Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet74/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

Sana:__________________________
Mavzu: Kirish so`zlar
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: kirish so`zlar haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o’quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik va nafosat tarbiyasini berish, ular orasida do’stona munosabatni mustahkamlash;
d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, aqliy hujum, test, guruhlar bellashuvi.
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

9

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

4

6

Uyga vazifa

2

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) guruhlash;
3) navbatchi hisoboti; 6) uyga vazifa.
II.O`tilganlarni takrorlash. “Aqliy hujum” metodi orqali guruhlarga savollar beriladi.
1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?
2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?
3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?
4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?
5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
6.Undalma deb nimaga aytiladi?
7.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq.Ehtimol, albatta, shubhasiz so'zlari ishtirokida gap tuzing. Ularning qanday ma'no ifodalashini ayting.
2-topshiriq.Quyida berilgan gaplarga ehtimol, albatta, shubhasiz so'zlaridan mosini qo'yib ko'chiring. ... keladi. ... kelib qolar.
So` zlovchining fikriga ishonch, gumon, taxmin singari ma'nolarni qo'shadigan so'zlarga kirish so'zlar deyiladi. Kirish so'zlar yozuvda gapning boshqa bo'laklaridan doirno vergul bilan ajratiladi.Tahlilda kirish so'zlar to'g'ri chiziq ostiga to'lqinli chiziq chizish bilan ifodalanadi:
181-mashq. Nuqtalar o'rniga tegishli kirish so'zlarni qo'yib, gaplarni ko'chirib yozing. Kirish so'zlar gapga qanday ma'no yuklayotganini ayting.
..., ma'qul gap, - qo'shib qo'ydi Bilmasvoy, ..., pushaymon emasman. ..., bu ish menga juda foydali bo'ldi. Har kuni ertalab sovuq suvda yuvinishga o'rganib qoldim. ..., endi bu ishdan o'zim ham maza qiladigan bo'ldim. («Bilmasvoy quyosh shahrida» ertagidan)

Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling