Kirish mavzuning dolzarbligi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 110.47 Kb.
bet2/8
Sana28.07.2023
Hajmi110.47 Kb.
#1663310
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KIRISH

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yuqori samaradorli defoliantlar olish borasida ilmiy ma’lumotlar yetarlicha to‘plangan bo‘lib, tarkibida ta’sir etuvchi moddasi yuqori miqdorda bo‘lgan kalsiy xlorat defoliantini yaratish va defoliantlar assortimentini ko‘paytirish sohasidagi izlanishlarni davom ettirish maqsadga muvofiq ekan. Ammo, tarkibida natriy va kalsiy xlorat va xloridlarini tutgan fizik-kimyoviy sistemalar kam o‘rganilgan.
To‘rtlamchi 2Na+,Ca2+//2Cl-,2ClO-3-H2O sistema va uni tashkil qiluvchi uchlamchi sistemalardagi komponentlarning o‘zaro ta’sirlashuv mexanizmi o‘rganilmagan. Ushbu sistemalardagi tuzlarning kristallanish maydonlari chegarasini aniqlash va defoliant olishning fizik-kimyoviy asoslarini yaratish uchun ta’sirlashuvchi komponentlarning turli konsentratsiya va haroratlardagi eruvchanligi haqida ma’lumotlar zarur. Ushbu muammolarni o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ular ta’sirlashuvchi komponentlar mexanizmini tushinish, ushbu komponentlar asosida defoliant olishning maqbul texnologik parametrlarini, defoliantlarni saqlash sharoitlarini aniqlash, qolaversa, soda ishlab chiqarishning ekologik muammolarini hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot maqsadi: soda ishlab chiqarish chiqindisi asosida suyuq va qattiq kalsiy xlorati defolianti olishni fizik-kimyoviy asoslash va texnologik sxema, texnologik rejim me’yorlari, ishlab chiqarishning maqbul parametrlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari: Ishda quyidagi asosiy vazifalar qo‘yilgan:
- tarkibida kalsiy va natriy xloratlari, kalsiy xloridini tutgan suvli sistemalardagi o‘zaro eruvchanlikni keng harorat va konsentratsiya oralig‘ida o‘rganish;
- to‘rtlamchi 2Na+,Ca2+//2Cl-,2ClO-3-H2O suvli sistemaning eruvchanligini o‘rganish;
- soda ishlab chiqarish chiqindisi – distiller suyuqligini xlorlash jarayonini tadqiq qilish;
- suyuq kalsiy xlorat defoliantini olishning texnologik va kinetik parametrlarini aniqlash maqsadida xlorlangan aralashma va natriy xloratining suvli muhitdagi konversiya jarayonini tadqiq qilish;
- suyuq va qattiq kalsiy xloratini olishning prinsipial texnologik sxemasini yaratish, laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida sinovlar o‘tkazish;
- olingan defoliantning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish, ishlab chiqarish sinovlarini o‘tkazish

Download 110.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling