Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Korroziyaning uchinchi turi. Bu turdagi korroziya sulfat tuzlari mavjud 
qorishmalar ta’sirida yuz beradi:
3SaO
.
Al
2
O
3
.
6H
2
O 3CaSO
4
25H
2
O 3CaO
.
Al
2
O
3
.
3CaSO
4
.
32H
2
O
Bu reaksiya juda ko‘p miqdorda suvni biriktirishi bilan xarakterlidir. Uch 
kalsiyli gidrosulfoalyuminat (ettringit minerali) hosil bo‘lishida uning hajmi 2 
marta kengayadi. Sement toshi mikrog‘ovaklarida ettringitning kristallanishidan 
hosil bo‘lgan ichki bosim mikroyoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Buni sement 
batsillasi korroziyasi deb yuritiladi.
Bu turdagi korroziya ayniqsa sho‘rlangan erlarda mufassal kuzatiladi. 
Korroziyadan saqlanish uchun sulfat muhitiga chidamli sementlar ishlatiladi. 
Xususiy xollarda sement toshida ishqoriy korroziyalar ham kuzatiladi. Sement 
toshiga birinchi holatda kuchli o‘yuvchi natriy yoki o‘yuvchi kaliyning ta’siri, 
ikkinchi holatda esa sement toshi ichidagi Sa(ON)
2
ta’sirida yuz berishi mumkin. 
Birinchi holatdagi ishqoriy korroziya sement toshida soda va potash hosil bo‘lishi 
bilan xarakterlanadi va korroziya shiddatli kechadi. Ikkinchi holatda esa ishqoriy 
korroziya bir necha o‘n yillar davom etishi mumkin.
3. Portlandsementning xossalari va xususiyatlari 
  


Sement xossalariga maydalik darajasi, normal quyuqligi, qotish davri
markasi va sh.k. kiradi. Sementning kimyoviy va mineral tarkiblari yuqorida bayon 
etilgan bo‘lib, ular xom ashyoning tarkibiga qarab biroz o‘zgarishi mumkin. 
Sementning material tarkibiga (massa bo‘yicha, %) klinker, gips, mineral 
qo‘shimchalar, plastifitsirlovchi va gidrofoblovchi qo‘shilmalar kiradi. Bunday 
qo‘shilmalar sement massasiga nisbatan 0,10,3% miqdorda sement tuyish paytida 
kiritiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling