Kirish Mirzachoʻl
Download 46.07 Kb.
|
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni
Xo‘jaligi. Jizzax viloyati o‘zining mintaqaviy iqtisodiyot tuzilmasiga ko‘ra rivojlanib borayotgan agrar-industrial hudud hisoblanadi. Uning hissasiga respublika yalpi ichki mahsuloti qiymatining 2,2 foizi, sanoat ishlab chiqarishining 1,3, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 5,0, chakana savdo aylanmasining 3,2 va pullik xizmatning 2,3, eksportning 10,2 va importning 1,0 foizi to‘g‘ri keladi. Bu nisbiy raqamlar viloyatning demografik salohiyati bilan taqqoslaganda (4,0 %) vaziyat yanada oydinlashadi. Demak, aytish mumkinki, viloyatning faqat agroiqtisodiyot tizimida ahvol birmuncha yaxshiroq.
Yalpi hududiy mahsulot tarkibi esa quyidagicha (2013 y.): sanoat ishlab chiqarishi 10,2 %, qurilish 8,4 %, qishloq xo‘jaligi 37,8 %, transport va aloqa 10,4 %, savdo va umumiy ovqatlanish 8,9 %, soliqlar 3,5 %, boshqa sohalar 18,8 %. So‘nggi yillarda barcha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘sish kuzatiladi. Kichik biznes (tadbirkorlik) yalpi hududiy mahsulotning 80,1 foizini taʼminlagan bo‘lib, bu sohada iqtisodiyotda jami band bo‘lganlarning 82,0 foizi xizmat qiladi. Uning hissasiga 99,8 % qishloq xo‘jaligi mahsuloti, 89,6 % qurilish, 34,2 % savdo, 34,2 % sanoat mahsuloti to‘g‘ri keladi. Kichik biznesning asosiy qismi xususiy tadbirkorlar faoliyatidan iborat. Sanoati. Jizzax viloyati sanoati uncha rivojlanmagan. Faoliyat ko‘rsatayotgan jami sanoat korxonalarining soni 1170 ta, shu jumladan, yirik sanoat korxonalari 19 ta. Bu makroiqtisodiy sohada 7,2 ming kishi ishlaydi. Tarmoqlar tarkibida yengil va oziq-ovqat sanoati yetakchilik qiladi. Mazkur ikki tarmoq viloyat yalpi sanoat mahsulotining 2/3 qismini beradi (6-rasm). Akkumulyatorlar Jizzax akumlyator zavodida, un mahsulotlari Jizzax va Do‘stlik shaharlarida joylashgan don mahsulotlari kombinatlarida, plyonka va trubalar “Jizzax plastmassa” AJda ishlab chiqariladi. Paxtani qayta ishlash zavodlari paxta yetishtirishga ixtisoslashgan qishloq tumanlari markazlarida joylashgan (Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l). Viloyat sanoati akkumulyator, plastmassa mahsulotlari, trikotaj buyumlar, ohak, gips, paxta yog‘i, un kabilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ayni vaqtda bu yerda elektr energetika bazasi nihoyatda sust rivojlangan; elektr energiyani Sirdaryo IES dan oladi. Tog‘-kon sanoati Qo‘ytosh (volfram, molibden), Marjonbuloq (oltin), Uchquloch (qo‘rg‘oshin, rux) va boshqa “resurs” shaharchalarda tashkil etilgan. Kimyo, turli hajmdagi plastmassa trubalar, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qishloq va yo‘l xo‘jaligi mashinalarini taʼmirlash, akkumulyatorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Viloyatda qurilish materiallari sanoati ham birmuncha rivojlangan (Jizzax, Dashtobod, G‘allaorol). Zafarobod tumanida yirik sement zavodi ishga tushirilgan. 2013 yilda uning qurilishiga 120 mln AQSH dollari sarflangan. 15-ilovada keltirilgan maʼlumotlar tahlili ko‘rsatishicha, Jizzax shahri viloyat sanoati mahsulotining 36,0 foizini va Do‘stlik tumani 19,3 foizini taʼminlaydi. Bu soha Zomin va Paxtakor tumanlarida ham ko‘zga ko‘rinarli darajaga ega. Qolgan qishloq tumanlarida esa sanoat ishlab chiqarishi rivojlanmagan (ayniqsa Mirzacho‘l va Yangiobod tumanlarida). Xalq isteʼmol mollarining 46,6 foizi birgina viloyat markazi – Jizzaxga to‘g‘ri keladi. Qishloq tumanlari orasida Do‘stlik hamda Jizzax va G‘allaorol, Baxmal tumanlari ajralib turadi. Umuman olganda esa, viloyat sanoatining tarmoqlar va hududiy tarkibi uncha rivojlanmagan. Binobarin, bu yerda mavjud xom ashyo va mineral resurslardan, boy mehnat zahiralaridan samarali foydalanish asosida sanoat ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishga katta eʼtibor qaratish lozim. Bu borada mahalliylashtirish hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiyalash mintaqa sanoatini rivojlantirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, “Jizzax” maxsus industrial zonasining barpo etilishi mintaqa sanoat salohiyatini keskin ko‘taradi. Download 46.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling