Kirish Oedogonialesning o'ziga xos xususiyatlari


Download 1.38 Mb.
bet3/9
Sana07.03.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1244745
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUNDARIJA

Ishning maqsadi: Mikologiya – botanikaning bir bo’limi. Zamburug’larning morfologiyasi, sistematikasi, biologiyasi, fiziologiyasini, biokimyoviy jihatlarini, ekologiyasini, geografiyasini, filogenezini, shuningdek, ularning tabiatda va odam hayotidagi ahamiyatini o’rganadi. Mikologiya fitopatalogiya, tibbiyot, veterinariya va boshqa fanlar bilan bog’liq.
Zamburug’lar haqidagi ma’lumotlar qadimdan ma’lum. Masalan, milodiy I asrda qadimgi yunon olimi Pliniy Katta zamburug’larning daraxt poyalari va to’nkalarida rivojlanishini yozib, ularni tasniflashga harakat qilgan. 1578-yil golland botanigi K. Klauzius 221 zamburug’ning rang tasviri berilgan atlas chiqargan.
Odatda, mikologiyaning rivojlanishi uch davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX asrning o’rtalarigacha davom etgan. Bu davrda har xil zamburug’larni tasvirlash va tasniflashga urinishlar bo’lgan. Ikkinchi davrda (XIX asrning o’rtasidan oxirigacha) zamburug’lar sistematikasiga oid ishlar bilan birga ularning ontogenezi va filogenezi ham o’rganilgan. Bu davrda fransuz olimlari aka-uka L. Tyulan va Sh. Tyulanlar unshudring, zang va qorakuya zamburug’lardagi pleomorfizm hodisasini, ya’ni bir tur zamburug’da turli xilda spora hosil bo’lishini aniqlashdi. Nemis botanigi A. de Bari parazit zamburug’larni eksperimental o’rganish, uning shogirdlari saprofit zamburug’larni ekish metodikasini ishlab chiqdilar. Rossiyada M. S. Voroninning parazit zamburug’lar ustida qilgan ishlari muhim ahamiyat kasb etdi. Uchinchi – yangi davrda zamburug’lar fiziologiyasi va biokimyosi rivojlantiriladi. Nemis olimi G. Klebsning zamburug’lar ontogenezi ustidagi ishlari katta rol o’ynadi. Mikologiyada sitologik usul keng joriy qilindi. Zang zamburug’lar morfologiyasi, sitologiyasi, ularning parazit zamburug’lar bilan o’zaro aloqalari hamda parazit zamburug’lar va ular bilan kasallangan o’simliklar fiziologiyasi chuqur o’rganildi. Zamburug’lar, ayniqsa, aktinomitsetlar rolining oshishi tufayli ko’p mamlakatlarda, shuningdek, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi laboratoriyalarida ularni o’rganish keng yo’lga qo’yildi.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling