27-modda. Imo-ishora tili
O‘zbekiston Respublikasi imo-ishora tilini shaxslararo muloqot vositasi sifatida tan oladi. Imo-ishoralar tilining huquqiy maqomi va qo‘llanish sohasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab beriladi.
V. NOGIRONLAR MEHNATI
28-modda. Nogironlarning mehnat qilish huquqini amalga oshirishi
Nogironlarning ijodiy va ishlab chiqarish qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida hamda tiklanishning yakka tartibdagi dasturlarini hisobga olib, ularga mehnat sharoiti odatdagicha bo‘lgan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarda, nogironlar mehnati qo‘llaniladigan ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlash huquqi, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan hamda qonun bilan taqiqlanadigan o‘zgacha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi ta’minlanadi.
Nogiron bilan mehnat shartnomasi tuzishdan yoki xizmat yuzasidan uni yuqori lavozimga ko‘tarishdan bosh tortishga, ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan bo‘shatishga, nogironligi uchun uni o‘z roziligisiz boshqa ishga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra nogironning salomatligi bu kasb vazifalarini bajarishga monelik qilgan yoki nogironning yoxud boshqa kishilarning salomatligi va mehnat xavfsizligiga tahdid qilgan hollar bundan mustasnodir.
Nogiron o‘z mehnat qobiliyatini tiklaganidan keyin avvalgi ishiga yoki shunga teng ishga joylashish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |