Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
Bog‘lanuvchanlik. Beton qorishmaning tashqi fizik-mexanik omillar
ta’sirida qatlamlanmaslik xususiyati bog‘lanuvchanligini ifodalaydi. Beton qorishmasi tashilayotganda, qoliplanish jarayonida qatlamlanishi, ya’ni suv-sement aralashmasi to‘ldirgichlardan alohida ajralishi mumkin. Beton qorishmasining bog‘lanuvchanlik darajasini plastiklik darajasi bilan aniqlash mumkin. Bog‘lanuvchanligi etarli bo‘lmagan beton qorishmasi standart konusni to‘ldirish va zichlashtirish jarayonida qatlamlanadi va qolip echilgach, hosil bo‘lgan beton konus sochiladi yoki qulaydi. Beton qorishmasining qatlamlanishi beton strukturasining buzilishiga va hossalarining yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Beton qorishmasining bog‘lanuvchanligini oshirish uchun uning tarkibini to‘g‘ri tanlash zarur. Beton tarkibida sement miqdorining ko‘p bo‘lishi, suv miqdorining kamayishi qorishmaning qatlamlanishini keskin pasaytiradi. YUqori markadagi sementlar oz miqdorda past markadagi betonlar tayyorlash uchun ishlatilganda beton qorishmasining suv ushlashlik qobiliyati kamayadi va natijada qorishma qatlamlanadi. Beton tarkibini hisoblashda uzluksiz granulometrik tizimni saqlash ham yaxshi natija beradi. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligi uning tarkibidagi suvning miqdoriga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Beton qorishmasiga qo‘shilgan suv sement gidratatsiyasi va to‘ldirgichlar yuzasini ho‘llash uchun sarf bo‘ladi. Beton qorishmasini qorish, tashish, qoliplash va zichlashtirish singari texnologik jarayonlarni hisobga olib suv miqdori ko‘paytiriladi. Mayda va yirik to‘ldirgichlar miqdori muayyan mutanosiblikda belgilanmasa, beton qorishmasining suvga bo‘lgan talabi oshib ketadi. Masalan, serqum betonlar suvni ko‘p talab qiladi, chunki qumning solishtirma yuzasi shu massadagi yirik to‘ldirgichga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi. Betonning asosiy xossalari doimiy o‘zgarmas bo‘lishi uchun suv-sement nisbati ham o‘zgarmas bo‘lishi kerak. Odatda 1 m 3 beton qorishmasi tayyorlash uchun, sement sarfi 200-400 kg m 3 bo‘lganda sarflanayotgan suvning miqdori betonning markasiga mos ravishda o‘zgarmas bo‘ladi. SHuning uchun beton tarkibi hisoblanayotganda suvning miqdorini sementning miqdoriga nisbatan avvaldan tayyorlangan jadval yoki grafiklar yordamida to‘ldiruvchilarning turi va fraksiyasini hisobga olgan holda tanlash mumkin (6.4-rasm). Zich va mustahkam beton tayyorlashda sement va suv aralashmasidan iborat bo‘lgan sement xamirining miqdori katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Sement xamirining optimal miqdori mayda va yirik to‘ldirgichlarning miqdoriga va fraksiyalariga bog‘liq bo‘ladi. CHunonchi beton qorishmasi tarkibida qumning ko‘payishi sement xamirining sarfini oshiradi. SHuning uchun mayda va yirik to‘ldirgichlar nisbatini shunday tanlash zarurki, bunda donalar orasidagi bo‘shliq minimal bo‘lishi kerak. Sement xamiri miqdorini asossiz kamaytirish betonning zichligi va mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Щarakatchanlik OK, sm Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling