Kirish Nazariy qism a


Download 286 Kb.
bet5/7
Sana22.06.2023
Hajmi286 Kb.
#1647824
1   2   3   4   5   6   7
Asosiy qism
Muvozanatni saqlash mashqlarining tavsifi
Muvozanat saqlash hissi har qanday harakat va har qanday holatni saqlab turishning zarur doimiy komponentidir. Muvozanat saqlash hissining rivojlanishi kishi bosh miya po‘stlog‘i funksiyasining takomillashuvi bilan aloqadorlikda, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanatlashuvida, vestibulyar apparatning holati va o‘rin almashinuvidagi barcha o‘zgarishlarni baholashga yordam beruvchi muskul hissi bilan bog‘liqlikda asta- sekin kechadi.
Maktabgacha yosh davomida muvozanatni saqlash funksiyalarini rivojlantirish gavdaning ma’lum holatini (o‘tirgan, tik tur- gan, emaklash, keyinchalik yurishda ham) saqlashdan boshlab har qanday harakat va holatlarda gavdani barqaror tuta olishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Muvozanat saqlash funksiyalarini rivojlantirishda mashq qilish, jumladan jismoniy tarbiyaning xilma-xil vositalaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi statik va dinamik muvozanat yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar (T.I. Osokina) yosh o‘sgan sari muvozanat saqlash funksiyalarini ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarning yaxshilanib borishini ko‘rsatdi. Bu o‘rinda eng faol rivojlanish yoshda kechishi qayd etilgan.
Muvozanat saqlash gavdaning barqaror holatini saqlash vosi tasi sifatida diqqatning to‘g‘ri rejalanganligini, harakatlar koordinatsiyasini, muayyan sharoitlarda mo‘ljal olishni, ularga tez, to‘g‘ri javob qila olishni, botirli va o‘z-o‘zini tuta bilishni talab qiladi. Shuning uchun muvozanat saqlash mashqlari tez juda harakatchanlik bilan bajariladigan yugurish, sakrash va hokazo harakatlardan oldin o‘tkaziladi.
Muvozanat saqlash hissi kichraytirilgan tayanch maydonidagi mashqlar jarayonida hosil qilinadi va tekshiriladi. Bunda galdagi yiqilishdan saqlash, nojo‘ya harakatdan masalan, ensiz taxtacha, reyka ustidan yurish, oyoq uchida yurish, bir oyoqda turish, yugurishdan so‘ng to‘xtash va hokazolarda o‘zini tiyish talab etiladi.
Muvozanat saqlash mashqlari ilk yoshdan joriy etiladi. Ilk yoshdagi boladan parallel qo‘yilgan ikkita ip orasidagi cheklangan fazo (20-25 sm masofa) dan o‘tishda diqqat, muayyan harakat koordinatsiyasi, iroda kuchi, yo‘nalishga rioya qilish talab etiladi. Keyinchalik mashqlar murakkablashtiriladi:
bolalarga poldan 15-20 sm ko‘tarilgan taxta ustidan, qiya qilib qo‘yilgan taxtadan yurish, skameykaga qo‘yilgan predmetlardan hatlab o‘tish, skameyka bo‘ylab qarshidan kelayotgan bola bilan uchrashib, qaytish va hokazolar taklif etiladi.
Bu mashqlarning barchasi zarur muvozanat saqlash hissi, o‘z gavdasini idora qila olish, harakatlar koordinatsiyasini, chaqqonlik, vaziyatlarda mo‘ljal olish, o‘z vaqtida to‘g‘ri reaksiya ko‘rsatish sifatlarini hosil qiladi. Ijobiy natijalarga erishilgach, mashqlar yana ham murakkablashtiriladi: bolaga turli predmetlarni (savatcha, to‘p, xaltachani) boshda ko‘tarib yurish tavsiya etiladi: bola yurayotgan yuza tebratiladi (muayyan balandlikdagi tebranadigan yog‘och); bola, shnur, narvon yog‘ochlarda yuradi; to‘satdan to‘xtab, cho‘qqayib, gavdani har xil holatda tutib yuradi va hokazo. Bu mashqlarning barchasi o‘yinlar va mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi, shuningdek, kundalik turmushda foydalaniladi (bolalarning mustaqil faoliyatida).
Muvozanat saqlash hissi sport mashqlarida ham tako- millashtiriladi (muz yo‘lakda sirg‘alish, chang‘ida yurish, konkida uchish, ikki g‘ildirakli velosipedda, g‘ildirakli konkida yurish va boshqalar).



Download 286 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling