Kirish Nazariy qism a
Download 286 Kb.
|
Tirmashish va emaklash mashqlarini o‘tkazish metodlari
Tirmashish ko‘p martalab takrorlashlar jarayonida hosil qilinadigan murakkab shartli refleksdir. U muskullarning katta qismini ishga jalb qiladi va shu asnoda bolaning butun organizmi funksional faoliyatini kuchaytirishda, shuningdek, to‘g‘ri qaddiqomatning shakllanishiga yordam beradi. Tirmashib chiqish muskullarning navbatma-navbat qisqarishi va bo‘shashishi bilan xarakterlanadi. Bu harakat davomida sarflangan quvvatni tiklashga va jismoniy kuchni uzoqroq muddat namoyon qilishga imkon beradi. Tirmashish mashqlari harakatlar koordinatsiyasini yaxshilaydi, nafas olish va qon aylanish funksiyasini takomillashtiradi, modda almashinuvini oshiradi. Tirmashish siklli harakatlar tipiga mansubdir. Tirmashib chi- qish va tushish yugurishdagiga o‘xshash harakat elementlarining qisqa muddatli takroriga egadir: narvon zinapoyasiga har bir oyoqda tayanish va unda ikkala oyoqqa tayanib turishda qo‘l va oyoq navbatma-navbat harakatlantiriladi. Tirmashishda sikllarning to‘xtovsiz takrorlanib turishi gimnastika devorining balandligi bilan belgilanadi: 1–1,5–2 metr. Maktabgacha yoshdagi bolalar tirmashib chiqishning quyi- dagi turlarini egallaydilar: emaklab o‘tish, oshib o‘tish, oradan suqilib o‘tish, gorizontal va qiya tekislikda (polda, gimnastika skameykasida) to‘rt oyoqlab emaklash, tik devor (gimnastika devori), narvon, arqonli narvoncha, kanat va langarcho‘pga tir- mashib chiqish. Bola 8–9 oyligida egallaydigan to‘rt oyoqlab emaklashda tirmashishda bo‘lgani kabi orqa, qorin devori, oyoq va qo‘llar muskullari mustahkamlanadi. Bundan tashqari emaklashda oyoq, qo‘lga tayanish tufayli umurtqaga tushadigan og‘irlik kamayadi, bu bolaning o‘sish davri uchun juda muhimdir. Bunday mashqlar to‘g‘ri qaddi-qomatning shakllanishiga yordam beradi. Bolalar dastlab qorin bilan, so‘ng to‘rt oyoqlab, kaft va tiz- zalariga tayanib emaklaydilar. Tarbiyachi mashqlarni tobora murakkablashtirib boradi – gorizontal va qiya holatdagi taxta- da, so‘ng skameykada, xodada emaklashni taklif etadi. Bundan tashqari darvozachalardan o‘tish, shnur, darvoza tagidan o‘tish, xoda, skameykadan oshib o‘tishni mashq qiladilar. Bu mashqlar- dan so‘ng umurtqani to‘g‘rilash (rostlash) maqsadida bolalarga to‘pni otish va ilib olish, bayroqchani baland ko‘tarish va hoka- zolar taklif etiladi. Bola mustaqil harakat qila oladigan bo‘la olganda unga zich va tik holatdagi balandligi 1 metrli narvonga tirmashib chiqish topshiriladi. Tirmashish bola hayotining ikkinchi yilida shakllanadi. Tirmashish harakatlari tobora sikllilik kasb etadi, qo‘l va oyoq harakatlarining amplitudasi va harakati aniqlanadi. Dastlab bu ko‘rish anaS izatori, keyinchalik kinestetik analizatorlar bilan idora qilinadi. Yonma-yon qadam qo‘yish avval aralash, so‘ng esa navbatma-navbat tashlanadigan qadam bilan almashinadi. Hatto qiya narvonga tirmashishga o‘rgatishda almashinadigan qadamni ikki yoshli bolalarning faqat 20 %ida, 3 yoshlilarning 40 %ida shakllantirishga erishilgan, xolos. (M.Yu. Kistyakova va Z.S. Uvarova). Besh yoshda almashinuvchi qadam o‘z-o‘zidan o‘rgaSishsiz paydo bo‘ladi. Bu turdagi qadamdan 6–6,5 yoshdagi bolalarning ko‘pchiligi foydalanishi kuzatilgan. Biroq, 7,5 yoshli o‘g‘il bolalarning 40 % va qiz bolalarning 47 % narvonga chiqish- da va ayniqsa tushishda asosan qo‘shimcha qadamdan ko‘proq foydalangan holda aralash qadamni qo‘llaydilar. Bunda oyoq va qo‘llarning kesishma koordinatsiyasi yuzaga kelmaydi. Tir- mashib chiqishda tezlikning juda o‘sishi 5–5,5 yoshda kuzatiladi, chunonchi, o‘g‘il bolalar tezroq tirmashib chiqa oladilarva bu sifat ularda 7–7,5 yoshlarda yuqori darajaga yetadi. (A.D. Udalov). Maktabgacha yoshdagi kichik va katta bolalar uchun emaklash va tirmashishni mashq qilish, bolalarda harakatlar koordinatsiyasini tarbiyalaydi. Emaklash mashqlari qo‘llar kuchini, yelkani va gavdani rivojlantirishda ancha qulaydir. Bolalar bajonudil emaklaydilar va polda, skameykada, narvonda va boshqa jihozlarda bajariladigan harakatlarni o‘zlashtirib oladilar. Emaklash va emaklab o‘tish mashqlari ko‘pincha boshqa harakatlar bilan birgalikda bajariladi. Masalan, bolalarga parallel holda qo‘yilgan skameykadan emaklab o‘tish, tik turish, aylanish va skameykalardan hatlab o‘tish, orqaga qaytish yoki ikki yog‘och tortib qo‘yilgan arqon tagidan emaklab o‘tish, tik turish, yugurib kelib xuddi shu arqon ustidan sakrab o‘tish taklif qilinadi. Gimnastika skameykasi bo‘ylab emaklaganda bolalar skameyka chetini ushlab harakat qiladilar. Qiya qilib qo‘yilgan taxta ustidan harakat qilganda bolalar unga faqat emaklab chiqish bilan kifoyalanib qolmasdan, undan yana emaklab qaytib tushishlari ham kerak. Katta va tayyorlov guruh bolalari tizimli ravishda o‘rgatib borilganda, tirmashib chiqish mashqlarini tez bajara oladilar. Masalan: bu yoshdagi bolalar bilan arqonga tirmashish mashqla- rini o‘tkazganda, bola arqonga yaqin turib, ko‘tarilgan qo‘llari bilan arqonni ushlaydi, so‘ngra qo‘llariga osilib, tizzalaridan bukilgan oyoql arini yuqoriga tortadi va oyoq kaftlari bilan ar- qonga tayanadi. Oyoqlarini rostlab, gavda yuqoriga ko‘tariladi, tirsaklar bukiladi. Faqat shundan keyingina qo‘llarni navbati bilan bosh uzra harakatlantirilgan arqondan yuqoriga ko‘tariladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga uzoq muddat osilib turish tafsiya etilmaydi: bu muskullarning uzoq vaqt zo‘riqishiga, bo‘g‘im va bo‘g‘imlarning juda erta cho‘zilishiga olib keladi, asab tizimini toliqtiradi. Shunday bo‘lsa-da, 3 yoshdan boshlab turli balandlikdagi turnik, gimnastika devorida 1–1,5 sekund osilishdan foydalanish mumkin. Tirmashib chiqish jarayonida topqirlik, botirlik, chaqqonlik kabi irodaviy sifatlar tarbiyalanadi. Tayyorlov guruhida gimnastika devorchasining yuqori qismigacha chiqib, uning narigi tomoniga oshib o‘tishni ham o‘rganadilar. Emaklash va tirmashib chiqish malakasi harakatli o‘yinl arda takomillashtiriladi. Har kungi tirmashib chiqish mashqlari bolada zarur hayotiy ko‘nikma hosil qiladi va hara- katlar koordinatsiyasini tarbiyalaydi. Download 286 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling