Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Beton tayyorlash uchun materiallar


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

2.
Beton tayyorlash uchun materiallar  
Betonning mexanik, deformativ, gidrofizik, termofizik xossalari uni tashkil 
etuvchi komponentlarning aynan shunday xossalariga mos bo‘ladi.
Sement. Beton tayyorlashda portlandsement va uning turlari, shlakli va 
putssolanli sementlar, giltuproqli sement va boshqa sement turlari ishlatilishi 
mumkin.
Sementning markasi betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 
bo‘yicha markasiga nisbatan quyidagi mutanosiblikda belgilanadi:
Beton 
markasi
M150 M200 M250 M300 M350 M400 M450 M500
M600 
va
yuqor 
i
Sement 
markasi
M300
M300 
M400
M400
M400 
M500
M400 
M500
M550 
M600
M550 
M600
M600 M600
  
Sement markasi muayyan beton markasi uchun tavsiya etilganidan yuqori 
bo‘lsa, sement tarkibiga maydalab tuyilgan aktiv minerallar qo‘shilishi kerak. 
YUqori aktivlikdagi sement tarkibiga diatomit, trepel, opoka, gliej kabi tabiiy, 
domna va yoqilg‘i shlaklari, kullar va sh.k. sanoat chiqindilari qo‘shilib, sementni 
tejash mumkin.
Betonni ishlatish iqlim sharoitiga qarab past yoki yuqori ekzotermikli 
sementlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Mayda to‘ldirgich. Barcha tabiiy va sun’iy tosh materiallarning 0,155mm 
fraksiyasi beton tayyorlashda mayda to‘ldirgich-qum sifatida ishlatiladi.
Oddiy og‘ir beton tayyorlashda tog‘ jinslarining tabiiy emirilishidan hosil 
bo‘lgan yoki qattiq tog‘ jinslarini maxsus mashinalar yordamida maydalab 
saralangan qumlar ishlatiladi.


Qum donachalari mineral tarkibi asosan kvars, dala shpati, kalsit, slyuda 
kabi otqindi tog‘ jinslaridan iborat bo‘lib, ohaktosh, dolomit kabi cho‘kindi tog‘ 
jinslari kamroq bo‘ladi.
Beton tayyorlashda daryo, dengiz qumlari yoki tog‘ (jar) qumlari 
ishlatilishi mumkin. Daryo va dengiz qumlari donalari silliq yuzali oval shaklda 
bo‘lib, loy bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Tog‘ qumlari donalari serqirra 
shaklda bo‘lib, tarkibida changsimon aralashmalar bo‘ladi. Qum zich tog‘ 
jinslarini, shlaklarni maydalab olinganda serqirra va yuzasi g‘adir-budir donachalar 
hosil bo‘ladi. Maydalab olingan qumlar tabiiy hosil bo‘lgan qumlarga nisbatan toza 
bo‘ladi. YUqori sifatli beton tayyorlash uchun qumlarni yuvib, quritib ishlatish 
kerak.
Betonning sifati mayda to‘ldirgichning mineral tarkibiga, donador 
tarkibiga, gil va loyli aralashmalar miqdoriga, organik aralashmalar mavjudligiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Qum 0,15-5 mm fraksiya oralig‘ida turli o‘lchamdagi donalardan iborat 
bo‘lishi zarur. Bunda qumning oraliq bo‘shliqligi kam bo‘lib, undan tayyorlangan 
beton esa zich strukturaga ega bo‘ladi. Qumning maydayirikligi, ya’ni donador 
(granulometrik) tarkibi quritilgan qumni (1000 g) standart elaklar yig‘ilmasidan 
o‘tkazish usulida aniqlanadi. Elaklar yig‘ilmasi 5; 2,5; 1,25; 0,63; 0,315; 0,14 mm 
ko‘zli elaklardan iborat bo‘ladi.
Qum tarkibida 5-10 mm fraksiyadagi qum-tosh aralashmasi 5% oshmasligi 
kerak, 10 mm yirik donalar esa bo‘lmasligi shart.
12.1-jadval 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling