Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Energiyatejamkor shishapaket.
SHisha tola-borosilikat shishasini yuqori haroratda eritib, diametri 0,0002-
0,03 mm teshikdan tortib chiqarib, g‘altaklarga o‘rab olinadi. SHisha tolasining cho‘zilishdagi mustahkamligi juda katta (2000-4000 MPa). Tolaning diametri kichraysa uning mustahkamligi ham kamayadi. SHisha tolasi (diametri 0,04 mm) o‘rtacha zichligi 40-50 kg m 3 . SHisha tolasidan tayyorlangan ip, mato, namat, plita, qobig‘ va sh.k. lar qavatlararo plitalar, pardevorlar, tom va yopma plitalar tayyorlashda issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi. CHiqindi hisoblangan chigal va katta diametrli shisha tolasidan presslab olingan shisha namatni bitum yoki smolalarda shimdirilgan mahsulot qurilish konstruksiyalarning er osti qismini korroziyadan saqlash, issiqlik trassalarida izolyasiyalovchi material sifatida ishlatiladi. Energiyatejamkor shishapaket. Sovuq kunlarda oddiy oyna qo‘yilgan xonalarda 50% gacha issiqlik yo‘qotilishi kuzatiladi hamda oynalarga yaqin joyda harorat ancha past bo‘ladi. Mutaxassislar bu holatni “sovuq devor faolligi” deb atashadi. Oyna orqali issiqlik ikki yo‘l bilan yo‘qotiladi: 1. Oynaning katta zichligi tufayli, yuqori darajada issiqlik o‘tkazuvchanligi. Bu xolatda ikki va uch qavatli oynali romlar ishlatiladi. 2. Havo konveksiyasi tufayli issiqlik yo‘qotiladi. Ushbu holatda gemetik shishapaketlar yaratish usuli bilan issiqlik saqlab qolinadi. Infraqizil nurlanish tufayli 70% gacha issiqlik yo‘qotiladi. Bu holda bir tomonga maxsus qoplama surtilgan energiyatejamkor oynalar ishlatiladi. Xozirda ikki tipda (kichik emissiyali) oyna qoplamasi ishlatiladi: K – shisha – “qattiq” qoplamali va i – shisha – “yumshoq” qoplamali. YUmshoq qoplamali oynalar yuqori samarali bo‘lib, narxi arzon. Kichik emissiyali oynalarni Dunyoda bir necha Kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bo‘lib, ishlab chiqaruvchidan yuqori mahorat talab qiladi. Ishlab chiqaruvchilar orasida Glaverbel kompaniyasi mashxurdir. Glaverbel kompaniyasi ishlab chiqarayotgan yumshoq qoplamali kichik emissiyali deraza oynalari – shishapaketlar uchun mo‘ljallangan issiqtejamkor, shaffof va nur o‘tkazuvchi paketlar uchun mo‘ljallangan. Planibel top N va Planibel Ton NT (toblash mumkin), Energy N va Energy NT neytral, qish-yoz mavsumlarida xonalarda komfort haroratini ta’minlovchi hamda energiyatejamkor xossalarga ega bo‘lgan Sunergu va Stopray arxitektura oynalari kiradi. Kichik emissiyali shishapaketlar ikki va ko‘p kamerali oddiy shishapaketlardan avzalligini ko‘rsatadi. Kichik emissiyali oynalar ikki kamerali shishapaketlarga nisbatan 20% issiqlik tejamkor hisoblanadi. Bunday oynalar yoz kunlari quyosh nurini qaytaradi, chunki nurni qaytarish faolligi ikki tomonlama bo‘ladi, natijada xonada salqin havo saqlanadi. Bir kamerali energiyatejamkor shishapaketda rezonans holati kuzatilmaydi, ushbu holat ikki va qo‘p kamerali shishapaketlarda ro‘y beradi. Kichik emissiyali shishapaketlar tashqi oynalar ishlatilsa ham shovqindan izolyasiya qiladi. Oddiy hollarda, odatdagi 4 mm oyna o‘rniga 6 mm, xatto 8 mm oyna ishlatiladi. SHishapaket oynalarning issiqlik-fizik xossalari quyidagicha: SHisha turi Emissiya koeffitsienti Issiqlik uzatish qarshiligi R o , m 2 K/B T SPO (quruq havo) Issiqlik uzatish qarshiligi R o , m 2 K/B T SPO Ar bilan Oddiy shisha 2,85 0,35 0,37 YUmshoq qoplama 0,04 0,56 0,68 Qattiq qoplama 0,15 0,50 0,58 K – shisha (qattiq qoplamali shisha) – float shisha ishlab chiqarish jarayonlarida issiq oynaga metallar oksidlari sepish usulida olinadi. Qoplama qattiq va uzoq muddatga chidamli bo‘ladi. U yorug‘likni yuqori darajada o‘tkazadi, qishda issiqlikni kam yo‘qotadi, laminatsiya, toblash va boshqa ishlovlarga molik sanaladi. i – shisha (yumshoq qoplamali shisha) – SHishaga vakuummagnetron usulida kumush – energiyatejamkor qoplama sepiladi. Kumush sepilish sababli shisha yuzasida elektron o‘tkazuvchan bo‘lib, muayyan to‘lqin uzunligidan yuqori holda elektromagnit nurlanish ushbu metall yuzasidan qaytadi. i – shisha maksimum energiyatejamkor, yorug‘lik o‘tkazuvchan, kam nur qaytaruvchi va ichki kondensatsiyali xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kam emissiyali shisha oynali paketlar ishlatilganda uzun to‘lqinli infraqizil nurlanish qisqaradi, issiqlik tashqariga chiqmaydi va xona ichiga qaytadi. SHu vaqtning o‘zida qisqa to‘lqinli issiq quyosh nuri kam emissiyali shisha orqali beto‘xtov o‘tish imkoniyati bo‘ladi va xonani qo‘shimcha isitadi. Umuman kam emissiyali shisha oynali paketlarni ishlatish energiya yo‘qolishini 70% kamaytiradi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling