Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Umumiy ma’lumotlar
3-MAVZU KERAMIK MATERIALLAR VA BUYUMLAR .KERAMIK MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI Reja: 1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar 3. Keramik materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi. 4. Keramik buyumlar strukturasi va umumiy xossalari. 5. Devorbop keramik buyumlar. 6. Qoplama keramik buyumlar. 7. Maxsus keramik materiallar va buyumlar 1. Umumiy ma’lumotlar Mineral xom ashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi. “Keramika” so‘zi lotincha “Keramos” so‘zidan olingan bo‘lib, glina (gil) ma’nosini bildiradi. Insoniyat tarixida gil asosidagi xomloydan tayyorlangan devorbop materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000 yillikda ishlatilgan. Pishirilgan g‘isht eramizdan avvalgi 3500-4000 y., cherepitsa va sirlangan g‘isht esa qurilishda eramizdan avvalgi 1000 y. ishlatilgan. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda saqlanib qolgan arxitektura yodgorliklari qurilish materiallari keramika asosidadir. Xozirgi kunda effektiv g‘isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariyatexnika buyumlari, mashinasozlik, elektronika, energetika tizimlari uchun maxsus keramik buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Gil mahsulotlari qurilish matriallarining muhim turlaridan biri hisoblanadi.Xomashyo ishlab chiqarish korxonalarida gil kvarts, tuproq, chamette (olovga chidamli gil 1000-1400 gradusda kuydiriladi va bo’linadi) metal zaki, apelka va maydalangan ko’mir bilan aralashtirilib foydalaniladi. Qurilish gili mahsulotlari yoki qurilish keramikalari asosan katta qismdagi gilni kuydirish, quritish va mog’orlatish orqali ishlab chiqariladi.Yuqoriroq hajmi o’ziga xos muhimligi bo’lsa, uning kuchliroqi esa gil mahsulotidir.Bu qoida shishaga aylangan mahsulotlar uchun unchalik foyda bermaydi. Qurilish va ishlab chiqarish uslublariga ko’ra g’ishtlar,cherepitsiyalar, quvurlar,qizdirilgan qizg’ish jigarrangdan qurilgan matriallar,loydan yasalgan idishlar, kulolchilik buyumlari, chinni buyumlar va sirlangan sopol idishlar yuqori haroratda qizdirib shakllantiriladi 7 . Keramik buyumlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Tuzilishiga ko‘ra g‘ovak va zich keramik buyumlarga bo‘linadi. G‘ovak keramikaning suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5% ko‘p bo‘ladi. Bularga devorbop g‘isht va bloklar, tombop cherepitsa, drenaj quvurlar, fayans, qoplama plitalar kiradi. Zich keramikaning suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5% kam bo‘ladi. Ularga erga yotqiziladigan klinker g‘ishti, yirik o‘lchamli keramik plitalar, pol plitalari kiradi. Erish haroratiga ko‘ra keramik materiallar engil eruvchan (1350 0 S past), qiyin eruvchan (1350-1580 0 S), erimaydigan (1580-2000 0 S) turlarga bo‘linadi. Keramik materiallar va buyumlarni xom ashyoning hamma erda mavjudligi, arzonligi, texnologik jarayonlarning nisbatan soddaligi, ekologik tozaligi ko‘plab ishlab chiqarish imkonini beradi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling