ning minimal miqdorda bo‘lishi undan sovuqqa chidamliligi yuqori beton olishda
foydalaniladi.
Bu sementni olishda, unga gidravlik qo‘shimchalar qo‘shilmaydi,
faqat gips, plastifikatorlar va gidrofoblovchi moddalar kiritilishi mumkin.
Mineral qo‘shimchali sementlar. Aktiv mineral qo‘shimchalar (AMQ)
tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiylariga diatomit, trepel, opoka, gliej, vulqon
kuli, tuf, pemza, trass va sh.k., sun’iylariga esa donali domna shlaki, kullar, shlam
chiqindilari va sh.k. lar kiradi.
Sementga AMQ larning kiritilishi ular tarkibidagi
aktiv kremnezemning
(SiO
2
) sement gidratatsiyasidan hosil bo‘lgan Sa(ON)
2
bilan
reaksiyaga kirishib,
havoda va suvda qotadigan kalsiy gidrosilikatlarini hosil bo‘lishiga olib keladi.
Natijada sement klinkeri tejalishi bilan birga suv va
boshqa agressiv muhitlarga
chidamli sementning turlarini hosil qilish mumkin.
Putssolanli portlandsement (PPS)-klinker,
gips va aktiv mineral
qo‘shimchalarni birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bunda cho‘kindi
jinslar
(diatomit, opoka, trepel)20-30%, vulqondan hosil bo‘lgan jinslar (pemza, tuf), gliej
va yoqilg‘i kullari 25-40% atrofida klinker tarkibiga kiritiladi.
Aktiv mineral qo‘shimchalar tarkibidagi
aktiv kremnezem quyidagi
reaksiyaga binoan Sa(ON)
2
bilan birikadi:
mSa(ON)
2
SiO
2akt
nH
2
O+(0,8-15)CaO
.
SiO
2
.
pH
2
O
Kalsiy gidroksidning biriktirilishi sement
toshi birinchi turdagi
korroziyasini ogohlantiradi va mustahkamlikni oshiradi. Putssolanli sement normal
sharoitda oddiy sementga nisbatan sekin qotadi.
Bu turdagi sement asosidagi
betonlar nam va suvli sharoitlarda ishlatilganda
gidrat birikmalaridan suvning
bug‘lanishi hisobiga kirishadi va qisman mustahkamligini yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: