Kirish Mavzuning dolzarbligi


-jadval O`zbekistonning Yevro-Osiyo xalqaro iqtisodiy tashkilotiga a`z bo`lishining ijobiy va salbiy tomonlari2


Download 28.13 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi28.13 Kb.
#224961
1   2   3   4
Bog'liq
Asror MI2

1-jadval

O`zbekistonning Yevro-Osiyo xalqaro iqtisodiy tashkilotiga a`z bo`lishining ijobiy va salbiy tomonlari2

Salbiy tomonlar

Ijobiy tomonlar

Mamlakatimizda mahsulotlari yuqori narxga ega boʼlgan korxonalar faoliyatiga salbiy taʼsirlar boʼlishi;

Migrantlarning xorijiy mamlakatdagi ishlashi, yashashi, turmush sharoiti yaxshilanishiga olib keladi;

Ichki bozorda import mahsulotlari hajmining koʼpayishi;

Migrantlarning qonuniy yoʼl bilan chiqib ketishini va ularning aniq hisobini yuritishni taʼminlaydi;

Ayrim tovarlar bozorida raqobatning ortishi, hozir turlicha boʼlgan texnik tartibga solish va standartlarni bir xil qilish bilan bogʼliq muammolar paydo boʼlishi;

Mehnat bozoridagi taklifning hamda aholining chetga chiqish qiziqishining yuqoriligini hisobga olib, mehnat bozori muvozanatligini taʼminlaydi;

Tayyor sanoat tovarlarni ishlab chiqarish boʼyicha tumanlararo tafovut ortishi mumkin.

Patent toʼlovlari bekor qilinadi va bu migrantlarimizga oyiga oʼrtacha 150 – 170 million аqsh dollari miqdorida qoʼshimcha foyda olib keladi;

 

Mamlakatimizga xorijiy valyuta oqimini koʼpaytiradi, qaytib kelgan migrantlar mamlakatga tayyor ishchi kuchi boʼlib va innovatsiyalar bilan keladi va boshqalar.

Mamlakatimizda eksportni, ayniqsa, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish strategik vazifa qilib belgilangan. Buning uchun salohiyatli va barqaror isteʼmol bozori zarur boʼladi. Shu jihatdan olib qaraganda, Yevro-Osiyo ittifoqi bilan integratsiyalashuv juda muhim vazifa hisoblanadi. Qolaversa, Yevro-Osiyo ga kirishimiz agrar mahsulotlarimizni Yevro-Osiyo mamlakatlariga bojxona toʼlovlarisiz eksport qilish imkoniyatini beradiki, bu katta miqdorda qoʼshimcha foyda koʼrishimizga sabab boʼladi.

Chorvachilik sohasida esa hozircha goʼsht kabi mahsulotlarni import qilishimizga toʼgʼr kelyapti. Bu masalani ham Yevro-Osiyo hisobiga hal etishimiz mumkin boʼladi.

Qishloq xoʼjaligida ham Yevro-Osiyo ga kirishning ayrim salbiy jihatlari bor. Masalan, bu jarayon mineral oʼgʼit ishlab chiqaruvchilarga, oʼsimliklarni himoya qiluvchi ximikatlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga moliyaviy zarar yetkazish ehtimoli bor.

Mamlakatimiz qishloq xoʼjaligi ekinlarini sugʼorishga sarflanayotgan suvning deyarli 80 foizi Qirgʼiziston va Tojikistondan keladi. Bu borada mavjud jiddiy kelishmovchiliklarni ham Yevro-Osiyo doirasida nisbatan osonroq hal etish imkoniyati paydo boʼladi.

Yevro-Osiyo ga kirish uning doirasida yagona elektr energiyasi bozori yaratish va shu yoʼl orqali barcha aʼzo-davlatlarni nisbatan arzon elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniyatini yaratadi. Bu Ittifoq aʼzolarining iqtisodiy oʼsishiga ijobiy taʼsir qiladi.

Oʼzbekiston ittifoqqa aʼzo mamlakatlar ichida mehnat resurslari soni boʼyicha Rossiyadan keyin 2-oʼrinni egallaydi. Bu esa, Oʼzbekistonning mehnat resurslariga boyligini, mehnat salohiyati yuqoriligini koʼrsatadi.

Bugungi kunda Oʼzbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi oʼta muhim muammolardan biri boʼlib qolmoqda. Hozirda 2,4 millionga yaqin kishi ishlash uchun chet elga chiqib ketgan. Tashqi migrantlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga (2,2 mln kishi yoki 91,7 %) toʼgʼri kelmoqda. Oʼzbekiston ushbu koʼrsatkich bilan MDH mamlakatlari orasida Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlar soni boʼyicha 1-oʼrinni egallamoqda.

Ittifoqqa aʼzo boʼlish mehnat munosabatlari masalasida Oʼzbekiston uchun quyidagi ijobiy natijalarni beradi:

- migrantlarning xorijiy mamlakatdagi ishlashi, yashashi, turmush sharoiti yaxshilanishiga olib keladi;

- migrantlarning qonuniy yoʼl bilan chiqib ketishini va ularning aniq hisobini yuritishni taʼminlaydi;

- mehnat bozoridagi taklifning hamda aholining chetga chiqish qiziqishining yuqoriligini hisobga olib, mehnat bozori muvozanatligini taʼminlaydi;

- patent toʼlovlari bekor qilinadi va bu migrantlarimizga oyiga oʼrtacha 150 – 170 million АQSh dollari miqdorida qoʼshimcha foyda olib keladi;

- mamlakatimizga xorijiy valyuta oqimini koʼpaytiradi, qaytib kelgan migrantlar mamlakatga tayyor ishchi kuchi boʼlib va innovatsiyalar bilan keladi va boshqalar.

Shuning bilan birga, Ittifoqqa aʼzo boʼlish bu borada ayrim kamchiliklardan ham xoli emas:

- sifatli ishchi kuchining mamlakatdan chiqib ketishi va buning oqibatida mamlakatda unga boʼlgan talab va taklifning buzilishi yuz berishi mumkin;

- saviyasiz migrantlarning xorijiy mamlakatda oʼzini tutishi va xorijiy tillarni bilmasligi Oʼzbekiston obroʼsiga salbiy taʼsir oʼtkazadi;

- migrantlarning turli xil salbiy oqimlarga qoʼshilish ehtimolligi mavjud.

Oʼzbekistonning Yevro-Osiyoga aʼzo boʼlishi masalasi haqida oʼylar ekanman, internet sahifalarida xorijiy va oʼz ekspertlarimiz bu haqida bildirgan fikrlar bilan ham tanishib chiqdim. Yuqorida taʼkidlab oʼtganimdek, ekspertlarning bu boradagi mulohazalari turlicha, ular bir-birlaridan keskin farq qiladi. Ittifoqqa aʼzo boʼlishni ijobiy baholagan fikrlar koʼproq. Lekin ular ichida oʼta sayoz, chuqur oʼylanmagan, ortiqcha hayajonga berilgan, yetarli asoslanmagan, hatto mutlaqo haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan fikr va mulohazalar ham uchraydi. Masalan, qator masalalar boʼyicha internet sahifalarida yaxshi dalillangan fikrlar bilan tanilgan ekspert Аziza Umarova oʼzining Feysbuk sahifasida Yevro-Osiyo ga aʼzolik faqat Rossiyaga foydali, boshqa aʼzolarga hech qanday yaxshilik olib kelmagan, degan fikrni yozibdi. Uning fikricha, Rossiya yetakchiligidagi Ittifoqqa kirgandan keyin orqaga yoʼl qolmaydi. Ekspert, “tinchgina ajralish, tinch yoʼl bilan tarqalish imkonsiz”ligini ham qayd etgan. Bundan tashqari, mazkur ekspertning “Аssalom, Sovet Ittifoqi”, degan fikrini “EOIIga kirish – Sovet Ittifoqiga qaytish”, deb tushunish mumkin. Ekspert Kamoliddin Rabbimov esa oʼzining Feysbukdagi sahifasida yozishicha, Matvienkoning Oʼzbekistonga tashrifidan maqsad Oʼzbekistonga bosimni kuchaytirishdir. Rabbimovning Oʼzbekistonning Yevro-Osiyo ga kirishi “Shu paytgacha Rossiya tarafidan boʼlgan va boʼlayotgan bosimlarning siyosiy maqsadini rasmiylashtirish, shartni eslatish va bosimni yuqoriroq pallaga olib chiqish hisoblanadi,” degan fikri ham munozarali va yetarli asosga ega emas. Zero, mamlakatimining mazkur Ittifoqqa Rossiyaning bosimi ostida kirishi mumkinligi Rabbimovdan boshqa biror kishining xayoliga ham kelmayotgan fikr boʼlsa kerak?!

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizning Yevro-Osiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishining qator ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Koʼrinib turibdiki, uning ijobiy jihatlari ancha koʼp va salmoqli hamda Ittifoqqa kirish Oʼzbekistonning manfaatlariga mos keladi. Hamma gap Yevro-Osiyo ga kirishga puxta tayyorgarlik koʼrishga bogʼliq. Аna shunda bu tadbir xalqimizning manfaatlariga xizmat qiladi va mamlakatimiz iqtisodiyoti yanada oʼsishiga yordam beradi.

Аgar Oʼzbekiston Yevro-Osiyoga aʼzo boʼlib, iqtisodiy ittifoqqa kirgan davlatlar bilan munosabatda shu tashkilot nizomi asosida belgilangan maqsadga muvofiq faoliyat koʼrsatsa yaxshi. Аmmo boshqa davlatlar bilan munosabatda shu tashkilotning roziligini olish lozim boʼlsa, buning oqibati yaxshilikka olib kelmaydi. Chunki hozir integratsiya jarayoni davlatlar oʼrtasida keskin rivojlanib bormoqda. Bunday sharoitda har bir davlat erkin boʼlmasa faoliyati chegaralanib, cheklanib qoladi. Shu tufayli, ushbu ittifoqqa qoʼshilishga shoshilmaslik lozim. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, maʼlum muddatda ushbu ittifoqqa kuzatuvchi sifatida kirishimiz maqsadga muvofiq. Chunki kuzatuvchi boʼlish hali aʼzo degani emas.

Yevro-Osiyodek integratsion birlashmani tuzishdan maqsad tovarlar, kapital va ishchi kuchining yagona bozorini tashkil etish, ittifoq aʼzolarining ishlab chiqarish salohiyatini teng hamkorlikni yoʼlga qoʼyish yoʼli bilan roʼyobga chiqarishdir. Koʼrinib turibdiki, Yevro-Osiyo aʼzolari bir-biridan katta farq qiladigan iqtisodiy salohiyatga ega davlatlar. Bu besh mamlakatni bogʼlab turgan omil - ularning harbiy nuqtai nazardan hamkorligi.

Rossiya 2014 yildan buyon Gʼarbning sanktsiyalari qurshovida. Shu sababdan ulkan ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega mamlakatning rivojlanish darajasi koʼngildagidek emas. Yalpi ichki mahsulotning yillik oʼsishi 2 foizdan past. Belarusь davlati bilan Rossiya Federatsiyasi oʼrtasida yagona mamlakat tuzish toʼgʼrisida bitim tuzilgan, ammo mamlakatlar oʼrtasida katta tafovut yuzaga kelganligi tufayli ushbu bitimni koʼzlangan darajaga yetkazish choʼzilib ketmoqda. Belarusь davlati Rossiyadan neft va tabiiy gazni imtiyozli narxda sotib olib, uni qayta ishlab foyda oladi. Rossiya esa imtiyozli narxni asta-sekinlik bilan koʼtara boshlagani sari mamlakatlar oʼrtasida turli nizolar chiqmoqda. Natijada Belarusь boshqa ittifoqdosh mamlakatlar bilan maslahatlashmasdan, mustaqil tarzda Ukraina, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlikni kuchaytira boshladi.

Oʼzbekistonni Yevro-Osiyoga aʼzo boʼlishi uchun eng katta omil sifatida xizmat qiladigan narsa, bu mehnat muhojirlari uchun vujudga keladigan muayyan yengilliklardir. Gap shundaki, Qirgʼiziston va Аrmaniston fuqarolari Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirish paytida roʼyxatdan oʼtishdagi sarf-xarajatlarni tejashi mumkin. Аmmo boshqa xarajatlar, yaʼni kommunal, ijara va tibbiy xizmat toʼlovlari oʼzgarmasligi aniq.

Shundan kelib chiqib, faqat roʼyxatdan oʼtishdagi xarajatlarni tejash hisobidan kelib chiqadigan imtiyozlar Oʼzbekistonni Yevro-Osiyoga aʼzo boʼlib kirishiga asos boʼla olmaydi. Rossiyadagi demografik holat tashqi ishchi kuchiga boʼlgan talabni yana ham oshishiga sabab boʼlmoqda. Shuning uchun mamlakatning yangi hukumati yaqin yillarda Oʼzbekiston fuqarolari uchun tegishli sharoit yaratib berishga majbur boʼladi. Qolaversa, malakali kadrlarga dunyoning boshqa mamlakatlarida ham katta talab bor. Buning uchun mamlakatimizdagi kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro marketing tadqiqotlari yordamida ishchi kuchini qabul qiladigan mamlakatlar sharoitidan kelib chiqqan holda takomillashtirish lozim.

Xulosa


Oʼzbekistonni Yevro-Osiyoga aʼzo boʼlishi uchun eng katta omil sifatida xizmat qiladigan narsa, bu mehnat muhojirlari uchun vujudga keladigan muayyan yengilliklardir. Gap shundaki, Qirgʼiziston va Аrmaniston fuqarolari Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirish paytida roʼyxatdan oʼtishdagi sarf-xarajatlarni tejashi mumkin. Аmmo boshqa xarajatlar, yaʼni kommunal, ijara va tibbiy xizmat toʼlovlari oʼzgarmasligi aniq.

Xulosa sifatida shuni taʼkidlash joizki, har qanday integratsion birlashmaga aʼzolik qilish dunyo iqtisodiyotida barqarorlik hukmronlik qilayotgan sharoitda samara berishi mumkin. Аgar mavjud holat yomonlashsa, har bir ittifoq aʼzosi koʼrpani oʼz tomoniga tortishni boshlaydi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar oʼrtasida savdo va valyuta "urushlari" avj olmoqda va bunday sharoitda har bir mamlakat mustaqil tarzda oʼz iqtisodiy salohiyatini roʼyobga chiqarishga intiladi.

Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, hozirgi sharoitda biz uchun xalqaro iqtisodiy hamkorlikning eng qulay yoʼli, bu MDH davlatlari bilan erkin savdo zonalari tashkil etishni davom ettirish, iqtisodiyotimizni Xalqaro Savdo Tashkiloti tamoyillariga moslashtirishni jadallashtirishdir. Buning uchun, raqobatbardosh mamlakatlar qatoriga kirishdek oliy maqsad yoʼlida qabul qilinadigan har bir qonun va qarorlar bir tomondan ilmiy jihatdan asoslangan, ikkinchi tomondan, imkon qadar umumxalq muhokamasidan oʼtkazilishi lozim. Oʼzbekiston ittifoqqa aʼzo mamlakatlar ichida mehnat resurslari soni boʼyicha Rossiyadan keyin 2-oʼrinni egallaydi. Bu esa, Oʼzbekistonning mehnat resurslariga boyligini, mehnat salohiyati yuqoriligini koʼrsatadi.

Bugungi kunda Oʼzbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi oʼta muhim muammolardan biri boʼlib qolmoqda. Hozirda 2,4 millionga yaqin kishi ishlash uchun chet elga chiqib ketgan. Tashqi migrantlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga (2,2 mln kishi yoki 91,7 %) toʼgʼri kelmoqda. Oʼzbekiston ushbu koʼrsatkich bilan MDH mamlakatlari orasida Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlar soni boʼyicha 1-oʼrinni egallamoqda.

Ittifoqqa aʼzo boʼlish mehnat munosabatlari masalasida Oʼzbekiston uchun quyidagi ijobiy natijalarni beradi:

- migrantlarning xorijiy mamlakatdagi ishlashi, yashashi, turmush sharoiti yaxshilanishiga olib keladi;

- migrantlarning qonuniy yoʼl bilan chiqib ketishini va ularning aniq hisobini yuritishni taʼminlaydi;

- mehnat bozoridagi taklifning hamda aholining chetga chiqish qiziqishining yuqoriligini hisobga olib, mehnat bozori muvozanatligini taʼminlaydi;

- patent toʼlovlari bekor qilinadi va bu migrantlarimizga oyiga oʼrtacha 150 – 170 million АQSh dollari miqdorida qoʼshimcha foyda olib keladi;

- mamlakatimizga xorijiy valyuta oqimini koʼpaytiradi, qaytib kelgan migrantlar mamlakatga tayyor ishchi kuchi boʼlib va innovatsiyalar bilan keladi va boshqalar.

Shuning bilan birga, Ittifoqqa aʼzo boʼlish bu borada ayrim kamchiliklardan ham xoli emas:

- sifatli ishchi kuchining mamlakatdan chiqib ketishi va buning oqibatida mamlakatda unga boʼlgan talab va taklifning buzilishi yuz berishi mumkin;

- saviyasiz migrantlarning xorijiy mamlakatda oʼzini tutishi va xorijiy tillarni bilmasligi Oʼzbekiston obroʼsiga salbiy taʼsir oʼtkazadi;

- migrantlarning turli xil salbiy oqimlarga qoʼshilish ehtimolligi mavjud.



Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizning Yevro-Osiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishining qator ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Koʼrinib turibdiki, uning ijobiy jihatlari ancha koʼp va salmoqli hamda Ittifoqqa kirish Oʼzbekistonning manfaatlariga mos keladi. Hamma gap Yevro-Osiyo ga kirishga puxta tayyorgarlik koʼrishga bogʼliq. Аna shunda bu tadbir xalqimizning manfaatlariga xizmat qiladi va mamlakatimiz iqtisodiyoti yanada oʼsishiga yordam beradi.


1 2020 yil 24 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi ma'ruzasi

2 Muallif tomonidan tayyorlandi

Download 28.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling