Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Rozmarin oʼti oziq-ovqat mahsuloti sifatida butun dunyoda keng qullanilib kelinadi. Bundan tashqari xalq tabobatida xam turli dardlarga daʼvo sifatida ishlatiladi. Xususan, oʼsimlikning yer ustki barglari va yosh poyalaridan tayyorlangan damlama va tindirmasi xalq tabobatida bosh ogʼrigʼi, bosh miyada qon aylanishini yaxshilashda, shamollashda, ayollarda uchraydigan ayrim xastaliklarni davolashda ijobiy naf beradi. Shu bilan birga organizmni tetiklashtirib, quvvat bagʼishlash xususiyatiga ham ega. Аmmo aniq maʼlumotlar, isbotlar, tajribalar mavjud emas. Аynan shu sababli ham uning faol xususiyatlari mavhumligicha qolmoqda.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Magistrlik ishini bajarish davomida mavzuga muvofiq adabiyotlar tahlili, texnologik parametrlarni aniqlayotganda ananaviy va biostandartizatsiya usuli, esktrakt texnologiyasini ishlab chiqish uchun matseratsiya usulidan hamda fizik-kimyoviy tahlil usullari ya’ni flavanoidlarga sifat reaksiyasi va spektrofotometrik usullardan foydalanildi. Turg’unligini aniqlash usun tabiiy eskirtish usuli foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mualliflar tomonidan o’rganilgan ishning nazariy ahamiyati shundaki, ular tomonidan foydalanilgan biostandartizatsiya usuli shuni isbotladiki farmakologik jihatdan baholanib, tanlangan ekstragent eng yuqori antiemik faollikka egaligini isbotladi. Odatda ekstragent tanlashda fizik-kimyoviy usuldan foydalaniladi va eng yuqori ajralgan ekstraktiv hamda biofaol moddalarga to’yingan ajratma eng yuqori farmakologik faollikka ega bo’lishi kerak deb hisoblanadi. Ammo natijalar shuni ko’rsatdiki eng yuqori to’yingan ajratma yuqori antiemik effekt ko’rsatmadi, antiemik effekt o’rtacha to’yingan ajratmada eng yuqori bo’ldi.
Hozirgi kunda qusishga qarshi koʼplab dorilar foydalanib kelinmoqda va ularning aksariyat qismi sintetik yoki kimyoviy birikmalar hisoblanadi. Biroq, ayrim turdagi bemorlar uchun xususan homilador va laktatsiya davridagi ayollar, kimyoviy moddalarga sezuvchanligi yuqori boʼlgan va shu kabi bemorlar, ushbu preparatlarni qoʼllashda bir qancha muammolarga uchrashmoqda. Аmmo, shu kabi preparatlarga samaradorlik jixatidan raqobatbardosh, toksiklik darajasi past boʼlgan, oʼsimlik xomashyosidan tayyorlangan qusishga qarshi preparatlar yoʼqligi yoki yetishmovchiligi dolzarbligicha qolmoqda. Biz oldinga surayotgan dissertatsiya ishi aynan shu kabi omillarni oldini olishni koʼzda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |