29-modda. Nogironlarni ish bilan ta’minlash
Nogironlarni ish bilan ta’minlash maqsadida davlat idoralari nogironlarning kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalari ishtirokida korxonalarda, birlashmalar, muassasalarda va tashkilotlarda ishlovchilar sonining kamida 3 foizi miqdorida nogironlar uchun ish joylarini band qilib qo‘yish normalarini belgilaydi (kamida 34 kishi).
Nogironlar uchun ish joylarini band qilib qo‘yishni ta’minlamagan yoki ularni ishga joylashtirishdan bo‘yin tovlagan korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar davlat hokimiyati mahalliy idoralariga O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda nogironlarni ishga joylashtirish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun pul to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qarang.
Nogironlarning mehnatidan foydalanish uchun nogironlarning ehtiyojlarini va mahalliy xususiyatlarni hisobga olib, maxsus korxonalar, sexlar va uchastkalar barpo etiladi. Ko‘zi ojiz nogironlar sharoiti o‘zlarining imkoniyatlariga mos keladigan ishlab chiqarishlarda qatnashishda ustunlik huquqiga ega.
Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, korxonalar va birlashmalar uyda ishlovchi nogironlarga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati band bo‘lgan nogironlarga mazkur faoliyat uchun odam turmaydigan bino yoki xonalar ajratib berish, xomashyo sotib olish va mahsulotni sotishda zarur yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |