4- MAVZU.
SHisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari.
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
SHisha ishlab chiqarish
3.
SHishaning tuzilishi va
asosiy xossalari
4.
SHishaning turlari
5.
SHisha buyumlar va konstruksiyalar
6.
SHlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar
7.
Sitallar va
ular asosidagi buyumlar
1.
Umumiy ma’lumotlar
SHisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya, Gretsiya
va Rimda eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy va
Markaziy Osiyo mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan
kirib kelgan. O‘zbekistonda mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab
chiqaruvchi
zavodlar, sexlar ko‘paymoqda. SHular jumlasiga 1996 yilda qurib
ishga
tushirilgan CHirchiq, Quvasoy shisha zavodlarini kiritish mumkin. Bundan
tashqari bir tomonlama nur o‘tkazuvchi,
shishapaket, rangli va avtomobilsozlik
uchun uch qatlamli shishalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
SHisha va shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan klasslarga bo‘linadi:
kimyoviy tarkibga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.);
kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.); ishlatilish sohasiga ko‘ra;
qurilish,
me’morchilik, texnik, shisha idishlar va shisha tolalar.
Do'stlaringiz bilan baham: