, shu jumladan, astronomlarning familiyalardan iborat: Nyutoniya, Galileya, Edisona, Plankiya, Rezerfordiya, Markoniya, Pavloviya, Lomonosova, Motsartiya, Musorgskiya, Rustaveliya, Pushkin, Lermontov (asteroidlar) kabi.
Umuman, rasmiy motivli kosmonimlar ichida antroponimlar asosida hosil boʻlganlari oʻziga xos lisoniy xususiyatlarga ega boʻlib, bunday kosmonimlar salmoq jihatidan neokosmonimlar orasida birinchi oʻrinda turadi.
Topokosmonim, gidrokosmonim va orokosmonimlar.
Antropokosmonimlarda boʻlgani kabi, topokosmonimlarning hosil boʻlishida ham quyidagi xususiyatlar kuzatishimiz mumkin:
1.Toponimga jenskiy rodning shakli – -a (yoki -iya) qoʻshimchasini qoʻshish orqali hosil qilingan kosmonimlar: Uzbekistaniya (1351-asteroid), Kazaxstaniya (2178-asteroid).
2.Soʻzning aniq shaklini saqlab, oxirgi -a (-iya) qoʻshimchasisiz geografik nomlarni ham berish orqali: Dog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon (asteroidlar).
3.Toponim aslida unli tovush bilan tugaydigan boʻlsa, asl holicha saqlanadi: Chikago (334-asteroid), Tokio (498-asteroid), Kutaisi (1289- asteroid), Sintsinnati (1373-asteroid), Abastumani (1390-asteroid), Limpopo (1490-asteroid), Turku (1496-asteroid), Oulu (1512-asteroid).
4.Oxiri aslida -a yoki –iya tovushlari bilan tugaydigan toponimlarni tanlab olish orqali nomlash: Ukraina (1709-asteroid), Litva (2577-asteroid).
Kama, Amazonka, Volga, Neva asteroidlari gidronimlar asosida nomlangan boʻlsa, Oltoy tog‘lari, Karpat tog‘lari, Kavkaz tog‘lari, Alp tog‘lari (Oyning baland qismlarining nomlari) kabi nomlar oronimlar asosida hosil boʻlgan.
Observatoriyalar, tashkilotlar, astronomik moslama chiqaradigan firmalar va astronomik asbob nomi asosida atalgan kosmonimlar. Neokosmonimlar nomlanishida atoqli otlarning boshqa turlari ham qisman ishtirok etadi. Masalan, Seyssiya (851-asteroid), Grebba (1058-asteroid – “TSeys” va “Govard greb” tovar belgili astronomik optik moslama chiqaradigan firmalar nomi); NORK (1625-asteroid nomi, The NORC – Naval Ordnance Research Calculator - harbiy-dengiz artilleriyasining izlash- hisoblash mashinasi – kosmik obyektlarning elementlarini hisoblashda qoʻllanadigan elektron mashina); KRAO (1725-asteroid, Qrim astrofizik observatoriyasi), Akademiya (829-asteroid, Rossiya Fanlar akademiyasi sharafiga nomlangan).
Kosmonimlar ham ma’noning umumlashtirilishi, ham ularning ixtisoslashuvi bilan tavsiflanadi: masalan, kit. shan an zuo “tog‘lar”, Ingliz Podachi “choʻpon” - lat. Botinkalar - rus. Botinkalar; kit. “antarktika”) – lat. oktanlar; – lat. Kichik Ursa - rus. Kichik oʻtloq; kit. xiǎo shī zuò (Xiǎo shī zuò Arslon bolasi. lat. Koma Berenices; - Qilich balig‘i) va ingliz. delfin baliq “delfin” va “baliq” ga qarang. lat. Dorado - rus. Oltin baliq.
Kosmonim (kosmik kema, burch va yulduzlar turkumi nomlari) Frazeologik Birliklar komponenti. Ingliz tilida: Lunar module; Uzbek tilida: Maison oʻtib Akrab kirsa, kish degan soʻz hukmdor bilan ayol kuchlari ma’nosida qoʻllaniladi.
Terminologiyada ayrim kosmonimlar milliy-madaniy xususiyatni saqlab qoladi. Odamlar tomonidan berilgan nomlar nafaqat jahon madaniyati, balki oʻz xalqi madaniyatining izlarini ham oʻz ichiga oladi. Dunyoning turli xil rasmlari tillarga xos boʻlgan fazilatlarning bevosita natijasi emas, lekin oxir-oqibatda tilning turli darajalarida, shu jumladan ularning lingvomadaniy mazmuni darajasida aks ettirilgan ekstralingvistik voqelik va etnik ong turi bilan bog‘liq.
Yulduzlar, yulduz turkumlari va sayyoralar uchun nomlar qadim zamonlardan beri berila boshlandi. Ilgari har bir xalqning yulduz turkumlari va alohida yulduzlari bor edi, ularda turlicha nom berilgan; hozir ham mashhur nomlar mavjud, masalan, Pleiades yulduz klasteri Stozhary yoki Seven Sisters deb ataladi, Big Dipper Paqir ham boshqacha nomlanadi: Vagon, Elk, Tesla, Plow, Yetti Donishmand va boshqalar. Biroq, astronomiyada ilmiy terminologiyaning noaniqligi uchun yulduz turkumlarining Yevropa nomlari va yulduzlarning arab-evropa nomlari qabul qilinadi. Ular Xalqaro Astronomiya Ittifoqi (IAU) hujjatlarida mustahkamlangan.

Download 244.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling