Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

2. 
Romansement 
Romansement tarkibida 20% va undan ortiq miqdorda giltuproq bo‘lgan 
mergelli ohaktosh va magnezitlarni 900
0
S haroratda kuydirib olinadi. 
Kuydirilganda hosil bo‘ladigan kichik tartibli kalsiyli silikatlar va alyuminatlar 
romansementga gidravlilik xususiyatini beradi. Xomashyo kuydirilganda 
romansement tarkibida ohak erkin holatda 2-3% miqdorgacha hosil bo‘lishi 
mumkin.
Romansement tarkibiga 3-5% gips va 10-15% opoka, diatomit, trepel, gliej 
singari aktiv mineral qo‘shimchalar kiritilishi uning gidravlilik xususiyatlarini 
yaxshilaydi.


Romansement 3 xil markada: 2,5; 5,0 va 10 (MPa) ishlab chiqariladi. U 
past markadagi qurilish qorishmalari va betonlari olishda ishlatiladi.
3. 
Portlandsement 
Umumiy ma’lumotlar. Portlandsement muayyan miqdordagi ohaktoshlar 
va giltuproqlar aralashmasini 1450
0
S haroratda kuydirib olingan klinkerga tuyish 
jarayoni 3-5% gips va 15% gidravlik qo‘shimchalar qo‘shib olinadi. Klinker 
g‘ovak soqqachalar bo‘lib sement olish uchun yarim xomashyodir. Gips, fosfogips 
va borogipslarni sement tarkibiga kiritilishi uning qotishini boshqaradi. Gidravlik 
qo‘shimchalar esa portlandsementga suvga chidamlilikni beradi. Gidravlik 
qo‘shimchalar sifatida gliej, opoka, diatomit, trepel, elektrotermofosfor shlaki, 
toshko‘mir kuli va shu kabi tabiiy va sun’iy materiallar ishlatiladi. Portlandsement 
rasmiy ravishda 1824 yilda E. CHeliev (Rossiya) va Dj. Aspdin (Angliya) 
tomonidan yaratilganligi tan olingan. O‘zbekiston olimlaridan S.To‘xtaxo‘jaev, 
I.Toshpo‘latov, T.Otaqo‘ziev, B.Nudelman va boshqalarning sement turlarini 
yaratish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirishdagi 
xissalari kattadir.
Klinker. Portlandsementning sifati va xossalari klinkerning xususiyatlariga 
bog‘liq. O‘z navbatida klinkerning xossalari xomashyoning turi, uni kuydirish 
sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Klinker tarkibini ko‘plab oksidlar erkin va minerallarga 
birikkan holatda tashkil qiladi. U asosan kristall va qisman shishasimon tuzilishga 
ega.
Klinkerning kimyoviy tarkibini quyidagi oksidlar tashkil qiladi (massa 
bo‘yicha %): SaO-63-66, SiO
2
-21-24, Al
2
O
3
-4-8, Fe
2
O
3
- 2-4: bundan tashqari 
MgO, SO
3
, Na
2
O va K
2
O hamda TiO
2
, Cr
2
O
3
, P
2
O
5
lar oz miqdorda bo‘ladi.
Asosiy 4 oksidlar miqdori klinkerning 95-97% tashkil qiladi.
Klinkerni kuydirish jarayonida oksidlar qayta birikib silikatlarni, 
alyuminatlarni, alyumoferitlarni mineral kristall strukturasini tashkil etadi.
Klinker mineral tarkibiga alit, belit, uch kalsiyli silikat, to‘rt kalsiyli 
alyumoferrit kiradi.
Alit 3SaO
.
SiO
2
(C
3
S) klinkerning asosiy minerali bo‘lib, sementning qotish 
tezligini, mustahkamligini belgilaydi. Alit klinker tarkibida 4560% bo‘ladi. Uning 
tarkibida 2-4% atrofida MgO, Al
2
O
3
, P
2
O
3
, Cr
2
O
3
va shu kabilar bo‘lib, alit 
xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Alit kristallari uzunchoq (3-20 mkm) bo‘lib, 
sement aktivligini oshiradi.
Belit 2SaO
.
SiO
2
(C
2
S) klinkerning ikkinchi asosiy minerali bo‘lib, 
sementning vaqt o‘tishi bilan hosil bo‘ladigan mustahkamligini ta’minlaydi. Belit 
klinker tarkibida 20-30% tashkil etadi va boshlang‘ich davrda sekin qotadi. Uning 
tarkibida 1-3% atrofida Al
2
O
3
, MgO, Fe
2
O
3
, Cr
2
O
3
va shu kabilar bo‘ladi.


Kuydirish xumdonlaridan chiqqan klinkerni asta-sekin sovutish
natijasida, harorat 525
0
S dan pasayganda -S
2
S o‘rniga -S
2
S hosil bo‘lishi 
belit strukturasining buzilishiga va klinkerning kukunga aylanishiga olib keladi. 
Bunda klinkerning hajmi 10% ortadi, -S
2
S ning zichligi 3,28 g sm
3
dan -S
2

ning zichligi 2,97 g sm
3
gacha kamayadi. Hosil bo‘lgan -S
2
S 100
0
S haroratgacha 
suv bilan reaksiyaga kirishmaydi va bog‘lovchilik xususiyatlariga ega bo‘lmaydi. 
SHuning uchun klinker maxsus sovutish moslamalari yordamida tezlik bilan 
sovutiladi. Bundan tashqari Al
2
O
3
, MgO, Fe
2
O
3
, Cr
2
O
3
kabi oksidlar (1-3% 
atrofida) -Sa
2
S strukturasini stabillashishiga va -Sa
2
S ga aylanishiga yordam 
beradi. Klinker tarkibida alit va belit 75-80% ni tashkil etgani uchun ularning 
gidratatsiya mahsuloti portlandsementning asosiy xossalarini belgilaydi.
Uch kalsiyli alyuminat 3SaO
.
Al
2
O
3
(C
3
A) klinker tarkibida 4-12% bo‘lib, 
10-15 mkm o‘lchamdagi kristallarni tashkil qiladi. U suv bilan reaksiyaga kirishib 
juda tezlik bilan gidramineral hosil qiladi, lekin yuqori mustahkamlikka ega 
bo‘lmaydi. Uch kalsiyli alyuminatning zichligi 3,04 g sm
3
bo‘lib, sulfatli muhitda 
kimyoviy korroziyaga sabab bo‘ladi va shu
tufayli S
3
A miqdori klinker tarkibida 5% dan oshmasligi kerak.
To‘rt kalsiyli alyumoferrit 4SaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
(C
4
AF) klinker tarkibida 10-
12 % ni tashkil etadi. Uning zichligi 3,77 g sm
3
. S
4
AF gidratatsiyalanish tezligi 
o‘rtacha bo‘lib, sementning gidratatsiyalanish va qotish tezligiga katta ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Klinker shishasi oraliq modda sifatida 5-15% ni tashkil etadi. Uning 
tarkibini Al
2
O
3
, MgO, Fe
2
O
3
, K
2
O, Na
2
O lar tashkil etadi.
Magniy oksidi alyumoferrit fazasi va klinker shishasi tarkibiga kiradi yoki 
erkin holda bo‘lishi mumkin. MgO juda sekinlik bilan gidratatsiyalanishi 
(Mg(OH)
2
), qotgan sement toshi tarkibida MgO ning 5% dan ko‘p bo‘lishi 
sementning hajmini notekis o‘zgarishiga va undan tayyorlangan materiallarning 
buzilishiga olib keladi.
Klinker tarkibida SaO erkin holatda bo‘lishi mumkin. Uning miqdori 1% 
dan ortib ketsa, gidratatsiya natijasida (Sa(ON)
2
) sement hajmini notekis 
kengayishiga olib keladi. Natriy va kaliy ishqorlari klinkerning alyumoferrit fazasi 
bo‘lib, sement tarkibida sulfatlar ko‘rinishida bo‘ladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling