Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet19/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

Sana:__________________________
Mavzu: Sintaksis va Punktuatsiya
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: Sintaksis va Punktuatsiya haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, bahs-munozara
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
Savollarga javob bering
1.«O'zbekiston - mustaqil davlat». Bu gapning oxirida nima uchun nuqta ishlatiladi?
2.So'roq belgisining ishlatilishiga misollar keltiring.
3.Undov belgisi qanday gaplarda ishlatiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. Quyidagi so'zlarni bir-biriga bog'lab gap tuzing.
O'zbekistoi buyuk, kelajak, davlat. Gap tuzish uchun nimalar qilganingizni ayting.
2-topshiriq. Yaxshi, kitob o'qi. Yaxshi kitob o'qi.
Yuqoridagi jumlalar bir-biridan nimasi bilan farq qilayotganini ayting. Tinish belgisining fikrni to'g'ri ifodalashdagi ahamiyatini tushuntiring.
Ma'lum bir fikrni ifodalash uchun so'zlarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bir-biriga bog'lab, gap tuzamiz.
So'zlarning bir-biriga bog'lanishi, gap va uning turlarini o'rgatadigan tilshunoslik bo'limiga sintaksis, tinish belgilari va ularni yozma nutqda to'g'ri qo'llash yo'1-yo'riqlarini o'rgatuvchi tilshunoslik bo'limiga esa punktuatsiya deyiladi.


56-mashq. Gaplarni o'qing. Tinish belgisi bilan bog'liq holda gaplar ma'nosidagi farqni tushuntiring.

T/r







1.

Bu gaping yomon, bo'lmadi.

Bu gaping yomon bo'lmadi.

2.

Sen katta, bola emassan.

Sen katta bola emassan.

3.

Ona aziz, farzandiga yelni ham ravo ko'rmaydi.

Ona aziz farzandiga yelni ham ravo ko'rmaydi.

4.

To'g'ri, yo'llarda ham mashaqqat bor.

To'g'ri yo'llarda ham mashaqqat bor.



58-mashq.
Maktabdagi hayotingiz bilan bog'liq 4 ta gap tuzing. Gapdagi so'zlarning o'zagini aniqlang. So'zlar gapda nimalar yordamida bog`lana yotganini tushuntiring. Gap bo'laklarining joylashishiga diqqat qiling.


58-mashq. Berilgan gaplarning ma'nosini tinish belgisini qo'yish bilan o'zgartiring. Har bir gapni o'zgarguncha va o'zgargandan keyin o'qing hamda ohangiga e'tibor qarating.



T/r







1

Sobir akam keldi.

Sobir, akam keldi.

2

Yaxshi bolalar vaqtini bekor o'tkazmaydi.

Yaxshi, bolalar vaqtini bekor o'tkazmaydi.

3

Xona katta kishilarga yoqdi.

Xona katta, kishilarga yoqdi.

4

Akam kecha kelgan mehmonlarni o'zi kutib oldi.

Akam kecha kelgan, mehmonlarni o'zi kutib oldi.

5

Gullar chiroyli stolni bezab turibdi.

Gullar chiroyli, stolni bezab turibdi.

6

Ajdodlarimiz ulug` temuiylaga borib tutashadi.

Ajdodlarimiz ulug`, temuriylaga borib tutashadi.



59-mashq.Gaplar tuzing, vergulni o'zgartirish orqali yangi gaplar hosil qiling
Namuna: Havo sovuq emas, issiq. Havo sovuq, emas issiq.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1.Sintaksis nimani o'rganadi?
2. Punktuatsiya tilshunoslikning qanday bo'limi?
3. Sport, tinchlik, elchi so'zlarini bog'lab, gap tuzing. Qanday tinish belgilaridan foydalanganingiz sababini ayting.
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga topshiriq. 60-mashq
«Saxiy kuz keldi» mavzusida kichik hikoya tuzing. Unda ishlatilgan tinish belgilarini izohlang.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova

Ona tili



5-“A” “B” -sinf
15.Sana:__________________________
Mavzu: Gap
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: Gap haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, bahs-munozara
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

1

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1.Sintaksis nimani o'rganadi?
2. Punktuatsiya tilshunoslikning qanday bo'limi?
3. Sport, tinchlik, elchi so'zlarini bog'lab, gap tuzing. Qanday tinish belgilaridan foydalanganingiz sababini ayting.
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq.
1. Gulzor, gul, ter. 2. Gulzordan gul teraman.
Birinchi qatordagi uchta so'z bilan ikkinchi qatordagi so'zlar nimasi bilan faq qilishini ayting.
2- topshiriq. Vatanni sevish to'g'risida maqol ayting. Tarkibida nechta so`z borligini aniqlang.
Siz yangi bir ertakni eshitdingiz. Uni o'rtoqlaringizga aytib bermoqchisiz. Ana shunda nima qilasiz? O'zingiz mansub bo'lgan tilning qonun-qoidalari asosida so'zlarni qo'shib hosil qilingan gaplardan foydalanasiz. Demak, nutqimiz gaplardan iborat bo'ladi. Masalan: 1.Baliqchi chol oltin baliq ushlab olibdi. 2. Sevinibdi. Bularning har ikkisi gap, lekin birinchisi bir necha so'zdan, ikkinchisi esa faqat bitta so`zdan tashkil topgan. Ularning har ikkisi uchun muhim narsa kesimning mavjudligi, tugallangan ohang bilan aytilishi va fikr ifodalashidir.Ana shu belgisi bilan gap so'z va so'z birikmasidan farq qiladi.

Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling