Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

  
4.Qoplama keramik buyumlar 
  
Qoplama keramik buyumlar bino va inshootlarni ichki va tashqi yuzalarini 
bezashdan tashqari ularni tashqi omillardan himoyalash maqsadida ham ishlatiladi.
Binolar fasadiga qoplanadigan buyumlar. Bu maqsadda pardozlangan 
g‘isht va toshlar, yirik o‘lchamli plitalar, fasad plitalari va gilam nusxa keramika 
ishlatiladi.
Pardoz g‘isht va toshlar binolarni bezashdan tashqari yuk ko‘tarish 
maqsadida oddiy g‘isht bilan qo‘shib teriladi. Pardoz g‘isht va toshlar oddiylaridan 
rangining tozaligi bilan farqlanadi va standart o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. 
Ularning rangi to‘q qizildan to och sariq ranggacha bo‘ladi. Pardoz g‘isht va 
toshlar to‘liq va kovakli, har xil faktura yuzali bo‘lishi mumkin. Fakturali g‘isht va 
toshlar yuzasini angoblash, glazurlash, rangli minerallarni sepish usulida olinadi. 
G‘isht va toshlarni pishirishdan avval maxsus metall moslamalar vositasida tirnab 
relefli yuza hosil qilish mumkin.
Pardoz g‘isht va toshlar fasadlarning tashqi qatorlariga, vestibyullar, 
yo‘laklar va boshqa xonalarning ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi. 
Ғи
шт
м
арк
ас
и 


Binolarni bunday usulda pardozlash mehnat sarfini kamaytiradi va iqtisodiy 
tomondan tejamli bo‘ladi.
Yirik fasadbop keramik plitalar rangli va rangsiz, tekis va g‘adirbudur 
yoki riflangan, glazurlangan va sirlanmagan turlarda ishlab chiqariladi. Uzunligi 
490, 990, 1190 mm, eni 490 va 990 mm va qalinligi 910 mm o‘lchamlarda 
tayyorlanadi. Plitalarning suv shimuvchanligi 1% kam, sovuqqa chidamliligi 50 
sikldan yuqori bo‘lishi kerak.
Fasadbop keramik plitalar plastik va yarim quruq presslash usullarida 
tayyorlanadi. Fasad plitalari glazurlangan va sirlanmagan, silliq va relef yuzali 
holda 26 tipda 292x192x9 mm dan 21x21x4 mm gacha o‘lchamlarda ishlab 
chiqariladi. Standart bo‘yicha boshqa o‘lchamdagi plitalarni ishlab chiqarish ruxsat 
etiladi. Plitalarning suv shimuvchanligi 5 va 7-10% bo‘lishi mumkin. Sovuqqa 
chidamligi 35 va 50 sikl bo‘ladi.
Plitalar g‘ishtli binolarni, temirbeton panellarni, sokollarni tashqi tomonini 
bezashda, er osti yo‘laklarini qoplashda ishlatiladi. (3.4rasm).

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling