5. Qorishmalarni tayyorlash va tashish
Qurilish qorishmalari beton-qorishma zavodlarida, lar tayyorlash
markazlarida yoki qorishma qorish uzellarida tayyorlanadi. Qurilish maydoni
zavoddan uzoqda joylashganda va bajariladigan ishlar hajmi kam bo‘lganda
qorishma ob’ekt yaqinida joylashgan mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalarda
tayyorlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qorishmalarni tayyorlash jarayoni tashkil etuvchi materiallarni tayyorlash,
ularni o‘lchash (dozalash) va aralashtirishdan iborat bo‘ladi. Portlandsement, ohak,
gips va boshqa bog‘lovchilar Davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Qum
zarurat bo‘lsa elanadi, yuvish usulida chang, loy miqdori meyorga keltiriladi. Ohak
va giltuproq xamiri zarur quyuqlik darajasida tayyorlanadi. Qorishma
harakatchanligini meyorga keltirish uchun tarkibiga kiritiladigan plastifikatorlar va
kimyoviy qo‘shimchalar tegishli konsistensiyagacha suyultiriladi.
Qorishmalarni tayyorlashda mineral bog‘lovchilar massasi bo‘yicha, qum
va suv hajm bo‘yicha o‘lchab solinadi.
Qurilish qorishmalari 150, 375 va 750l sig‘imli davriy ishlaydigan
qorishma qorgichlarda tayyorlanadi (8.4-rasm). Qorishma qorgichlarda og‘ir
qorishmalar 1-2 minut, engil qorishmalar esa 4 minut davomida aralashtiriladi.
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalari quruq qorishmalar markazida suv
qo‘shmasdan tayyorlanib, qurilish maydonlarida maxsus qorishma qorgichlar
vositasida plastik qorishmaga aylantirilishi mumkin.
Qurilish
qorishmalari
istemolchiga
maxsus
uskunalangan
avtotsisternalarda, avtosamosvallarda tashiladi.
Quruq qorishmalar maxsus avtopritsep qorishma qorgichlarda tashiladi va
qurilish maydonlarida suv bilan aralashtirilib binolarga uzatiladi. Qorishma yuqori
qavatlarga maxsus ko‘tarmalar, nasoslar yoki pnevmotransport vositasida etkazib
beriladi.
Qurilishga keltirilgan qorishma partiyasi pasportida qorishma partiyasining
nomi va nomeri, uning hajmi, tayyorlangan sanasi, markasi, tarkibi,
harakatchanligi va suv ushlashlik xususiyati ko‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |