Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


-rasm.SHag‘al donador tarkibi grafigi


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

12.2-rasm.SHag‘al donador tarkibi grafigi  
.
Yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shlig‘i 45% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgich tarkibidagi gilli va changsimon aralashmalar betonning 
hossalarini yomonlashtiradi. SHag‘al va chaqiq tosh tarkibida bunday aralashmalar 
miqdori 1% ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgich tarkibidagi organik aralashmalar beton sifatini pasaytiradi 
va shu sababli ularning miqdori, qumda ishlatilgan kalorimetrik usulda aniqlangan, 
etalondan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgichlarning beton tayyorlash uchun mustahkamligi bo‘yicha 
yaroqliligi maxsus po‘lat silindrda ezilganda maydalanish darajasiga qarab 
belgilanadi. Bu usul namuna ezilganda hosil bo‘lgan diametri 5 mm dan kichik 
mayda donalarning (massaga nisbatan, %) eng ko‘p miqdorini ko‘rsatadi. Yirik 


to‘ldirgich bu ko‘rsatkich bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi: Dp8, Dp12, 
Dp16 va Dp24. Masalan: M300 va undan yuqori markadagi beton uchun Dp8, 
M200 markali beton uchun esa Dp12 markali shag‘al yoki chaqiq tosh tavsiya 
etiladi.
Yirik to‘ldiruvchilar tarkibida yumshoq va emirilgan donalar bo‘lsa, 
betonning mustahkamligi va deformativ xususiyatlari yomonlashadi, shu sababli 
ularning miqdori 10% ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Yirik to‘ldirgichlarning sovuqqa chidamliligi standart usulda aniqlanadi. 
Ular quyidagi markalarga bo‘linadi: F15, F25, F50, F100, F150, F200 va F300.
Mayda va yirik to‘ldirgichlar tarkibida tabiiy radionuklidlar mavjudligi 
bo‘yicha radiatsion-gigiena nuqtai nazaridan baholanishi zarur.
Mayda va yirik to‘ldirgichlar suvga talabi beton tayyorlash texnologiyasida 
muhimdir. To‘ldirgichlar tabiiy holda yoki beton qorilganda muayyan suv 
miqdorini shimishi va yuzasi ho‘llanishi mumkin. Suvning qisman to‘ldiruvchilar 
uchun sarf bo‘lish omili beton tayyorlash texnologiyasida hisobga olinishi shart.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling