Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Havoyi bog‘lovchilar
1. Umumiy ma’lumotlar
Mineral (noorganik) bog‘lovchilar kukunsimon bo‘lib, suv bilan
aralashtirilganda plastik qorishma hosil bo‘ladi va
fizik-kimyoviy jarayonlar
natijasida sun’iy toshsimon materialga aylanadi.
Mineral bog‘lovchilar strukturasi va qotish mexanizmiga ko‘ra havoyi va
gidravlik bog‘lovchi turlariga bo‘linadi. Havoyi bog‘lovchilar
qotish jarayoni,
mustahkamligining o‘sishi faqat havoda yuz beradi. Havoyi bog‘lovchilarga
havoyi ohak, gips, magnezial bog‘lovchilar, suyuq shisha va boshqalar kiradi.
Gidravlik bog‘lovchilar qotish jarayoni boshlanishi havoda yuz berib, suv
yoki o‘ta nam sharoitda davom etadi va mustahkamligi ortadi. Gidravlik
bog‘lovchilar
jumlasiga gidravlik ohak, romansement,
portlandsement va uning
turlari, giltuproqli sement, putssolanli va shlakli portlansementlar, kirishmaydigan
va kengayuvchan sement va boshqalar kiradi.
Mineral bog‘lovchilar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga aktiv mineral
qo‘shimchalar-trepel, opoka, diatomit, pemza, gliej,
vulqon tufi va kuli hamda
toshko‘mir kuli, shlaklar va boshqalar qo‘shilishi mumkin.
Mineral bog‘lovchilar asosida g‘isht, tosh terish va suvoqchilik
qorishmalari, beton va temirbeton
buyum va konstruksiyalar, armotsement
konstruksiyalar,
avtoklav buyumlar, elimlovchi va bo‘yoq kompozitsiyalar va
boshqa mahsulotlar tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: