Kirish Mirzachoʻl


Download 46.07 Kb.
bet10/11
Sana23.04.2023
Hajmi46.07 Kb.
#1390017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni

Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasining maydoni va aholi soni bo‘yicha eng kichik maʼmuriy birliklaridan sanaladi. U 16 fevral 1963 yilda tashkil etilgan, maydoni 4,28 ming kv. km yoki respublika hududining bor-yo‘g‘i 0,95 foizini tashkil etadi, xolos. Bu borada u mamlakatimizda oxirgi o‘rinda turadi. Aholisi 2014 yil maʼlumotlariga qaraganda, 763,7 ming kishi. Bu O‘zbekiston jami aholisiga nisbatan 2,5 %, Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining 39,0 foizi demakdir. Aholi soni bo‘yicha ham viloyat eng so‘nggi o‘rinda.
Mamlakatimiz va iqtisodiy rayon hududiy mehnat taqsimotida bu mintaqa avvalo qishloq xo‘jalik mahsulotlariga, jumladan paxta, poliz ekinlari, don va boshqa mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan. Xo‘jaligi, umuman olganda, hududiy agro-industrial majmua shakliga ega. Qolaversa, ushbu viloyatning tashkil etilishini asosiy maqsadi ham yangi yerlar, yaʼni Mirzacho‘lni o‘zlashtirish asosida paxtachilikni rivojlantirish bo‘lgan. Bundan taxminan 100 yil muqaddam mazkur cho‘lning o‘zlashtirilishi Chor Rossiyasi tomonidan boshlangan va u vaqtda juda katta maydonni egallovchi Sirdaryo viloyati (bo‘limi) ham tashkil etilgan.
2013 yil yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 1,9 foizini beradi, uning sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi – 2,4 %. Qishloq xo‘jaligining hududiy mujassamlashuv ko‘rsatkichi ancha yuqori, yaʼni 3,9 foizga teng. Qolgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar 1,5-1,9 % atrofida, eksport-import salohiyati esa bundan ham past.
Sirdaryo viloyati maʼmuriy jihatdan 8 ta qishloq tumanlari, 5 ta tumanga bo‘ysinuvchi shahar va 25 ta shaharchalardan iborat. Qishloq fuqarolar yig‘inlari 69 ta bo‘lib, ular jami 257 ta qishloq aholi punktlarini birlashtiradi. 25-jadval maʼlumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ayrim qishloq tumanlari viloyat tashkil topganidan oldin ham mavjud bo‘lgan. Masalan, Sirdaryo tumani 1939 yilda, Guliston 1952 yilda, Boyovut 1961 yilda ajratilgan. Eng so‘nggi tuman 1988 yilda tashkil etilgan (Mirzaobod).
XX asrning 60-yillarida Mirzacho‘l dashtini kompleks o‘zlashtirish dasturi amalga oshirilishi boshlangan. Aynan shu maqsadda alohida viloyat ham tashkil etilgan va unga poytaxt sifatida deyarli “bo‘sh” joyda Yangiyer (ismi jismiga monand) shahri barpo etilgan. Uning qurilishi arxitektor A.Zotov loyihasi bo‘yicha 1956 yilda boshlangan. Biroq u ko‘zlangan maqsadiga erisha olmadi, bunga oddiy geografik omil, yaʼni Xovos yoki Ursatevsk shamollari sabab bo‘ldi. Natijada, Sirdaryo viloyati maʼmuriy markazi sifatida Guliston (avvalgi Mirzacho‘l) shahri olindi.
Mirzacho‘lni o‘zlashtirish uchun respublikaning boshqa viloyatlaridan, asosan aholisi zich joylashgan hududlardan aholi (dastlab majburiy, so‘ng ixtiyoriy ravishda) ko‘chib kelgan. Bu yerga ko‘proq Andijon, Farg‘ona viloyatlaridan dehqonlar (avval o‘zlari, “vaxta” ko‘rinishida, keyingi yillarda oilalari bilan butunlay) ko‘chib kelishgan. Cho‘lni o‘zlashtirish jarayonining keyingi bosqichlarida Samarqand viloyatidan ham migratsiya bo‘lgan. Ular ko‘proq cho‘lning hozirgi qo‘shni Jizzax viloyati tumanlariga joylashgan (Paxtakor, Arnasoy tumanlari va h.k).
Eng so‘nggi yillarda ham Sirdaryo viloyati aholisi ancha “serqatnov”, yaʼni migratsion harakatchan; 2008-2013 yillarda viloyatga, har 1000 kishiga hisoblaganda, 8,5-10,2 kishi kelgan, 10-13 kishi undan ketgan, migratsiya qoldig‘i eng so‘nggi 2013 yilda ijobiy bo‘lgan. Kelish intensivligi, ayniqsa, Guliston shahrida yuqori (12-16 ‰); Shirin shahrida ham bu ko‘rsatkich ancha katta, uning past darajasi esa Sardoba va Xovos tumanlarida qayd etiladi. Yangiyer va Shirin shaharlarida migratsiya jarayoni ancha intensiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning aholisi o‘zining qo‘nimsizligi bilan boshqa joylardan farq qiladi. Shuningdek, Sirdaryo, Xovos tumanlarida ham aholining ko‘chib kelishiga nisbatan ko‘chib ketishi ko‘proq. Natijada, ularda migratsiya qoldig‘ining yuqori ko‘rsatkichlari ko‘zga tashlanadi. 2013 yil yakunlari bo‘yicha eng katta musbat migratsion qoldiq Guliston tumaniga tegishli (26-jadval).
Viloyatda 2009 yilgacha 5 ta shahar (ularning 3 tasi viloyatga bo‘ysunuvchi maqomiga ega) va shuncha shaharcha mavjud bo‘lgan. Ularda jami aholining 31,1 foizi istiqomat qilgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday demografik ko‘rsatkichi respublika o‘rtacha darajasidan 35,8 % ancha past. 2009 yilga kelib esa, vaziyat mamlakatimizda yuz bergan “qishloq” yoki “maʼmuriy urbanizatsiya” tufayli shaharchalar soni 25 taga yetgan, urbanizatsiya darajasi esa 43,2 foizga yetgan.

Sirdaryo viloyati va, umuman, Mirzacho‘l iqtisodiy makoni O‘zbekiston geoiqtisodiy muhitida Toshkent va Zarafshon mintaqalari o‘rtasida o‘ziga xos, iqtisodiy geografik sust rivojlangan hudud ko‘rinishiga ega. Shu bois, bu bo‘shliqni to‘ldirish yoki oraliqni mustahkamlash respublika iqtisodiy makonining rivojlanishi va takomillashtirilishiga yordam beradi. So‘nggi yillarda Sirdaryo tumani salohiyatining oshib borishi ham mazkur masalaning yechimini biroz yengillashtiradi.
Hozirgi vaqtda bu yerda Xitoy Xalq Respublikasi bilan birgalikda “PENG SHENG” QK barpo qilinmoqda (Toshkent shahridan 70 km masofada). Ushbu industrial park tashkil etilishi 2009 yilda boshlangan bo‘lib, uning hozirgi maydoni 80,0 ming kv. m-ga teng. 2013 yilda Prezident farmoni asosida "Jizzax" maxsus industrial zonasining shakllantirish munosabati bilan Sirdaryo industrial parki uning filialiga aylantirildi. Majmua keramik plitalar, natural teri va undan poyafzallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. U to‘la loyiha quvvatiga ega bo‘lgach yiliga 100 mln AQSH dollari miqdorida turli xil mahsulot ishlab chiqaradi, uning deyarli yarmi eksport qilinadi.

Mirzachoʻlga respublikaning aholisi zich tumanlaridan oilalar koʻchirib keltirildi, yangi yirik sovxozlar (1924-yilda "Paxtakor", 1929-yil "Malik", 1927-yilda "Boyo-vut") tashkil etildi. 1939—40 yillarda 60 ming ga shoʻr bosgan va botqoqlashgan yerlar oʻzlashtirilib, ekin maydoniga aylantirildi. 1941-yildasugʻoriladigan yerlar maydoni 90 ming ga boʻldi. Qayroqqum suv ombori qurilishi bilan Mirzachoʻlning suv bilan taʼminlanishi yaxshilandi. 1956-yil sugʻoriladigan yerlar 205,5 ming ga ga yetdi. "Boshmirzachoʻlqurilish" ("Glavgolodnostep-stroy") tashkiloti tuzildi. Bu loyihaga muvofiq, asosiy kanal uzaytirildi va kengaytirildi. Janubiy Mirzachoʻl kanali, Qayir va Markaziy Mirzachoʻl kollektorlari ishga tushirildi. Shoʻroʻzak, Sardoba va boshqa kollektorlarning ishi yaxshilandi. Mirzachoʻl da yerlarning shoʻrini yuvish sizot suvlarining yuzasini pasaytirish boʻyicha koʻp ishlar amalga oshirildi. Mirzachoʻl da Guliston, Yangiyer shaharlari va boshqa aholi punktlari vujudga keldi.


Bu iktisodiy rayon tarkibiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlari kiradi. Maydoni 25,6 ming km.kv. axolisi 1603,0kishi yashaydi. Bu iktisodiy rayon yangi uzlashtirish asosida tashkil topgan bulib, Respublika maydonining 5,7 va axolisining 6,5 % ni tashkil etadi.
Bu iktisodiy rayon kishlok xujaligiga ixtisoslashgan bulib, sanoati jixatdan xam tez usib borayotgan rayondir. Mirzachul iktisodiy rayoni Respublikaning 14-15 % paxtasini, 16-17 % gallasini etishtirib beradi. Respublikada ishlab chikariladigan elektr energiyaning 30 %, paxta tolasining 13-13,2 % shu rayonga tugri keladi.
Kelajakd yangi erlarni uzlashtirish, boy resurslarni ishga solish natijasida rayonning sanoat va kishlok xujalik maxsulotlari ishlab chikarish yana ortadi.
Bu rayonning iktisodiy geografik joylashgan urni ma`lum darajada kulaydir. Chunki, iktisodiy jixatdan yaxshi tarakkiy etgan Toshkent, Samarkand va Fargona vodiysi urtasida joylashgandir. Mirzachul rayoniga ayniksa Toshkent iktisodiy rayoni bilan xilma xil ishlab chikarish alokalariga ega va bir biri bilan mustaxkam xamkorlik asosida rivojlanmokda. Bu rayonni iktisodiy geografik urnini yana kulaylik tomoni shundaki, shu xudud orkali kushni iktisodiy rayonlarni bir biri bilan boglaydigan material avtomobil va temir yullar utadi, bu bir tomondan bulsa, ikkinchi tomondan bu xududdan Respublikaning muxim va yirik gaz kuvurlari utadi. buxoro-Samarkand-toshkent-Chimkent Jambul-Bishke-Olmaota, Buxoro-Fargona vodiysi, Shurtan -Sirdaryo GRES kuvurlari shular jumlasidandir. Mirzachul iktisodiy rayoniga bunday geografik jolagan urnini xusuiyati kelajakda bu iktisodiy rayoniga xar tomonlama iktisodiy ijtimoiy tarakkiyotiga juda kulay ta`sir kursatadi.
2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Bu rayon Sirdaryo va Zarafshon dryolari oraligida joylashgan bulib, uning shimoliy kismi tekislik, anubida Turkiston togining garbiy chekkasi, janubi-garbiy kismida esa Nurota togi joylashgandir.
Mirzachulning ayniksa tekislik kimi keyingi yillarida intensiv uzlashtirilmokda. Iklimi, Uzbekistonni bir kismi bulganidan erdan xam, yozi issik davomli, kishi nisbatan sovuk va kiska, kuzi kuruk, ilik, baxor oylari nam. Vegetatsi dari 210-215 kun, shu davrdagi xarorat yigindisi 4000-6000 S ga tengdir. Bunday sharoitda issisevar ekinlar etishtiriladi. Ayniksa mirzachulda kovun, tarvuzlari juda shirin va mashxurdir. Atmosfera yoginlari kam tekisliklarda 210-300 mm bulganda sugorishga asoslangan dexkonchilik kilinadi. Tekislikdan sirdaryo toglik kismida Sangzor va Zamin daryolari okadi. Kullarda tuz kon kuli bor. Yukoridagi daryolar sugorish manbasi xisoblanadi.
Tuprogi - buz tus tuprok bulib, pastki joyda och buz tus, yukorirokda tipik buz tuproklar uchraydi. Nam yakin erla utlok va botkok tuprok xam uchraydi. Tuprokda shurlanish darajasi yukoridir. Tekislikda chul tipidagi usimliklar, daryo buyida tukayzor, toglarda yovvoyi olcha, olma, archa va boshkalar usadi. Jizzax xududida Turkiston togining shimoliy yon bagrida 30 ming ga tog urmon kurikxonasi bulib, maydoni 10,5 km.kv. tashkil kilib, u erda urmonlar biologiyasini urganish, xayvon va usimlik turini saklab kolish buyicha katta ishlar kilinmokda.
Mirzachul xududida bir kator foydali kazilmalar topilgan.
1. Rangdor metallar
2. Kurilish materiallari
3. Bu rayonda shifobaxsh suvlar xam mavjud.
3. Axolisi va mexnat resurslari. Mirzachul iktisodiy rayonida 1603,0 ming kishi yashaydi. Axolisi 31,4 %, shaxarda 68,1 % kishlokda shaydi. Axolisi zichligi Jizzaxda 46,0 ming kishi, Sirdaryoda 132 ming kishigatugri keladi. Urbanizatsiya jarayoni past bulib, 31,4 % ni tashkil etadi. Mirzachulni uzlashtirishda Fargona, Toshkent, Samarkand viloyatlari katta yordam kuratgan. Xozirda deyarli mexnat
resurslari bilan ta`minlangandir.
Xujaligi. Bu ishlab chikarish majmuasi rayoni Uzbekistonning yirik rayonlaridan biridir. Bu erda paxtadan tashkari boshka kishlok xujaligi va sanoat tarmoklari xam rivojlanmokda. Xozir Mirzacho’l Respublika kishlok xujaligi maxsulotlarining 16 % ni beradi.
Sanoati. Endigina barpo bulayotgan sanoati mashinasozlik asosan kishlok xujaligi mashinalari, kurilish va yul texnikasini ta`mirlash bilan shugullanadi. Ular Jizzax, Guliston, Gagarin va boshka erlarda joylashgan.
Kimyo sanoati - Jizzaxda irrigatsiya va melioratsiya maksadlarida ishlatiladigan polietilen kuvurlar ishlab chikarish kimyo kombinati turli kimyoviy xom ashyolar, tuz konlari xisobiga kimyo sanoati rivojlanadi.
Kurilish materiallari ishlab chikarish sanoati. Bu tarmok ancha yaxshi tarakkiy etgan. Asosiy markazlari Jizzax va Yangi Erdir. Orzon va yukori sifatli material - silikat ishlab chikarish sanoati, sopol bloklar zavodi mavjud. Baxmal rayonida marmar zavodi va boshka kurilish korxonalari ishlamokda.
Engil va ozik-ovkat sanoati. Bu tez rivojlanayotgan sanoat tarmokdir. Birinchi kishlok xujaligi maxsulotlarini kayta ishlaydi. Paxta tozalash zavodi, tukimachilik korxonalari ishlab turibdi.
Mirzachul iktisodiy rayoni Uzbekistonning yirik markazlaridan xisoblanadi. Umumyi maydoni 777 ming.ga. bulib, shundan 513 ming ga er sugorib dexkonchilik kilinadi. Asosan paxta ekiladi. Bundan tashkari don, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ekiladi. Tog’li va tog’ oldi tekisliklarida meva va uzum etishtiriladi.

Download 46.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling