Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


-mashq Gaplarni o'qing, ularning tarkibidagi kirish so'zlarni topib, qanday ma'no anglatayotganini ayting


Download 455.49 Kb.
bet75/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

182-mashq Gaplarni o'qing, ularning tarkibidagi kirish so'zlarni topib, qanday ma'no anglatayotganini ayting.
Bunday paytlarda odamlar yordamga kelishmasa, nozlik niholchalarning ko'pchiligi nobud bo'lib ketishi mumkin-ku, axir! Nahotki, nahotki, shunday bo'lsa! Axir, ular tog' bag'ridagi sersuv, bahavo adirlarda maza qilib o'sishayotgan edi, o'z hollariga qo`yib berishganda, bu yerlarga majburan ko'chirib kelishmaganda, qanday soz bo'lardi-ya!
(X. To'xtaboye)
MUSOBAQA: Uch guruhga bo'lining. Birinchi guruh albatta, ikki guruh shubhasiz, uchinchi guruh ehtimol kirish so'zlari ishtirokida 3 tadan gap yozsin. Qaysi guruh birinchi bo'lib topshiriq bajarar ekan?

T/r

Albatta

Shubhasiz

Ehtimol

1.










2.










3.










IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?
2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?
3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?
4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?
5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
6.Undalma deb nimaga aytiladi?
7.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.
8.Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?
9.Undalmalarning gapdagi o'rni haqida so'zlab bering.
10.Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga topshiriq. 184-mashq.Ushbu boshqotirmaga berkitilgan kirish so`zlarni toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.




M










X

U

L

L

A

S




D







S




E




A

M

L

A

A

F

S

U

S

K

I




N


Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova

Ona tili



5-“A” “B” -sinf
Sana:_______________________
Mavzu: Kirish so`zlarning gapdagi o`rni
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: kirish so`zlarning gapdagi o`rni haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarga mehr-oqibat, o’z Vatanidan faxrlanish, vaqtdan unumli foydalanish, yuksak maqsadlar sari intilish tuyg’ularini singdirish;
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarda topqirlik, fikrlash, zukkolik fazilatini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, “Aqliy hujum” , “Raqamlar tilga kirganda”, test
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

5

2

Takrorlash

8

3

Yangi mavzu bayoni

10

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

17

5

O`quvchilarni baholash

3

6

Uyga vazifa

2

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash. “Aqliy hujum” metodi orqali guruhlarga savollar beriladi.
1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?
2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?
3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?
4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?
5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
6.Undalma deb nimaga aytiladi?
7.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.
8.Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?
9.Undalmalarning gapdagi o'rni haqida so'zlab bering.
10.Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq.. Albatta, shubhasiz so'zlarini gapning turli o'rinlarida keltiring. Qanday tinish belgisi qo'yganingizni tushuntiring.
2-topshiriq.So'zsiz, demak, xullas so'zlari ishtirokida gaplar tuzing, kirish so'zlarning gapdagi o'rnini belgilang.
Kirish so'zlar gapning turli o'rinlarida qo'llanila oladi. Yozuvda gap boshida kelganda kirish so'zdan so'ng, o'rtasida kelganda kirish so'zning har ikki tomonidan, gap oxirida kelganda esa kirish so'zdan oldin vergul qo'yiladi.
185-mashq. Gaplarni ko'chiring, kirish so'zlarning turli o'rinlarda kelayotganiga diqqat qiling. Ular gapning ma'nosiga ta'sir ko'rsatadimi yo'qmi?
1.Mayli, qo'shiq ayta qolinglar, -debdi Tulki. (Ertakdan) 2.To'g'ri, endi uni - o'ng qo'limni oz-oz ishlatyapman-u, ammo tuzukroq xat yozishga yaramaydi. (Hakim Nazir) 3. Bu ariqlarning suvlari allaqachon, aniqrog'i, bundan to'rt yillarcha oldin qurib qolgandi. fk ln'Maboyev) 4. Bizni do'stimiz sog'insin, albatta. (K. Turdiyeva)
186-mashq. Gaplarni o'qing, kirish so'zlarni topib ularni izohlang.
Xalqimizda «Kuch - bilimda!» degan gap bor. Albatta, to'g'ri. Bilimsiz odam hech narsaga erisholmaydi, aksin- ,„. hayotda yutqazadi. Ayniqsa, hech narsa o'qimaydigan, johil kimsalar faqat bugunini o'ylab, hayotdan orqada qoladi. Shu bois, bilim olishga astoydil kirishmoq darkor! Orzularga erishishning yagona yo'li shu.
(Gazetadan)
87 mashq. Quyidagilarni yodingizda tuting.

T/r

Kirish so’zlar

Kirish so’zlarning ma’nosi

1.

Albatta, shubhasiz, darhaqiqat

Fikrning to’g’riligini bildiradi.

2.

Ehtimol, balki, shekilli

Gumonni anglatadi.

3.

Xullas, demak

Yakuniy fikrni bildiradi.

4.

Avvalo, birinchida

Tartibni anglatadi



Bu so'zlar ishtirokida gaplar tuzib, kirish so'zlarning gap ma'nosiga ko`rsatayotgan ta'sirini aniqlang.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar ustida ishlash. Bunda „Raqamlar tilga kirganda“ metodidan foydalanamiz. 3 ta guruhdan 3 ta o’quvchi parta oxiriga boradi. Berilgan savollarga to’g’ri javob uchun 1 qadam oldinga yuradi. Qaysi o’quvchi 1-bo’lib doskaga yetib kelsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi.
1. Kirish so’z deganda nimani tushunasiz?
2.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?
3.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?
4.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?
5. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?
6. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
7.Undalma deb nimaga aytiladi?
8.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.
9.Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?
10.Undalmalarning gapdagi o'rni haqida so'zlab bering.
11.Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?
12. Kirish so’zlarda qanday tinish belgilari ishlatiladi?
V.O`quvchilarni baholash

Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling