Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Adabiy termin, badiiy asar nomi va uning qahramonlari ismi bilan atalgan kosmonimlar


Download 244.17 Kb.
bet21/30
Sana22.06.2023
Hajmi244.17 Kb.
#1650105
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
Bog'liq
SHOIRA DISSERTATION FINAL

Adabiy termin, badiiy asar nomi va uning qahramonlari ismi bilan atalgan kosmonimlar. Badiiy asar nomi va ularning qahramonlari ismlari ham koʻpchilik neokosmonimlarning nomlanishiga asos boʻlgan. Masalan, 171- asteroidga Ofeliya nomi berilishidan e'tiboran asteroidlarni Shekspir asarlaridagi qahramonlar ismi bilan nomlash an’anasi paydo boʻladi: Dezdemona, Djulyetta (asteroidlar). Keyinchalik turli badiiy asar nomlari va qahramonlari, shuningdek, opera qahramonlari nomi ham “osmonga chiqdi”: Dul’tsineya, Shahrizoda, Turandot, Serlina, Violetta, Karmen, Aida (asteroid nomlari). Adabiyot va san’atga oid terminlar orqali nomlangan kosmonimlar ham uchraydi: Poeziya, Oda, Saga, Noktyurna (asteroid nomlari) kabi.
Mavhum tushunchalar asosida atalgan kosmonimlar. Mavhum tushunchalarni anglatuvchi soʻzlar orqali nomlashda osmon jismining kashf qilinish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni nomda aks ettirish, shuningdek, doʻstlik, sevgi, tinchlik kabi yuksak tushunchalarni ulug‘lash istagi asosiy omil boʻlgan. Bunday kosmonimlar asosan yunon va lotin soʻzlaridan iborat boʻlgan. Masalan, Sofrosina (134-asteroid, «donolik» ma’nosida), Areta (197-asteroid, «jasurlik» ma’nosida) nomlari yunon tiliga oid boʻlsa, Felitsitas (109-asteroid, «baxt» ma’nosida), Adoreya (268- asteroid, «shon-shuhrat» ma’nosida), Unitas (306-asteroid, «birlik» ma’nosida), Eternitas (446-asteroid, «abadiylik» ma’nosida), Gilaritas (996-asteroid, «quvonch» ma’nosida) kabi kosmonimlar lotin tili soʻzlari asosida nomlangan.
Mavhum tushunchalarni anglatuvchi soʻzlar asosida nomlangan rasmiy motivli kosmonimlar orasida xalqlar doʻstligi va hamkorligiga bag‘ishlangan nomlar ham anchani tashkil qiladi. Bu tip kosmonimlar: Filiya (yunoncha, «doʻstlik» ma’nosida), Fraternitas (lotincha, «qardoshlik» ma’nosida), Amikitsiya (lotincha, «doʻstlik» ma’nosida), Drujba (ruscha, «doʻstlik» ma’nosida), Mirnaya (ruscha, «tinchlik» ma’nosida), Paks (lotincha, «tinchlik» ma’nosida), Eleyteriya (yunoncha, «erkin» ma’nosida) turli tillarga oid kosmonimlardir.

Download 244.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling