Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


 SHlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

6. SHlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar  
Temir rudasini eritib cho‘yan olganda eritma yuziga suyuq shlak 
ko‘tariladi. Uni turli shakldagi qoliplarga quyib, qurilish uchun buyumlar olinadi. 
Bunday buyumlar pollar qurishda, qoplama plitalar sifatida agressiv muhit ta’sir 
etadigan joylarda ko‘plab ishlatiladi. Bunday texnologiya asosida tez va arzon 
qurilish buyumlarini tayyorlash mumkin.
Aynan shu usul bilan bazalt, qumtosh, karbonatli tog‘ jinslarini eritib, 
qoliplarga quyib yuqori mustahkam, agressiv va atmosfera muhitiga chidamli 


buyum olish mumkin. Xom ashyoning turi olingan buyumning xossalariga va 
rangiga ta’sir qiladi.
Xom ashyoning erish haroratini pasaytirish uchun plavik shpat (SaF
2

singari qo‘shimchalar qo‘shiladi. Mayda donali bir xil strukturali massa olish 
uchun xom ashyo tarkibiga minerallashtiruvchi qo‘shimchalar (xromit, magnezit 
va sh.k.) qo‘shiladi. Eritma kimyoviy tarkibini o‘zgartirish bilan uning issiqqa 
bardoshligini, haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientini, mustahkamligini, 
agressiv muhitga chidamligini boshqarish mumkin.
Ayniqsa, domna va marten pechlari shlaklaridan qurilish materiallari 
tayyorlash iqtisodiy samara beradi. CHunki, pechdan maxsus qorishtirgichga 
uzatilgan, 1350-1450
0
S haroratdagi shlakka istalgan qo‘shimcha aralashtirib 
quyish, shtamplash, prokatlash va sentrafugalash usullarida buyumlar tayyorlash 
imkoniyati mavjud.
Quyma tosh buyumlarning o‘rtacha zichligi 2900-3000 kg m
3
, g‘ovakligi 
12% bo‘lib, yopiq xarakterga ega. SHu tufayli ular sovuqqa o‘ta chidamli, issiqqa 
bardoshli bo‘ladi. Ularning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 200-240 MPa, 
egilishdagi mustahkamligi 20-30 MPa. Edirilishi 0,7 g sm
2
bo‘lib, tabiiy toshlarga 
(diabaz, granit) nisbatan 2-5 marta bardoshlidir. Eritilgan tosh materiallar 
atmosfera, agressiv muhitga chidamlilik talab etilgan joylarda, intensiv edirilish
erish va muzlash kuzatiladigan muhitlarda ishlatiladi. Ular yo‘l qurilishida 
mustahkam, chidamli toshli qoplamalar, kimyoviy moddalar ishlab chiqaradigan 
zavodlar, metall quvurlar o‘rnini bosadigan diametri 200-1200 mm bo‘lgan tosh 
quyma quvurlar sifatida ishlatilishi mumkin.
Rangli tosh quyma plitalar bino fasadlarini bezashda, arxitektura qismlarini 
tayyorlashda ham ishlatiladi.
YUqori haroratdagi suyuq shlakni ko‘pirtirib va tez sovitib ko‘p g‘ovakli 
material-termozit olish mumkin. YUqori 1200-1400
0
S haroratdagi suyuq shlak 
juda kichik teshiklardan bosim ostida ip singari chiqqan eritmaning sovishidan 
hosil bo‘lgan engil, issiqlik izolyasiyasi materiali shlak paxtasi deyiladi. Uning 
o‘rtacha zichligi 250-300 kg m
3
, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,05 
Vt m
0
S.
7. Sitallar va ular asosidagi buyumlar

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling