Kirish Mirzachoʻl
Download 46.07 Kb.
|
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni
Mirzacho‘l iqtisodiy geografik rayoni Sirdaryo bilan Jizzax viloyatlaridan tarkib topgan. Rayon hududi taraqqiy etgan Toshkent va Samarqand iqtisodiy geografik rayonlariga tutashib turadi. Rayonning iqtisodiy geografi k o‘rnini qulay deyish mumkin. Iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi rayonning transport-geografik holatida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Rayonni, asosan, Sirdaryo, Sangzor hamda Zomin daryolari suv bilan ta’minlaydi. Tekislik zamonaviy transport va irrigatsiya inshootlari bilan zichqoplangan. Rayonda aniqlangan volfram, qo‘rg‘oshin, rux, mis, boksit va oltin konlari sanoat ahamiyatiga ega. Qurilishbop shag‘al, qum, gips va ohak ko‘p.Ko‘pincha sovuq Arktika havosi shimoldan rayon hududiga kirib kelib, ba’zan sovuq –25°C ga yetadi. Shunda mevali daraxtlar jiddiy shikastlanadi. Farg‘ona vodiysidan esuvchi kuchli shamoldan esa tuproqning nami qochib, ekinlar qovjiraydi va hosildorlik pasayadi. Bu yerning aholisi, asosan, boshqa joylardan reja asosida ko‘chirib keltirilgan. Rayon aholisining umumiy soni bo‘yicha mamlakat iqtisodiy geografik rayonlari orasida eng keyingi o‘rinda turadi. Hududning yangi o‘zlashtirilayotgani shahar va qishloqlarning geografik joylashuvi, katta-kichikligi hamda aholining milliy tarkibida yaqqol ifodalanadi. Aholi punktlari, asosan, katta yo‘l yoqalarida barpo bo‘lgan. Aholining 45 foizdan ortig‘i shaharlarda istiqomat qiladi. Rayonga Toshkent va Samarqand shaharlarining oliy o‘quv yurtlari ham mutaxassis tayyorlab bermoqda. Lekin rayonning rivojlanish istiqbollarini ko‘zlab, bu yerga Samarqand, Farg‘ona, Toshkent singari iqtisodiy geografik rayonlardan malakali mutaxassislar jalb etish maqsadga muvofiqdir. Xo‘jaligi va uning hududiy tashkil etilishi. Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi, asosan, XX asrning 50-60-yillariga to‘g‘ri keladi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish sug‘orish inshootlarini, yo‘llarni, elektr uzatkich tarmoqlarini, madaniy-maishiy muassasalarni bir yo‘la barpo etish usulida olib borildi. Yangi yerlarni o‘zlashtirishning bu usuli xorijda ham keng qo‘llanilmoqda.Download 46.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling