Beton va temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda
beton qorishmasining
qulay joylanuvchanligi yoki qulay qoliplanuvchanligi muxim ahamiyatga ega.
Bunda beton qorishmasi tanlangan zichlashtirish usulida,
yaxlitligini saqlagan
holda, qolipga yaxshi (to‘liq) joylashishi nazarda tutiladi. Beton qorishmasining
qulay joylanuvchanligi
uning harakatchanligi, bikrligi (J) va bog‘lanuvchanligi
orqali izohlash mumkin. Beton qorishmasining harakatchanligi qorishmaning
strukturaviy
mustahkamligiga, bikrlik qorishmaning dinamik oquvchanligiga
(vyazkost) va bog‘lanuvchanlik esa qorishmaning
suv ushlashlik qobiliyatiga
bog‘liq bo‘ladi.
Beton qorishmasining suv ushlashlik qobiliyati quruq issiq iqlim sharoitida
betonlash ishlarini olib borishda muxim ahamiyatga ega.
Harakatchanlik. Beton qorishmasining harakatchanligi uning xususiy
massasi ta’sirida harakatlanishini bildiradi va konus cho‘kishi (OK)
bilan sm da
ifodalanadi (12.3, a-rasm). Beton qorishmasining konus cho‘kishi ikki marta
o‘tkazilgan tajribalar natijalarining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan o‘lchanadi.
Konus cho‘kishi balandligi 300, ustki asosining diametri 100
va pastki
asosining diametri 200 mm bo‘lgan kesik konus shaklidagi tagsiz metall qolip
vositasida aniqlanadi. Konus ichi avvaldan xo‘llangan bo‘lib, beton qorishmasi har
biri 10 sm balandlikda bo‘lgan uchta qatlam bilan to‘ldiriladi.
Har qaysi qatlam
diametri 16 va uzunligi 600 mm va uchi yumaloq po‘lat tayoqcha bilan 25 marta
sanchib zichlashtiriladi. Qolip ko‘tarilgach, hosil bo‘lgan beton konus xususiy
massasiga ko‘ra cho‘kadi va aynan cho‘kish miqdori beton qorishmasining konus
cho‘kishini ifodalaydi. Agar beton qorishmasining konus cho‘kishi
nolga teng
bo‘lsa, uning qulay joylanuvchanligi bikrlik bilan ifodalanadi.
Bikrlik. Beton qorishmasining bikrligi avvaldan qolipga quyib
tayyorlangan beton qorishmasi konusining zichlashib, tekis holatga kelguncha sarf
bo‘lgan vaqt (sekundda) bilan ifodalanadi. (12.3, b-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: