Kirish Nazariy qism a


Download 286 Kb.
bet1/7
Sana22.06.2023
Hajmi286 Kb.
#1647824
  1   2   3   4   5   6   7



MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA VA OILADA ASOSIY HARAKAT MASHQLARI

  1. Kirish

  2. Nazariy qism

a) Yurish va yugurish mashqlarining turlari va ularni o‘tkazish metodlari
b) Sakrash mashqlarining turlari va ularni o‘tkazish metodlari

  1. Asosiy qism

a) Muvozanatni saqlash mashqlarining tavsifi
b Tirmashish va emaklash mashqlarini o‘tkazish metodlari
c) Uloqtirish mashqlarini o‘tkazish metodlari
IV. Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH

Asosiy harakatlarning ahamiyati. Inson o‘z faoliyatida foydalanadigan yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashish kabi turli hayotiy zarur harakatlarga asosiy harakatlar, deyiladi. Bu harakatlarning doimiy zarur komponenti muvozanatni his etishdir.


Asosiy harakatlar dinamik xarakterga ega. Ular ko‘p miq- dordagi muskullarni ishga soladi va barcha funksional jarayon- larni faollashtirib, organizmga yaxlit ta’sir etib, bolaning jismoniy rivojlanish va sog‘lomlashishiga yordam berib, butun organizmning hayot faoliyatini oshiradi.
Asab tizimining boshqarish faoliyati asosiy harakatlarning takomillashuvini belgilaydi. Ayni paytda teskari bog‘liqlik
– mashqlar ta’sirida asab tizimi faoliyatining takomillashuvi sodir bo‘ladi.
Asosiy harakatlarning rivojlanishi maqsadni ko‘zlab rahbarlik qilingan sharoitda bilish, irodaviy, emotsional, ruhiy tarbiyalash jarayonlari bilan bog‘liqdir.
Asosiy harakatlar bolada turlicha mo‘ljal olishni tarbiyalashga xizmat qiladi: fazoda – harakat yo‘nalishini, predmetlarning uzoqligini va joylashish o‘rnini, predmetlar o‘rtasidagi fazoviy nisbatlarni, ko‘z bilan mo‘ljallashni rivojlantirish; vaqtda – mashqlarni bajarish davomiyligi va uning ayrim fazalarining izchilligini, harakatlarni belgilangan yoki individual sur’atda bajarish; jamoa bo‘lib harakat qilish
chog‘ida mo‘ljal olish – barcha guruh saflanayotgan va qayta saflanayotganda, tarqalib harakat qilayotganda o‘z o‘rnini topish: birgalashib harakat qilayotgandagi turli vaziyatlarda mo‘ljal ola bilish. Ularning hammasi tashqi sharoitni hisobga olish va shu asosida bir maqsadda harakat qilishga yordam beradi.
Asosiy harakatlar estetik his-tuyg‘ularni tarbiyalashda
ham muhimdir: ular chiroyli, to‘g‘ri qomatning shakllanishiga, harakatlarning aniq, ifodali va uyushgan bo‘lishiga, jamoaviy harakat qila olishga va fazoda to‘la foydalanishga yordam beradi. Asosiy harakatlar siklik va asiklik turlarga bo‘lina oladi. Birinchi sikldagi harakatlarning xarakterli xususiyati butun gavda va uning alohida qismlari to‘xtovsiz ravishda dastlabki holatga (masalan, yurish, yugurish) qaytayotganda bir xil siklning doimiy bajarilishi bilan amalga oshiriladi.



Download 286 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling