Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


To‘ldirgichlarni tayyorlash, tashish va saqlash


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

To‘ldirgichlarni tayyorlash, tashish va saqlash. To‘ldirgichlar qazib 
olingach yirik, mayda va o‘ta mayda (gil) fraksiyalarga ajratiladi. Zarurat bo‘lsa 
turli aralashmalardan maxsus usullarda tozalanadi. To‘ldirgichlarni boyitish 
jarayoni qazib olingan karerlarda amalga oshiriladi. Daryo shag‘alqum aralashmasi 
ekskavatorlar yoki gidromexanizatsiya moslamalari yordamida qazib olinadi, 
vibratsion yoki sortirovka apparatlari vositasida suvli muhitda yuviladi va 
fraksiyalarga ajratiladi. SHag‘al yirik fraksiyalari maydalanib chaqiq tosh 
tayyorlanadi.
CHaqiq tosh yassi vibratsion groxotlar (g‘alvir mashinalar) vositasida 
fraksiyalarga ajratiladi. To‘ldirgichlar iste’molchilarga temir yo‘l transporti 
(platformalarda, yarim vagonlarda), avtosamosvallarda, suv transporti (barjalarda) 
vositalarida tashiladi.
To‘ldirgichlar ochiq maydonlarda, estakadalar va er osti galereyalari bilan 
jixozlangan omborxonalarda fraksiyalarga ajratilgan holda alohida-alohida 
shtabellarda saqlanadi.
Suv. Beton qorishmasi tayyorlashda ichimlik suv yoki tarkibi zararli 
aralashmalardan tozalangan, betonning normal quyuqlanishi va keyinchalik 
qotishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan tabiiy suv ishlatiladi. Suvning vodorod 
ko‘rsatkichi 4 kam bo‘lmasligi, tarkibida mineral tuzlar 5000 mg l, shu jumladan 
sulfat tuzlari 2700 mg l dan (SO
3
ga hisoblanganda) ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Sanoat, maishiy chiqindi suvlar, botqoq va sizot suvlarni tozalanmagan holda 
beton qorishmasi tayyorlash uchun ishlatish mumkin emas.
Suvning beton tayyorlash uchun yaroqliligi kimyoviy analiz usulida 
aniqlanadi. Agar suvni kimyoviy analiz qilish imkoniyati bo‘lmasa, ichimlik suvi 


va beton uchun tavsiya etilgan suvdan tayyorlangan namunalarning 28 sutkadan 
keyingi mustahkamlik chegarasidagi tafovut aniqlanadi. Namunalar mustahkamligi 
farq qilmasa beton qorishmasiga tavsiya etilgan suv yaroqli hisoblanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling