Kirish Oedogonialesning o'ziga xos xususiyatlari
Achitqi zamburug‘larining ko‘payishi
Download 1.38 Mb.
|
MUNDARIJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mogor zamburuglari. Achitqilar
Achitqi zamburug‘larining ko‘payishi. Achitqi zamburug‘lari vеgеtativ – kurtaklanish, bo‘linish va sporalar hosil qilish yo‘llari yordamida ko‘payadi.
Kurtaklanib ko‘payishda ona hujayrada bir yoki bir nеchta kurtaklar hosil kiladi. Bu kurtaklar o‘sib ma‘lum o‘lchamga yеtgandan so‘ng ona hujayradan ajraladilar. Ajralgan yangi hujayra qiz hujayra dеyiladi. Kurtaklanishda yadro ikkiga bo‘linadi. Yangi hosil bo‘lgan yadroning bittasi hujayraning sitoplazmasi va boshqa organoidlari bilan yosh hujayraga o‘tadi. Ayrim achitqi zamburug‘larida qiz hujayra ona hujayradan ajralmay yolg‘ondakam micеlliya hosil qiladi. Qulay sharoitlarda kurtaklanish 2 soat davom etishi mumkin. Achitqi zamburug‘larining ayrimlari (Schizosaccharomyces) bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Bunda hujayra ikki qiz hujayraga bo‘linadi. Bo‘linish yadroning tеng ikkiga bo‘linishi bilan boshlanadi. Shundan so‘ng hujayra o‘rtasidan ikki chеtiga qarab hujayra dеvori va sitoplazmatik mеmbranasi o‘sa boshlaydi. Achitqi zamburug‘lari jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Bu jarayon ikki hujayraning birlashishi yoki konygaciyasi bilan boradi. Oldin ikkala hujayra o‘simta hosil qiladi. Bu o‘simtalar birlashib konygacion kanalni hosil qiladi. Shu kanal orqali hujayralar organoidlari birlashadi. Hujayralar yadrolari ham yaqinlashadi va shundan so‘ng birlashadi. Urug‘langan yadro ikki yoki uch marta bo‘linadi. Natijada to‘rtta yoki sakkizta askospora hosil bo‘ladi. Bunda hujayra sumkaga aylanadi. Askosporalar noqulay sharoitga – yuqori harorat va quruqlikka chidamli bo‘ladi. Askospora nojinsiy yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Bunda hujayra yadrosi 2-3 marta bo‘linadi. Yadroning bu bo‘lingan qismlari hujayra dеvori bilan qoplanadi va askosporaga aylanadi. Bu askosporalar jinsli hujayralar hisoblanadi. Ular jinsiy jarayonda juft-juft bo‘lib birlashadi va zigota hosil qiladi. Zigota jinssiz yo‘l – kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi (rеdukcion bo‘linish). Mog'or zamburug'lari. Achitqilar Ma’lumki, non yoki kesilgan ho‘l meva issiq va nam joyda qoldirilsa, 2-3 kundan keyin ularni po‘panak bosadi. Buni xalq orasida «mog‘or bosdi» ham deyishadi. Ana shu po‘panak mog‘or zamburug‘ining vegetativ tanasidir. Agar buyum oynasidagi suv tomchisiga nina bilan ana shu po‘panakdan kichik bir bo‘lakcha qo‘yib mikroskop ostida ko‘rilsa, uning iplardan tashkil topganligi aniq ko‘rinadi. Zamburug‘ning vegetativ tanasi bitta katta hujayradan iborat. Po‘panak zamburug‘i yaxshi sharoitda jinssiz ko‘payadi. Bunda zamburug‘ning vegetativ tanasidan shoxlanmagan gifa (sporangiyband) tik ko‘tarilib chiqadi. Sporangiy bandning uchida sharsimon bo‘rtma – sporangiy hosil bo‘ladi. Sporangiy ichida esa sporalar shakllanadi. Bir zamburug‘da bir necha o‘nlab sporangiy, bir sporangiyda esa o‘n mingdan ortiq spora yetishadi. Sporangiy voyaga yetgach (ichidagi sporalar tayyor bo‘lgach) qoramtir rangga kiradi.Sporangiyda yetilgan sporalardan qulay sharoitda yangi mitseliy hosil bo‘ladi.Jinsiy yo‘1 bilan ko‘payishda har xil tupdagi zamburug‘dan chiqqan gifalarning uchi bir-biri bilan tutashadi va undan zigota hosil bo‘ladi. U tinim davrini o‘tgach, o‘sib chiqadi va sporangiy hosil qiladi.Po‘panak zamburug‘i oziqlanish usuli jihatidan xuddi bakteriyalar singari, saprofit oziqlanadi. Shuning uchun ham uning hayoti uchun yorug‘likning hojati yo‘q. U qorong‘ida ham yashayladi, lekin namlik va issiqlik bo‘lmasa yashay olmaydi Mahsulotlar mog‘orlamasligi uchun sovutgichlarda saqlanadi.Mog‘or zamburug‘lari orasida foydalilari ham bor. Ularning ba’zilaridan (masalan, penitsill zamburug‘idan) qimmatli dori – penitsillin olinadi. Boshqa mog‘or zamburug‘larida o‘simlik va hayvonlarning o‘sishini tezlatishga, chorva mollarining mahsuldorligini oshirishga yordam beradigan moddalar bor. Ana shu moddalar mol va parranda ovqatiga qo‘shib berilsa, buzoqlar va jo‘jalar tez o‘sadi. Shunday qilib, zamburug‘larning o‘sishi uchun harorat, namlik va oziq zarur. Qulay sharoitda ular vegetativ (jinssiz) yo‘1 bilan ko‘payadi. Achitqi zamburug‘lar Turish (achitqi) aralashtirib qorilgan xamir iliq joyga qo‘yilsa, ma’lum vaqt o‘tgach u ko‘pchib chiqadi. Bu holatga xamirning oshishi deyiladi. Oshgan xamirdan yopilgan non yumshoq va sifatli bo‘ladi.Xamirning oshishi, unga qo‘shilgan turishdagi achitqi zamburug‘lar faoliyatiga bog‘liq.Achitqi zamburug‘i bir hujayrali mikroskopik organizmdir. Uning hujayrasi qobiq bilan o‘ralgan sitoplazma, mag‘iz va vakuoldan tashkil topgan. Achitqi zamburug‘i xamir tarkibidagi kraxmal moddasi bilan oziqlanadi va uni parchalab, spirt bilan karbonat angidrid gaziga aylantiradi. Hosil bo‘lgan gaz pufakchalari og‘ir xamir massasini ko‘tarib chiqadi, xamir oshadi. Natijada xamir g‘ovak va yengil bo‘lib qoladi. Achitqi zamburug‘lar yaxshi sharoitda juda tez, kurtaklanib ko‘payadi. Bunda zamburug‘ hujayrasi ustida bo‘rtma hosil bo‘ladi va u o‘sib kattalashadi, so‘ngra ona hujayradan ajralib chiqib mustaqil yashaydi. Achitqi zamburug‘ning ba’zi turlarida ko‘payish jinsiy yo‘1 bilan boradi. Bunda zamburug‘ning ikkita hujayrasi bir-biri bilan qo‘shilib zigota hosil qiladi, so‘ng zigota ichidagi borliq bo‘linib, 4 yoki 8 ta spora hosil qiladi. Bu sporalardan mustaqil achitqi zamburug‘i hosil bo‘ladi.Achitqi zamburug‘larining ishtirokisiz non yopib, pivo tayyorlab bo‘lmaydi. Respublikamizda non zavodlari, pivo zavodlari, novvoyxonalar va uy sharoitida non yopish ehtiyojini ta’minlash uchun zavodlarda achitqilar (turishlar) tayyorlanadi.Achitqilar – achitqi zamburug‘larining to‘plamidir. Quritilib, taxtakachlangan achitqi zamburug‘lari sovuqda ko‘paymaydi, lekin uzoq vaqtgacha tirik turadi. Achitqini shakar eritmasiga solib, iliq joyga qo‘yilsa undagi zamburug‘lar darrov jonlanib, haddan tashqari tez ko‘paya boshlaydi. Shunday qilib, achitqi zamburug‘lari xalq xo‘jaligida va turmushda keng qo‘llaniladi. Bu sinf zamburug’larning 30 000 dan ortik yoki xozirda ma’lum bo’lgan zamburug’larning 30% ini O’z ichiga oladi. Ular tuzilishi, hayoti va oziqlanishiga ko’ra, nihoyatda turli-tumandir. Mazkur sinfga bir hujayrali kurtaklanuvchi turush zamburug’i hamda meva tanalari, shakli, tuzilishi va katta-kichikligi jihatidan mikroskopik mayda va ayrim xollarda 10-20 sm kattalikdagi zamburug’lar kiradi. Lekin bu turli-tuman zamburug’lar kelib chiqishining umumiyligi va uxshash belgilari buyicha bir sinfga birlashtirilgan. Askomitsetlarning asosiy sistematik belgisi jinsiy jarayon natijasida spora beruvchi xaltachalar - askolarning hosil bulishidir, har bir xaltacha ichida 8 ta askospora bo’ladi. Xaltali zamburug’larda rivojlanish siklining keng tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat: Xaltada hosil bo’lgan spora unib ko’p yadroli yoki bir hujayrali mitseliyni hosil qiladi. Bu zamburug’ning aksariyat qismida vegetativ tana substrat yoki xo’jayin o’simlik ichida bo’ladi. Ularning vegetativ tanasi bir yoki ko’p yadroli hujayralardan iborat gaploid mitseliylardan tashkil topgan. Zigomitsetlardan farkli ravishda aksomitsetlarda mitseliylardagi tusiklar ma’lum tartibda, yadroni bo’linishi bilan sixron ravishda hosil bo’ladi. Askomitsetlarning ko’pchiligida jinsiy jarayon gametalarga defferensiyalashmagan erkaklik va va o’rg‘ochilik jinsiy organlarining suyuligini biridan ikkinchisiga kuyilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunday holda ularning faqat plazmalari kushiladi, erkaklik va o’rg‘ochilik organlarining yadrolari kushilmaydi, balki bir-biri bilan yakinlashib, juft yadrolar - dikarionlarni hosil qiladi. Dikarionlar joy olgan o’rg‘ochilik jinsiy organlaridan askogen iplari hosil bo’ladi. Dikarionlar askogen gifalariga utib, sinxron ravishda ko’paya boshlaydi. Askogen gifada dikarionlar urtasida kundalang tusiklar hosil bo’ladi va har bir hujayra O’zining kush yadrosiga ega bo’ladi. Askogen gifalarining uchida ikki yadroli hujayralardan ancha murakkab yul bilan xalta (asko) hosil bo’ladi. Boshlangich xaltani aks ettirgan bu hujayrada jinsiy jarayonning ikkinchi boskichi kariogamiya amalga oshadi, ya’ni yadrolar O’zaro kushiladi. Hosil bo’lgan diploid yadro uch marta bulinib, sakkizta gaploid yadro hosil qiladi. Yadrolar atrofida sitoplazma shakllanadi va shu bilan xaltali sporalar hosil bulishi poyoniga yetadi. Askomitsetsimonlar odatda ikkita kenja sinfga bo’lib urganiladi. Meva xaltachalilar yoki chin xaltachalilar Carpoascomicetes chin xaltachalilar Euascomycetes kenja sinfi . Bu kenja sinf vakillari uchun askogen gifalarining oxirida ko’p sonli meva tanalarining hosil bulishi xarakterlidir. Meva xaltachalilar kenja sinfiga askomitsetlarning askariyat qismi mansub bo’lib, ularning hayot tarzi spora hosil qilish shakli va jinsiy jarayonning turli-tumanligi bilan fark qiladi. Meva xaltachalilar tanalarining shakli va unda xalta chalarning joylashishiga qarab quyidagi xillarga bo’linadi. Kleystokarpiy - yopik meva tana bo’lib, odatda yumaloq shaklda. Xaltachalar meva tananing ichida joylashgan. Askospo ralar pishib yetilishi bilan meva tana yirtilishi yoki parchalanishi natijasida tashqariga chikariladi. Peritetsiy - (Kleystotetsiy) - Noksimon oval yoki yumaloq shakldagi meva tana. Uning bir tomonida maxsus ingichka tirkish mavjud. Yopik xaltachalar sporalarni shu tirkish orqali tashqariga chikaradi. Apotetsiy - yumaloq kosa shaklidagi ochiq sorali meva tana. Sporali xaltachalar uning ustida erkin joylashgan va osonlik bilan tarkaladi. Meva xaltachalilar kenja sinfiga 20 000 ga yakin zamburug’ turi mansub. Ularning meva tanasining shakli, tuzilishi va hayot xususiyatlariga qarab quyidagi qabilalarga bulish tavsiya qilinadi. Qalpoqchali zamburug‘lar Erta bahorda respublikamiz bog‘larida, to‘qaylarida, daryo bo‘ylarida, adir va tog‘ etaklarida to‘p-to‘p bo‘lib foydali (iste’mol qilinadigan) va zaharli zamburug‘lar chiqa boshlaydi.O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan qalpoqchali zamburug‘lardan biri qo‘ziqorindir.Qo‘ziqorinning mevatanasi yirik, bo‘yi 10-20 sm, ichi bo‘sh bo‘lib, qalpoqcha va oyoqchadan iborat. Qalpoqchasining ustki tomoni qo‘y qornining ichki tomoniga o‘xshash katakchalarga bo‘lingan, cheti esa oyoqchasi bilan birlashgan holda o‘sadi. Qalpoqchadagi katakchalar ichida sporalar yetishadi.Qo‘ziqorinlar chirindiga boy tuproqda yashovchi saprofit zamburug‘lardir. Ularning ko‘p yillik vegetativ tanasida yoz faslida oziq moddalar to‘planadi va kuzdan boshlab mevatanacha hosil bo‘ladi. U faqat kelgusi yilning ko‘klamida tuproq nami ketmasdan o‘sib, yo‘g‘onlashib, kattalashadi, so‘ngra bahorning yog‘inli va iliq kunlarida yer betiga chiqadi va sporalarini sochadi.Qo‘ziqorin va qo‘zidumbalarning bahorgi mevatanasi iste’mol qilinadi. Qo‘zidumba issiqxonalarda ham o‘stiriladi. U sporasi ungandan so‘ng, qirq kunda yetiladi.O‘zbekiston tekisliklarida qalpoqchali zamburug‘larni faqat bahorda uchratish mumkin, chunki bu yerlar yozda ular uchun haddan tashqari quruqlik qiladi. Ular apreldayoq yo‘qolib ketadi, tuproqda esa faqat sporalari qoladi.Tog‘larimizdagi o‘rmonlarda xilma-xil qalpoqchali zamburug‘lar o‘sadi. Bu yerlarda ular uchun qulay sharoit bor: tuproqda nam yetarli, chirindi ko‘p, yorug‘lik kam, yozda harorat uncha baland bo‘lmaydi.Qalpoqchali zamburug‘lar orasida zaharlilari ham bor. Tuproq chirindisi ko‘p va doim zax bo‘ladigan yerlarda, go‘ng uyumlari ustida zamburug‘lar uchraydi. Go‘ng zamburug‘ining mevatanasi uzun, oyoqchasi ingichka va tepasi cho‘qqaygan yupqa qalpoqchadan iborat. Qalpoqchasining ostki tomoni, sporalarining ko‘pligidan qop-qora bo‘lib ko‘rinadi. Sporalar yetilishi bilan zamburug‘ning mevatanasi yumshaydi va undan quyuq qora siyohga o‘xshash suyuqlik toma boshlaydi. Shuning uchun go‘ng zamburug‘i «siyoh» zamburug‘i deb ham ataladi. Parazit zamburug‘lar Bakteriyalar orasida bo‘lganidek, zamburug‘lar orasida ham parazitlari bor. Parazit zamburug‘lar tirik organizm to‘qimalarida yashab, undagi organik moddalar bilan oziqlanadi va tirik organizmni kasallantiradi. Odamlardagi mikoz va mikotoksikoz kasalliklari, ko‘pchilik teri kasalliklari, o‘simliklardagi vilt va qorakuya kasalliklari shular jumlasidandir.Vilt kasalligi. Ushbu kasallikni vujudga keltiruvchi zamburug‘ vertitsilium ayniqsa paxtachillkka katta zarar keltiradi.Vilt – inglizcha so‘z bo‘lib, «so‘lish» degan ma’noni bildiradi.Vertitsilium zamburug‘i orqali kasallangan g‘o‘za bargi sekin-asta sarg‘ayadi, so‘ng qurib to‘kiladi. Xalq orasida bu kasallik oqpalak deb yuritiladi. G‘o‘za tanasini egallagan zamburug‘ faoliyati natijasida u o‘sishdan, rivojlanishdan to‘xtaydi va nihoyat quriydi. Agar kasallangan g‘o‘za poyasidan kesib olib mikroskop ostida qaralsa, poyaning yog‘och qismi qo‘ng‘ir tus olgani va undagi naylar ichida vertitsilium zamburug‘ining ipchalari (gifalari) borligi aniq ko‘rinadi. G‘o‘zaga zamburug‘ tuproqdan o‘tadi. Chunki vaqtida yig‘ishtirib olib, yoqib yuborilmagan kasal g‘o‘zapoya dalada chiriydi va undagi zamburug‘ sporalari tuproqda qoladi. Kelgusi yil bahorda bu sporalar o‘sadi va uning ipchalari ildiz orqali g‘o‘zaning o‘tkazuvchi to‘qimasiga o‘tadi.Vilt kasalligiga qarshi kurashish asosan turpoqqa yaxshi ishlov berish va to‘g‘ri o‘g‘itlash bilan birgalikda olib boriladi. Kasallangan o‘simliklar tezlikda ekinzordan olib chiqib yo‘qotiladi. Paxta terib bo‘lingandan so‘ng, dala tezlikda g‘o‘zapoyadan tozalanadi. Chigitni ertaroq ekishga harakat qilinadi. Chunki ertaroq unib chiqqan g‘o‘za nihollari zamburug‘ sporasi o‘sguncha o‘zini tutib oladi.Qorakuya zamburug‘i arpa, bug‘doy, suli kabi o‘simliklarni zararlash hollari uchrab turadi. Boshoqning qoraligi qorakuya zamburug‘ining o‘simlik guliga joylashib olganidan darak beradi. Qorakuya bilan kasallangan o‘simlik boshog‘ida don mayda va nimjon bo‘ladi yoki kasallangan boshoqlardagi urug‘lar butunlay rivojlanmaydi. Qorakuya zamburug‘ining sporalari qop-qora bo‘lib yetilgach, o‘zi o‘sgan boshoq ustini qoplab oladi. Shuning uchun ham qorakuya zamburug‘i bilan kasallangan o‘simliklarning boshog‘i xuddi kuyganday ko‘rinadi, zamburug‘ning sporalari shamol bilan tarqaladi. Agarda qorakuya zamburug‘i sporasi yopishgan don ekilsa sporadan hosil bo‘lgan mitseliy shu urug‘dan o‘sayotgan nihol tanasiga kirib o‘sadi va gulining tugunchasiga yetib boradi. Qorakuya sporalarini yo‘qotish uchun ekiladigan urug‘lar kimyoviy moddalar bilan ishlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, parazit zamburug‘lar o‘simlik va hayvon organizmida parazit holda yashab xilma-xil kasalliklarni yuzaga keltiradi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling