Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Plastifitsirlangan (gidrofil) sementlar


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Plastifitsirlangan (gidrofil) sementlar-klinker tuyilayotgan paytda uning 
tarkibiga 0,25% (massa bo‘yicha) lignosulfonatlar va ular asosida olingan gidrofil 
organik qo‘shimchalar kiritib tayyorlanadi.
Bunday sementlar asosida olingan beton va qorishmalar harakatchanligi 
juda yuqori bo‘ladi. Buning hisobiga beton va qorishmaning suv va sement nisbati 
pasayadi, zich beton hosil bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi ortadi, sement sarfi, beton 
sifatini pasaytirmagan holda, 10-20% gacha kamayadi.
Gidrofob sement-klinker tuyulayotganda 0,1-0,2% milonaft, asidol, yog‘li 
kislotalar, kub qoldiqlari va boshqalar qo‘shiladi. Bu sement oddiy sementga 
nisbatan gigroskopikligi kam bo‘lib, tashish va saqlashda aktivligini yo‘qotmaydi. 
Gidrofob qo‘shimchalar beton va qorishmalarni qisman plastifitsirlaydi
harakatchanligini oshiradi, keyinchalik buyum va konstruksiyalarga yuqori 
darajada sovuqqa chidamlilikni, suv o‘tkazmaslikni ta’minlaydi. Sementda 
gidrofob effekt bir necha 10 yillar davomida saqlanishi mumkin.
Oq va rangli portlandsementlar. Oq sement klinkeri toza ohaktosh va oq 
soztuproq asosida olinadi. Ular tarkibida temir va marganets oksidlari va shu kabi 
qo‘shimchalar bo‘lmasligi kerak, aks holda sement noxush ranglarda bo‘lishi 
mumkin.
Xomashyo gaz yoqilg‘isida kuydirilib, hosil bo‘lgan klinkerni chinni yoki 
rangi chiqmaydigan metallardan tayyorlangan sharchalar yordamida maydalab 
kukun holatiga keltiriladi. Oq sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi.
Talabga ko‘ra oppoqlik koeffitsienti (absolyut shkala vositasida, %) nurni 
qaytarish koeffitsenti yordamida aniqlanadi. Bunga ko‘ra koeffitsient oq sement 1 
navi 80% dan, 2 navi 75% va 3 navi 68% dan ko‘p bo‘lishi kerak.
Rangli sementlar oq sementga ishqor muhitiga chidamli pigmentlar (oxra, 
temir suriki va sh.k.) aralashtirib olinadi. Oq va rangli sementlar bezak qurilish 


qorishmalari, zinapoyalar, bordyur toshlari, piyoda yo‘llari, arxitektura qismlari 
olishda ishlatiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling