Kirish Nazariy qism a


Download 286 Kb.
bet2/7
Sana22.06.2023
Hajmi286 Kb.
#1647824
1   2   3   4   5   6   7
Yurish mashqlarining turlari va ularni o‘tkazish metodlari

Yurish kishining siklik harakatiga mansub tabiiy siljish me- todlaridan biridir.


Aniq teri-muskul sezgilari, birinchi signal qo‘zqatuvchilari harakatning bevosita regulatori hisoblanadi. Har bir qadam tashlash paytida, ya’ni ikkala oyoq polga tekkanda muayyan vaziyat mavjud, bu oyoqni poldan uzib ikkinchisini qo‘yishga signal bo‘lib xizmat qiladi. Bu ikkala oyoq harakatini vaqt va fazoda to‘g‘ri almashtirib turishni boshqaruvchi signaldir.
To‘g‘ri yurish ko‘nikmasini shakllantiruvchi mashqlar- ning vazifasi bolada to‘g‘ri qomat, olg‘a qadam tashlash, gavda muvozanitini saqlashga, tovon gumbazining shakllanishiga yordam beruvchi qo‘l va oyoq harakatlari uyg‘unligini tarbiyalashdan iboratdir.
Oddiy olg‘a yurishda yerga oyoq tovoni bilan qo‘yiladi, so‘ng esa, gavda og‘irlik markazi oldinga ko‘chirilsa, og‘irlik tovondan asta-sekin oyoq uchiga o‘tadi. Bola yurgandako‘krak holatini kuzatib borish zarur: u oldinga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim; shuningdek, uning pastki qismidagi nafas olish harakatlariga xalaqit beruvchi to‘siqlarni bartaraf etmoq lozim. Bosh bunda oldinda turishi kerak, chunki bu holat to‘g‘ri nafas olishga yordam beradi. Yurishdagi jismoniy yuklama uning sur’ati va bunda sarf bo‘ladigan kuchga bog‘liq bo‘ladi. Yurishning odatdagi o‘rtacha, tetik sur’ati katta miqdordagi muskullarni faoliyatga jalb etadi va yurak-qon tomir hamda nafas olish tizimi faoliyatini kuchaytiradi, shu asosida modda almashinishining oshishiga yordam beradi. Yurish muskullarning faol ishlashiga qaramasdan muayyan miqdorlash sharoitida bolani toliqtirmaydi. Bu yurishning ritmikligi va avtomatizmi, muskullar ishida qisqarish va bo‘shashish vaziyatlarining almashinib turishi, asab tizimining optimal ishi bilan izohlanadi: bu vaqtda o‘ng oyoq ishlaydi va gavdaning butun og‘irligini ko‘tarib turadi, chap oyoq esa yerdan uzilib, mayatnik taxlit harakat qiladi va uning ishidagi ishtiroki kam bo‘ladi.
Sekinlashtirilgan sur’atda yuzaga keladigan osoyishta yurish faol harakatlar – yugurish, sakrash va hokazolardan keyin jismoniy yuklamaning asta-sekin pasayishiga yordam beradi, tezlashgan pulsni normal holatga keltiradi.
Bola o‘z hayotining birinchi yili oxirida yurishga o‘rgana boshlaydi. Bu yoshda va ikkinchi yoshda undagi harakatlar avtomatizmi va koordinatsiyasi hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Dastlab bola oyoqlarini keng yozgan holda yuradi: qo‘llarini yon tomonlarga, yuqoriga va oldinga uzatgan holda o‘z muvozanatini saqlaydi. Bu harakatlar muvozanatni saqlash bilan bog‘liqdir: tik turganda bola gavdasining og‘irlik markazi kattalarnikiga nisbatan yuqoriroqda joylashgan bo‘ladi, shuning uchun ham u osongina yiqiladi. Bola qadam tashlar ekan oyoqlarini to‘liq rostlay olmaydi (ular biroz tizzalardan va chanoqson bo‘g‘imlaridan bukilgan bo‘ladi). Oyoqlarni parallel yoki uchini ichkariga qaratib qo‘yadi. Bola yurayotib qadamini tovondan oyoq uchiga o‘tkazmasdan qo‘yadi, boshqacha aytganda, oyog‘ini yerdan to‘la uzadi. Ko‘pchilik bolalar yurganda yon tomonlarga tebranadilar, qo‘llarini gavdalariga yopishtiradilar yoki faqat bir qo‘l bilan harakatlanadilar, oyoqlarini poldan to‘liq uza olmaydilar (sudraydilar).
Bolalarda harakatlar sur’atining notekisligini ko‘ramiz: ular gohida tez yurib, deyarli chopib ketadilar, gohida qadamlarini sekinlatadilar. Bola ikki yoshga qadam qo‘yganida o‘zi uchun qulay bo‘lgan sur’atda yuradi. Uch yoshga qadam qo‘yganda barcha bolalarda oyoq va qo‘l harakatlarining uyg‘unligini ko‘ramiz; bolalar yurganda yo‘nalishga rioya qiladilar, yurishdan yugurishga o‘tadilar. To‘rt yoshga qadam qo‘ygan bolada yurishni shakllantirishning asosiy sharti maqsadga yo‘nalgan ta’limdir. Bu bolalar tomonidan yaxlit mashqlar metodi bilan to‘g‘ri yurish usullarini o‘rganish orqali o‘ziga xos o‘yin formasida amalga oshiriladi.
Bola besh yoshga qadam qo‘yganda (ayniqsa ikkinchi yarmida) ta’lim jarayonida asta-sekin to‘g‘ri qomat, qo‘l va oyoqlarni bemalol idora qilish, fazoni, yo‘nalish o‘zgarishini erkin mo‘ljalga olish ko‘nikmasini egallay boshlaydi.
Tarbiyachi bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda harakatlar sifatiga juda katta talablar qo‘yadi. Odatdagi to‘g‘ri yurish quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: gavda tik holatda tutiladi, yelkalar kerilgan, qorin chiqarilmaydi, bosh biroz ko‘tarilgan (yo‘lni ko‘rish nazorati oyoq ostidan 2–3 metr) bo‘ladi. Nafas ritmik holda burun yoki og‘iz orqali bir tekis olinadi. Barcha qadamlar bir xil, muayyan yo‘nalish va ritmda tashlanadi, qo‘l va oyoq harakatlari koordinatsiyasi to‘g‘ri bo‘ladi.
Avvalgi yosh guruhlarida egallangan yurish ko‘nikmalari mustahkamlanadi va takomillashtiriladi; tovonda yurishni oyoq uchida yurish bilan oyoqni yon tomonlari bilan yurishni ichki tomonlarida yurish bilan almashinib turadi va hokazo. Barcha bolalar endi boshlovchi bo‘la oladilar va fazoda tarbiyachi topshirig‘iga binoan va mustaqil mo‘ljal ola biladilar. Olti yoshga qadam qo‘ygan bolalarning yurishi birmuncha barqarorligi va sur’atining sekinligi, qadamining kattaligi bilan xarakterlanadi.
Tarbiyachi har bir bolaning qomatini tutishiga, oyoq va qo‘l koordinatsiyasiga, nafas olishni idora etishga rioya qilayotganligiga (3 qadamda chuqur nafas olinadi; 4 qadam yurib uzoq nafas chiqariladi), dadil, bir tekis yurish odatiga, uni o‘zgartirish malakasiga (tizzalarni bukmasligi, cho‘qqayib tizzalarni baland ko‘tarib, katta qadam tashlab tovonlarda yurish va hokazo) e’tibor berib boradi.
Yurishni takomillashtirish, shuningdek, yassitovonlikning oldini olish maqsadida qator maxsus mashqlardan foydalaniladi. Oyoq uchida yurish kichraytirilgan tayanch maydonchasida bajariladi va boldir hamda oyoq yuzasi muskullarining zo‘riqishini talab etadi va shu asnoda tovon gumbazini mustahkamlaydi. Bunday mashq kichik qadam tashlab qo‘llarini kamroq siltab yurishni taqozo etadi va umurtqa pog‘onasini to‘g‘irlashga yordam beradi. Oyoqning tashqi tomoni bilan yurish (“Maymoqoyoq ayiq”). Yarim bukilgan oyoqlarda munkayib yurish. Qovurg‘asimon narvonchaga oyoq barmoqlari bilan uning qirralarini ushlab oyoqyalang yurish. Tovondan oyoq uchida yurishga o‘tib harakat qilish.
Katta yoshda orqa, qorin va oyoq muskullarini mustahkam- laydigan, qo‘llarini kuchli siltashni talab qiladigan va yelka ka- marining rivojlanishiga, bog‘lovchi va bo‘g‘im apparatlarini mustahkamlashga yordam beradigan sonlarni baland ko‘tarib yurish qo‘llaniladi; epchillikni rivojlantiruvchi oyoqlarni chalishtirib yurish; oyoqlarni yonma-yon qo‘yib yurish qo‘llaniladi.
Bolalarga fazoda mo‘ljal olish, sur’atni, yo‘nalishni o‘zgar- tirish, predmetlararo turli saflanishga oid signallar bo‘yicha turli topshiriqli yurish; kichraytirilgan tayanch maydonida asta-sekin yuqoriga ko‘tarilib, shuningdek, turli balandlikda (ko‘prikcha, taxta, xoda) yurish. Bu muvozanat saqlash hissi, chidamlilik, ixchamlik, chaqqonlik harakatini tejash kabi xislatlarni tarbiya- laydi. Oyoq uchida bajariladigan, qo‘lni erkin siltab yuriladigan gimnastika yurishi ham qo‘llaniladi. Bunday yurish yelka kamari, qorin, oyoqlar, tovon muskullarini mustahkamlaydi.
Yetti yoshli bolalarga oqilona rahbarlik qilinganda yaxshi va erkin shug‘ullanadilar, to‘g‘ri qomatga, harakatlar koordina- tsiyasiga ega bo‘ladilar, turli sharoitlarga kirishib ketadilar va shuning uchun ham yurishning turli metodlaridan foydalana ola- dilar, uning texnikasini o‘zlashtirib oladilar. Yurishni takomil- lashtirish maqsadida ularga birmuncha murakkab mashqlar beriladi: cho‘qqayib yurish – oyoqlar tizzalardan bukilgan bo‘ladi, qadam tashlaganda oyoq uchidan tovonga o‘tiladi, so‘ng oyoq uchiga o‘tilib, yuzaga tiralib itariladi. Hamla qilib yurish – tizzadan bukilgan oyoq oldinga uzatiladi, yerga to‘la bosiladi va qadam tashlanganda rostlanadi; ikkinchi – orqada oyoq uchida turgan o‘ng oyoq bilan siltalanadi, qo‘llar erkin tutiladi. Bundan tashqari yetti yoshli bolalar ko‘zlarini yumib (qisqa qadam tashlab), orqa bilan oldinga (bu mashqlar paytida bola xavfsizligini ta’minlash zarur) yurishni mashq qiladilar. Yurishni mashq qilish dinamik streotipning hosil bo‘lishiga yordam beradi. Bu esa yurish vaqtida qomatni va qadam tashlashni belgilaydi.
Yurishni takomillashtirish maktabgacha bo‘lgan butun bo- lalik davri mobaynida davom ettiriladi. Yoshi ortib borishi bilan yurish ko‘nikmasini o‘zlashtirishning faqat sifat ko‘rsatkichi emas, balki miqdor ko‘rsatkichi ham o‘zgaradi: 4 yoshli bolalarda qadam uzunligi 39–40 sm dan 7 yoshga yetguncha 51
– 53 sm gacha uzayadi, shunga muvofiq qadamlar soni minutiga
170–180 tadan 150 tagacha kamayadi.

Download 286 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling