Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


-rasm. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligini aniqlash


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

 
12.3-rasm. Beton qorishmasining qulay joylanuvchanligini aniqlash 
a) beton qorishmasining harakatchanligini aniqlash asbobi (konus); 1- 
bikr qorishma; 2-harakatchan qorishma; 3-konus cho‘kishi; b) beton 
qorishmasining bikrligini aniqlash asbobi; 4-sinash sxemasi. 


Beton qorishmasining bikrligi quyidagicha aniqlanadi: balandligi 200 va 
ichki diametri 240 mm bo‘lgan silindr shaklidagi halqa laboratoriya vibratsiya 
stoliga mahkam o‘rnatiladi: halqaga standart konus o‘rnatiladi, yuqorida 
ko‘rsatilgan usulda beton qorishmasi bilan to‘ldiriladi va qolip olinadi; asbob diski 
shtativ yordamida beton qorishmasi yuzasiga tekkuncha pastga tushiriladi; bir 
vaqtning o‘zida vibrostol va sekundomer ishga tushiriladi va beton qorishmasi 
zichlashib tekislanadi; beton qorishmasining zichlashishi natijasida ajralib chiqqan 
sement xamiri diskning diametrdagi teshiklaridan suzib chiqishi bilan vibratsiya 
to‘xtatiladi. Beton qorishmasini vibratsiya qilib zichlashtirish uchun sarf bo‘lgan 
vaqt (sek) uning bikrligini ifodalaydi.
Beton qorishmasining bikrlik ko‘rsatkichi ikki marta o‘tkazilgan tajribalar 
natijalarining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan belgilanadi.
Beton qorishmasining qulay joylanuvchanlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
klassifikatsiyasi 6.2 jadvalda berilgan.
12.2-jadval 
Beton qorishmasining klassifikatsiyasi 
Qulay joylanuvchanlik 
bo‘yicha
markalar
Qulay joylanuvchanlik meyorlari
Bikrlik, sek
Harakatchanlik, sm
Konus cho‘kishi Konus oqishi
O‘ta bikr qorishmalar
Sj 3
Sj 2
Sj 1
100dan ko‘pi 51-
100
50 va kami
-
-
-
-
-
-
Bikr qorishmalar
J 4
J 3
J 2
J 1
31-60
21-30
11-20
5-10
-
-
-
-
-
-
-
-
Harakatchan qorishmalar
P 1
P 2
P 3
P 4
P 5
4 va kami
-
-
-
-
1-4
5-9
10-15
16-20
21 va ko‘pi
-
-
-
26-30
31 va ko‘pi
Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan beton qorishmasi markalari beton va 
temirbeton ishlatilish sohalari orqali belgilanadi. Masalan, yuqori kuch ko‘tarishga 


mo‘ljallangan, tashqi tabiiy omillar ta’siriga chidamli temirbeton konstruksiyalar 
tayyorlashda bikr yoki o‘ta bikr beton qorishmalarni ishlatish maqsadga muvofiq. 
Kuch kam tushadigan bino va inshootlarning buyum, konstruksiyalarini tayyorlash 
uchun esa, harakatchan yoki bikr qorishmalarning pastroq markalarini ham ishlatsa 
bo‘ladi. CHunki beton qorishmasi muayyan darajada qancha bikr bo‘lsa, undan 
tayyorlangan 
konstruksiyalar 
shunchalik 
zich, 
mustahkam, 
kam 
deformatsiyalanuvchan, turli muhitlarga bardoshli bo‘ladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling