Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Klinkerni maydalash. Sement klinkerini maydalab tuyish quvursimon 
sharli tegirmonlarda amalga oshiriladi. SHarli tegirmon ichki tomondan 
mustahkam zirxli po‘lat bilan qoplangan bo‘lib, 2-4 bo‘lmadan iborat. Katta 
tegirmonlarning o‘lchamlari 3,95x11 m yoki 4,6x16, 4m bo‘lib, soatiga 100 va 135 
tonna klinkerni maydalaydi. Tegirmonda klinkerni maydalash shar yoki 
silindrchalarning tegirmon ichida ma’lum masofaga ko‘tarilib tushishiga va 
dumalashiga asoslangan. Klinkerni po‘lat sharlar yirikroq silindrchalar esa 
maydaroq tuyushga mo‘ljallangan. Bu tegirmonlar to‘xtovsiz ishlashga 
mo‘ljallangan bo‘lib, klinker bir tomondan ichi bo‘sh val (sapfa) orqali tegirmon 
ichiga kiritiladi va ikkinchi tomondan tuyulgan sement chiqarib olinadi.
Tuyulgan sement maxsus nasoslar yordamida siloslarga yuboriladi.
YOpiq siklda ishlaydigan tegirmonlarda etarli darajada tuyulmagan sement 
zarralari markazdan qochuvchi prinsipda ishlaydigan separatorlarda ushlab qolinib 
qaytadan tegirmonga yuboriladi. Bu usulda sementni 40005000 sm
2
g solishtirma 
yuzagacha maydalash mumkin. YOpiq sikl usuli tez, o‘ta tez qotuvchan va maxsus 
sement turlarini olishda ishlatiladi.
Sement klinkeri maydalanayotganda tegirmonga 3,5% gacha gips va 15% 
atrofida gidravlik qo‘shimchalar kiritiladi. Tayyorlangan sement temirbeton 
siloslarda sovuguncha va erkin kalsiy oksidi so‘nguncha saqlanadi va 


iste’molchilarga yuboriladi. Siloslar diametri 8-15m, balandligi 25-30m, sig‘imi 
esa 4000-10000 t gacha bo‘ladi.
Sement qog‘oz yoki polietilen qoplarga joylashtiriladi (50 kg gacha) yoki 
sement tashuvchi vagonlarda yoki avtomobillarda tashiladi.
Nazorat savollari 
5. 
Mineral bog‘lovchilar qanday klassifikatsiyalanadi?
6. 
Havoyi ohak ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalarini aytib bering?
5. 
Gips bog‘lovchisi xomashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, asosiy xossalari 
xaqida aytib bering.
6. 
Portlandsement xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering.
14. 
Portlandsement klinkerining mineralogik tarkibi va unga qo‘shiladigan 
qo‘shimchalar nimalardan iborat?
15. 
Portlandsement asosiy xossalarini va korroziyasini aytib bering.
16. 
Portlandsement turlarini gapirib bering.
17. 
Putssolanli va shlakli sementlar nima?
18. 
Giltuproqli sementlarning xomashyosi, asosiy xossalari haqida aytib bering.
10. Kengayuvchan, zo‘riqish hosil etuvchi va sementning boshqa turlari haqida gapirib 
bering.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling