Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

3.
Betonning gidrofizik xossalari  
Suv shimuvchanlik. Beton qorishmasi tayyorlanayotganda aralashtirilgan 
suvning bir qismi bug‘lanishi, havo pufakchalarining to‘la chiqib ketmasligi 
natijasida betonda g‘ovaklar hosil bo‘ladi. Betonning suv shimuvchanligi 
g‘ovakligiga bog‘liq bo‘lib, og‘ir betonlarda massasiga nisbatan 2-3% bo‘ladi. 
Beton suv shimganda dastlabki davrda yumshaydi va mustahkamligi kamayishi 
mumkin. Ayniqsa bunday holat g‘ovak to‘ldirgichlar asosidagi engil betonlar va 
yacheykali betonlarda ko‘proq kuzatiladi.
К
ири
шиш, мм
м 


Betonning suv va boshqa agressiv qorishmalarni shimuvchanligi 
zichligidan kelib chiqib, suv o‘tkazmaslik, sovuqqa chidamlilik va agressiv 
muhitlarga bardoshliligini belgilaydi.
Suv o‘tkazmaslik. Betonning suv o‘tkazmasligi suv sizib o‘tmagan
holatdagi eng kichik bosim (kgs sm
2
) bilan xarakterlanadi. Suv 
o‘tkazmaslik balandligi va diametri 15 sm bo‘lgan beton namunalarni standart 
usulda sinab aniqlanadi va quyidagicha markalanadi: W2, W4, W6, W8 va W12.
Betonning suv o‘tkazmasligi g‘ovakligiga va g‘ovaklikning xarakteriga, 
ya’ni ochiq yoki yopiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Betonda makrog‘ovaklar kam, 
mikrog‘ovaklar ko‘p bo‘lsa suv o‘tkazmaslik yuqori bo‘ladi.
Betonning suv o‘tkazmasligini oshirish uchun texnologik usulda zichligini 
oshirish, gidrofob va difil qo‘shimchalar, zichlashtiruvchi qo‘shimchalar (natriyli 
alyuminat) kiritish mumkin. Bog‘lovchi sifatida portlandsement o‘rniga 
kirishmaydigan yoki kengayuvchan sementlarni ishlatish ham betonning suv 
o‘tkazmasligini oshiradi. Betonga suv o‘tkazmaslik bo‘yicha talablar suv muhiti 
filtrlanishi mumkin bo‘lgan joylarda, ya’ni gidrotexnik va meliorativ inshootlarda, 
rezervuarlarda va boshqalarda qo‘yiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling