Kirish Mirzachoʻl


Download 46.07 Kb.
bet7/11
Sana23.04.2023
Hajmi46.07 Kb.
#1390017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni

Qishloq xo‘jaligi. Turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi Jizzax viloyati iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Mintaqa paxta, chorvachilik, bog‘dorchilik, lalmikor dehqonchilik, asalarichilik, kartoshka, sabzavot, poliz (qovun, tarvuz) mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan. Dehqonchilik xissasi 48 %. Bu nisbat ob-havo, iqlim sharoitlari hamda mamlakatimizning agrar siyosati taʼsirida o‘zgarib turadi.
Viloyatda jami qishloq ho‘jaligida foydalaniladigan yerlar 1266,3 ming gektarga teng. Uning 22,0 foizi sug‘oriladigan yerlar. Ko‘rinib turibdiki, mintaqada intensiv ravishda qishloq xo‘jaligi, xususan sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari birmuncha cheklangan. Sug‘oriladigan yerlar ulushi ayniqsa tog‘ va tog‘ oldi hududlarda joylashgan Forish, Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Yangiobod qishloq tumanlarida oz. Forish tumanining qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlardan bor-yo‘g‘i 0,3 foizi, Yangiobod tumanining 6,6, Baxmal tumanining 8,2 foizi sug‘oriladigan yerlarga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich Arnasoy, Zafarobod, Mirzacho‘l tumanlarida ancha yuqori, Zarbdor, Paxtakor, Jizzax tumanlarida esa u deyarli 100 foizga teng (23-jadvalga qarang).
Viloyat qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning 38,4 foizi ekin maydonlari bilan, 59,8 foizi pichanzor va yaylovlar bilan band. Pichanzor va yaylovlar Baxmal, Zomin, Forish, Yangiobod kabi tog‘ va tog‘ oldi hududlarda joylashgan qishloq tumanlarida, ekin ekiladigan yerlar esa pasttekislik hududlarda (Arnasoy, Do‘stlik, Paxtakor, Zarbdor va boshqalar) ko‘p.
2013 yil maʼlumotlari bo‘yicha, qishloq xo‘jalik ekinlarining umumiy maydoni 390 ming gektarni tashkil qiladi. Jami qishloq xo‘jalik mahsulotining 63,0 foizi dehqon xo‘jaligiga, 36,2 foizi fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladi. Dehqon xo‘jaliklarining ulushi chorvachilikda, bog‘dorchilik, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda ko‘proq. Fermer xo‘jaliklari esa, asosan paxtachilikda. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, Jizzax viloyatida qo‘shni Sirdaryo viloyatida bo‘lgani kabi haqiqiy tadbirkorlar fermer xo‘jaliklari bilan shug‘ullanishadi. Ular yoki ularning ota-bobolari bir vaqtlar respublikamizning boshqa viloyatlaridan aynan shu maqsadda ko‘chib kelishgan.

Download 46.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling