Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

2. 
SHisha ishlab chiqarish
SHisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvars qumi ohaktosh, 
soda va natriy sulfati ishlatiladi. SHisha qorishmasini pishirish haroratini 
pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati qo‘shiladi. Agar kvars qumi va sodadan 
iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha bo‘ladi 
(Na
2
Si0
3
). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishani suvda 
erimasligini ta’minlaydi.
Silikatli shisha 1500
0
S haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida 
olinadi. Massa harorati 800-900
0
S etganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni 
boshlanadi. Harorat 1150-1200
0
S bo‘lganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida 
ko‘p havo pufakchalari bo‘ladi. SHisha massasidagi havo aralashmalari 1500
0

chiqib ketadi va shisha qiyomiga etadi. Massani qoliplash harorati 200-300
0

atrofida bo‘lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bog‘liq. SiO
2
, Al
2
O
3
, ZrO
2
oksidlari 
massani quyuqlashtirsa, Na
2
O, CaO, Li
2
O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi. 


SHisha massasini erigan xolatda uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf 
holatidan kristall holatga qayta o‘tishga olib keladi.
Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa bo‘yicha:
SiO
2
-64-73; Al
2
O
3
-0,5-7,2; K
2
O-0-5; Na
2
O-10-15; CaO-2,5-26,5; MgO-0-
4; Fe
2
O
3
-0-0,4; SO
3
-0-0,5; V
2
O
3
-0-5.
SHisha massasiga kaolin, dala shpati (Al
2
O
3
) kiritilishi uning mexanik 
mustahkamligini, termik va kimyoviy chidamligini oshiradi. SHisha xom ashyosi 
tarkibiga B
2
O
3
qo‘shilsa, uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi. 
Rux oksidi (ZnO) shishaning harorat chiziqli kengayish koeffitsientini kamaytiradi 
va termik chidamligini oshiradi.
Qo‘rg‘oshin oksidi (RbO) optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi.
SHisha olish “qayiq” usulida bo‘lib, cheksiz shisha lentasini tortish 
demakdir. SHisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va ko‘zgu 
oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling